KÖNGIL TUĞYoNLARI
YuRING, PAXTA TERGANI!
Hosilga möl dalani,
Körib köz quvonadi.
Yulduz kabi yonadi,
Yuring, paxta tergani.
Vaqt ketkazmay qalʼada,
Ayni qizğin pallada,
Öynab qöşiq-yallaga,
Yuring, paxta tergani.
Vaj-karsonni qöyaylik,
Xirmonlarni uyaylik,
Iş zavqiga töyaylik,
Yuring, paxta tergani.
Qiziq kuzning havosi,
Özgaruvçan navosi,
Kelmay qişning sadosi,
Yuring, paxta tergani.
Kundan-kun yangi marra,
Ğayrat oşsin yuz karra,
Hosil qolmasin qorga,
Yuring, paxta tergani.
Bir qöldan ikki yaxşi,
Madadkor hofiz, baxşi,
Tuğimiz dala naqşi,
Yuring, paxta tergani.
Mehnat qilgan rohatda,
Daromad etib katta.
Qöli baland albatta,
Yuring, paxta tergani.
Dala tomon şoşingiz,
Baland qilib boşingiz,
Paxta rizqu-oşingiz,
Yuring, paxta tergani.
Bir-birov-la bellaşib,
Suhbatlaşib, tillaşib.
Etaklaşib, qöllaşib,
Yuring, paxta tergani.
Paxta köp çanoğida,
Qizlarning yonoğida,
Yetmoq yöq sanoğiga,
Yuring, paxta tergani.
Der: işlagan tişlaydi,
Buni barça xuşlaydi,
Bayroq qilib uşlaydi,
Yuring, paxta tergani.
Maqtov, olqiş sizniki,
Ajib qöşiq kuzniki,
Hamdu sano bizniki,
Yuring, paxta tergani.
Kezar dalalar böylab,
Saʼdulla şoir kuylab,
Öy-fikrin sizga söylab,
Yuring, paxta tergani.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
ÖYLAR
Ehtiromdir qalbdagi eng inja tuyğu,
Saxovatu sadoqatdan unar mangu,
Ustoziga şogirdlari misli közgu,
Köngil torin sidq kuyiga tuzmoq joiz,
Şogird uçun ustozidan özmoq joiz.
Ilm-hunar egallaş-ku emas oson,
Erişilar unga qança ozorlab jon,
Oh, ustozni ranjitmoqdir yomon-yomon!
Şogird bölsang, ustoz qölin tutmoq joiz,
Şogird uçun ustozidan özmoq joiz.
Şogirdiga oçsa qalbin – sohibkaram,
Eʼzozlarga bölar loyiq – pir, muhtaram,
Odamiylik fazilatin aylabon jam
Ustoz bölsang–şogird qalbin sezmoq joiz,
Şogird uçun ustozidan özmoq joiz.
Har nafasda bir yangilik – taraqqiyot,
Bedorligu har jabhada ijod, sabot –
Şogirdlardan şuni sörar zamon, hayot
Ustoz bölsang, ranj olamin kezmoq joiz,
Şogird uçun ustozidan özmoq joiz.
Xalqimizda bir naql bor sobit hamon:
"Ustozsizning ustozidir – iblis, şayton,
Har maqomga yörğalaydi, bölar hayron”.
Bir komili murşid ustoz tutmoq joiz,
Şogird uçun ustozidan özmoq joiz.
Ustozlarning etagidan tutolmadim,
Şogird burçin tökis ado etolmadim,
Ustoz qayda... şogirdlardan ötolmadim
Ustoz bölsang jön şogirddan bezmoq joiz,
Şogird uçun ustozidan özmoq joiz.
Tursunboy ABDULLAYeV,
faxriy öqituvçi.
USTOZ
Saʼdulla Xöjaniyozovga
Ota desam, otamdayin azizdir,
Xuddi onam kabi mehrda ummon.
Ustoz desam, yöq, ming çandon yaxşidur,
Jonim fido bölsin sizga, ustozim.
Gaplarimdan taşvişimni sezadi,
Yaxşi kunlarida meni izlaydi.
Xabarlaşa olmay qolsam agarda,
Qizim, nega jimsan, deya izlaydi.
Köngil sezar, betobligim biladi,
Ğamga botsam, göyo ğamim oladi.
Torlarga dunyo tor, sen keng böl, deya
Otamdayin jon koyitib yuradi.
Zuhra AHMEDOVA.
Ustoz ögiti
Şogird ustozidan söradi bir kun:
-Bir savol qiynaydi meni kun-u tun.
Xudo yetkazmişdir bunday zamona,
Qöl çözsak yetadi qaysi tomona.
Röyob bölib bobolarning ertagi,
Yer tugul, maʼlumdir oyning ham tagi.
Xullas, inson neni qilsa gar orzu,
Yetişga har qaçon imkon topar u.
Lekin bitta narsa dilni qilar ğaş,
Ne uçun dunyoda tinmaydi savaş?
Nega oliy bölib yaratilgan zot,
Tinç yaşaşga imkon topmas odamzod?
Ustoz dedi: Öylab körgin, odatda,
Ikki köriniş bor munosabatda.
Birinçisi erur eng oliyjanob –
Ikki inson birga uçraşgani tob.
Agar yaxşi gaplar aytsa yuziga,
Undan ham aʼlosin aytar izidan.
Mabodo orqadan sal-pal koyisa,
Yuzga aytilar köp bundan yuz hissa.
Haqiqat yuziga aytilgan odam,
Nafs-u jahl jilovin tutadi mahkam.
Afsuski, rost sözni aytişga jurʼat,
Kam odam topadi özida qudrat.
Ikkinçisi erur riyokorona,
Agar sözlaşmoqqa bölsa bahona.
Eng maqtov sözlarni aytib öziga,
Körinmagan çoğda uning köziga.
Bisotida neki yomon sözi bor,
El içida aytar takror va takror.
Eʼtiqodi sustroq insonni avrab,
Bölarlar turli xil janjalga sabab.
Baʼzida xalqlarning janjali uçun,
Kifoya öşalar çiqargan uçqun.
Şuning-çun siz yoşlar-tolibi ilm,
Ruhiyat bobida olib köp bilim.
Ezgu niyatlarni dilda qilib jam,
Döstlik riştalarin boğlang mustahkam.
Tugasa aytilgan öşa illatlar,
Doim ahil yaşar barça millatlar.
Ahmad NAFASOV,
"Jayxun ilhomlari” NNT raisi.
HAMKASBLARIMGA
Millat bizdan kutayotir komil inson, dahoni,
Bugun Sizning şogirdingiz bilsin turfa sohani.
Ana şunda Vatan bizga qöyar – aʼlo bahoni
Şunda qalblar faxr ila iftixorga tölajak!
Şunda bizning köçamizda, albat, bayram bölajak!
Murabbiylik – uluğ kasbdir, ğururimiz, şonimiz,
Belni boğlab işlasak gar, toptalmagay şaʼnimiz.
Mehnatimiz orqasidan halol bölgay nonimiz,
Aziz hamkasb, bunga bizning keladi imkonimiz!
Ana şunda taʼlimda ham yutuqlar köp bölajak,
Ustoz degan ehtiromga har kim mansub bölajak!
Aziz hamkasb, şu bugundan belni mahkam boğlaylik,
Özni sifat-samarali taʼlim sari çoğlaylik,
Imkonlarni berib qöygan Vatan haqin oqlaylik!
Yurt oldida burçimizni doim esda saqlaylik!
Ana şunda qalblarimiz iftixorga tölajak,
Ustozlarning köçasida har kun bayram bölajak!
Aziz hamkasb, közni oçing, sira qolmang ğaflatda.
Kelajakning egalari kutar bizni maktabda,
Kompetentsiya, xorijiy til, AKTlar navbatda,
Bizlar buning uddasidan çiqamiz-da albatta.
Ana şunda qalblarimiz iftixorga tölajak,
Muallimlar köçasida har kun bayram bölajak!
Sanobar XÖJAMUROTOVA, 40-sonli maktab direktori.
Onamdaysiz
Onamdaysiz, göyo onamsiz,
Qança bilim hadya etgansiz.
Kelajagim porloq qilgansiz,
Unutmayman, sizni ustozim.
Doim mening xayolimdasiz,
Eng uluğsiz hayotimda siz.
Quyoşimsiz, oy, yulduzimsiz,
Unutmayman, sizni ustozim.
Dars bergan paytlaringiz,
Eslab qolsam, öyga çömaman.
Esimdadir har bir sözingiz,
Unutmayman, sizni ustozim.
Qança-qança bolalarga siz,
Mehr bilan bilim berdingiz.
Bizlar sizga rahmat aytamiz,
Unutmayman, sizni ustozim.
Maktabimni bitirganimda,
Hayot sari yöl olganimda.
Yomon kun va yaxşi kunimda,
Unutmayman, sizni ustozim.
Javohir YÖLDOŞEV.
Ardoqlab yaşayman
Nomingiz uluğdir azal-azaldan,
Madhingiz tuşmaydi kuy-u ğazaldan,
Mehringiz qimmatdir oltin-u zardan,
Ardoqlab yaşaymiz sizni ustozlar.
Siz bergansiz Navoiyga taʼlimni,
Öqitgansiz Uluğbekday olimni,
Qabul aylang tahsinlar-u taʼzimni,
Buyuklik yaraşar sizga ustozlar.
Ilm boğin yaratguvçi boğbonsiz,
Taʼlim berib çarçamangiz heç on siz,
Hurmat-ehtiromga loyiq insonsiz,
Bu kun taʼzimdamiz sizga ustozlar!
Asadbek
NURADDINOV,
11-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶