Amudaryo tumanida tadbirkorlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi
Mamlakatimizda iqtisodiyotning asosiy drayveri bölgan tadbirkorlikni rivojlantiriş, biznes muhitini yanada yaxşilaş, işbilarmon doira vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularning muammolarini bevosita örganiş maqsadida davlat va biznes örtasidagi muloqot butunlay yangi bosqiçga kötarilmoqda. Anʼanaviy ravişda ötkazib kelinayotgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning oçiq muloqoti bunga yaqqol misoldir. Yaqin kunlarda navbatdagi muloqot ötkazilişi kutilmoqda. Uşbu nufuzli va muhim tadbirga har tomonlama tayyorgarlik köriş, joylardagi haqiqiy holatni tahlil qiliş hamda işbilarmonlarning taklif va taşabbuslarini tinglaş maqsadida respublikamizning barça hududlari böylab turli vazirlik va idoralar vakillari iştirokida qator uçraşuvlar taşkil etilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mamlakat böylab tadbirkorlar bilan yuzma-yuz, oçiq va konstruktiv muloqotlar muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlardan közlangan asosiy maqsad faqatgina muammolarni qayd etiş emas, balki ularning yeçimi böyiça şu joyning özida tezkor va amaliy çoralar köriş, tizimli kamçiliklarni esa respublika darajasida hal etiş uçun umumlaştirişdan iboratdir.
Amudaryo tumanida ham oçiq muloqot formatida aynan mana şunday uçraşuv bölib ötdi. Mahalliy tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilar va biznes vakillarini bir joyga jamlagan uşbu tadbirda qator mutasaddi rahbarlar iştirok etdi. Jumladan, uçraşuvga Özbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori örinbosari Jahongir Yunusov hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi loyiha ofisi rahbari Alişer Aminov taşrif buyurib, amudaryolik işbilarmonlarining dardu taşvişlari, kelajakdagi reja va maqsadlari bilan yaqindan tanişdilar.
Oçiq muloqotni Amudaryo tumani hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov kiriş sözi bilan oçdi va olib bordi. Tadbir davomida erkin va samimiy muhit yaratilib, har bir iştirokçiga öz fikrini bayon etiş uçun imkoniyat berildi.
Uçraşuv mobaynida amudaryolik tadbirkorlarning turli yönalişlar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça köplab murojaatlari tinglandi. Işbilarmonlar asosan işlab çiqariş va xizmat körsatiş obʼektlarini zarur infratuzilma bilan taʼminlaş, yangi biznes loyihalarni amalga oşiriş uçun yer maydonlari ajratiş, tijorat banklaridan imtiyozli kredit mablağlarini oliş va boşqa dolzarb masalalarda mutasaddilarga yuzlandilar.
Murojaatlarning har biri individual tarzda körib çiqilib, masʼullar tomonidan aniq, asosli va huquqiy jihatdan töğri tuşuntirişlar berildi. Eʼtiborlisi şundaki, kötarilgan qator masalalar va turli xildagi muammolar vakolatli idoralar vakillari iştirokida şu yerning özida, tezkorlik bilan ijobiy hal qilindi. Bu esa tadbirkorlarning vaqti va mablağini tejaşga, ularning ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Öz navbatida, yeçimi maʼlum vaqt talab etadigan, qonunçilikka özgartiriş kiritişni taqozo qiluvçi yoki keng kölamli mablağlarga ehtiyoj sezuvçi tizimli muammolar va istiqbolli takliflar töliq umumlaştirildi. Uşbu murojaatlar tez kunlarda bölib ötişi kutilayotgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning 6-Oçiq muloqotiga tayyorgarlik köruvçi maxsus işçi guruhga taqdim etiş uçun röyxatga olindi.
Bölib ötgan oçiq muloqot davlat va tadbirkor örtasidagi özaro işonç va manfaatli hamkorlikning yorqin namunasi böldi desak, mubolağa bölmaydi. Bu kabi yuzma-yuz uçraşuvlar joylardagi haqiqiy iqtisodiy manzaraning aniq tasvirini yaratişga yordam beradi. Eng asosiysi, amudaryolik işbilarmonlarining ovozi, ularning muammo va takliflari bevosita davlatimiz rahbari darajasida eşitilişi uçun mustahkam zamin yaratildi. Bu esa yaqin kelajakda hududda yangidan-yangi korxonalar qad roslaşiga, qöşimça iş örinlari yaratilişiga va xalqimizning umumiy farovonligi yanada yuksalişiga xizmat qilişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶