31-avgust - Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni
QIPÇOQLIK QATAĞON DAVRI JABRDIYDALARI
"Har qaysi xalq, - deb yozadi Prezidentimiz "Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuç” asarida, - milliy qadriyatlarini öz maqsad-muddaolari, şu bilan birga, umumbaşariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirib borişga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, tarixiy xotira tuyğusi tölaqonli ravişda tiklangan, xalq bosib ötgan yöl özining barça muvaffaqiyat va zafarlari, yöqotiş va qurbonlari, quvonç va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy örganilgan taqdirdagina çinakam tarix böladi”.
Tariximizning xolis va haqqoniy örganiladigan davrlaridan biri esa mudhiş qatağon siyosati avj olgan yillardir. Şukrki, istiqloldan keyin şöro davrining qatağon qirğini yillarini tadqiq qilişga imkoniyat yaratildi.
Quyida bugungi Amudaryo tumanining Qipçoq qişloğilik qatağon davr jabrdiydalari haqidagi maqolani eʼtiboringizga havola qilayapmiz. Maʼlumki, 1957-yil dekabrida Xorazm viloyatining Manğit, Qoraqalpoğis-tonning Qipçoq tumanlari birlaşişi natijasida Amudaryo tumaniga asos solingandi. Quyida bir qator arxiv maʼlumotlariga tayanib yaratilgan "Qatağon qurbonlari. 5-kitob” (R.Şamsutdinov, X. Qurbonov, U. Bekmuhammad. T, 2009, "Şarq” naşriyoti) asosidagi maqolani tayyorladik.
Maʼlumki, 1937-38 yillardagi, hozirda ilmu fan tomonidan "Katta terror” deya atalayotgan qirğinbarot davrda yuz minglab insonlar turli ayblar bilan qatağon jabrini çekişdi. Ular orasida esa quyidagi qipçoqlik hamyurtlarimiz ham bor edi:
1937-yil 28-oktyabrda Örozov Saitembet (Sotimboy yoki Siytimmat ham bölişi mumkin-U. B. ) 10-yilga mehnat tuzatuv lageriga qamoqqa hukm etilgan. U 1868-yilda Qipçoqning 7-ovulida tuğilgan bölib, qamoqqa olingan paytda kolxozda işlardi.
Şu kungi "Uçlik” yiğilişida Salamatov Ğoip qamoqdan ozod qilişga hukm etilgan. U 1903-yilda tuğilgan bölib, Qipçoqning 4-ovulida yaşab kelgan. Kelib çiqişi şayxlardan. Quloqlaştiriş davrida molu-mulki kolxoz ixtiyoriga olingandi. Surgun qilinişdan qörqib yaşirinib yurgandi. Keyin esa kolxozga kirib işlay boşlagandi.
Öşa kungi "Uçlik” qaroriga köra, Abdullayev Jabbor otuvga hukm qilingan. U 1907-yilda Qipçoqning Juotur ovulida tuğilgandi. Quloqqa tortilgan, ammo surgun qilinişdan qörqib bir muddat yaşirinib yurgan. Keyin bölsa, kolxozga kirib işlayotgandi.
Şu kuni yana Eşonov Matyoqubning işiyam yiğilişda körib çiqilgan. U 1892-yilda Qipçoqning 6-ovulida tuğilgan. Quloqqa tortilgan. 1931-yili şörolarga qarşi çiqqanligi uçun 3-yilga qamalgan, muddatni ötab qaytgandi. Hibsga olingan paytda kolxozda işlayotgandi. Eşonov Matyoqub 10-yilga mehnat tuzatuv lageriga qamoqqa hukm etilgan.
Şuningdek Polvonov Boltaboyning taqdiri ham "Uçlik” ning öşa kungi yiğilişida hal etiladi. U 1897-yili Qipçoqning 7-ovulida tuğilgan bölib, quloqlaştiriş davrida molu mulki kolxoz ixtiyoriga olingandi. 1932-yili şörolarga qarşi çiqqani uçun 5-yilga qamalgan, muddatni ötab qaytgandi. 1937 yil 28-oktyabrda esa yana 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.
Erjonov Yöldoş -1905-yili tuğilgan, Qipçoqning 2-ovulida yaşayotgandi. U ham quloqqa tortilgan, 1932-yili 5-yilga, şörolarga qarşi çiqqani uçun qamalgan, muddatni ötab çiqqan, hibsga olingan paytda kolxozda işlayotgandi. 1937-yil 28-oktyabrda Y. Erjonov yana 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.
Erjonov Qutum-1906-yilda tuğilgan, Qipçoqning 2-ovulida yaşab kelayotgandi. Otasi xonlik davrida qozi bölgan. Özi quloqqa tortilgan. 1932-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi uçun 2-yilga qamalgandi. Muddatni ötab kolxozda tabelçi bölib işlayotgandi. 1937-yil 28 oktyabrda 10-yil qamoqqa hukm etiladi.
1937-yil 3 noyabrdagi "Uçlik” yiğilişida esa, Böron Yesemurotovning işi körib çiqilgan. U 1915-yilda tuğilgan bölib, Qipçoqning Çoyquy ovulida yaşab kelgan. 1936-yilda 3 yilga qamalgan, jazo muddatini töliq ötamay qaytib kelgandi. B.Yesemurotovga 10 yil mehnat tuzatuv lageriga qamoq jazosi belgilanadi.
Öşa kuni yana Turjonov Boymanning ham işi körib çiqilgan. U 1901-yili tuğilgan bölib, Qipçoqning 4-ovulida yaşab kelayotgandi. B. Turjonovga "bosmaçilik” harakatida iştirok qilganlik va boşqa ayblar qöyilib, otuvga hukm qilinadi.
Çvantalov (familiyasi hujjatda şunday yozilgan, aslida boşqaçaroq ham bölişi mum-kin - U. B. ) Kalpat-1901-yili tuğilgan. U Qipçoqning 4-ovulida yaşab kelayotgan, hibsga olingan paytda hunarmandçilik artelida işlardi. U ham öşa kungi "Uçlik” qaroriga köra otuvga hukm qilingan.
Döstmuhammedov Besenboy-1912-yili tuğilgan. Qipçoqning 4-ovulida yaşab kelayotgandi. U ham hunarmandçilik artelida işlayotgandi. U 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.
Sarlibekov Şerali - 1910-yili tuğilgan, Qipçoqning 4-ovulida yaşayotgandi. U ham hunarmandçilik artelida işlayotgandi. Unga ham 10 yillik qamoq jazosi belgilangan.
Kuzenboyev Kenjaboy-1904-yili tuğilgan. Qipçoqning 4-ovulida yaşab kelayotgan, hunarmandçilik artelida işlayotgandi. Unga ham 10 yillik qamoq jazosi belgilangan.
1938-yil 4 fevraldagi "Uçlik” yiğilişida esa, Sapaniyozov Qöziboy "xalq duşmani” sifatida otuvga hukm qilingan. U 1913-yilda Qipçoqda tuğilgan bölib, 1-ovulda yaşab kelayotgan, davlat kemaçilik idorasida bakenşik bölib işlayotgandi.
Şuningdek, öşa yilning 7-fevralida ötkazilgan yana bir yiğilişda quyidagi qipçoqliklar ham otuvga hukm qilingan:
Aytmatbetov Murot oxun - 1886-yilda tuğilgan, Qipçoq qişloğidan.
Şomurotov Ernazar - 1875-yilda tuğilgan, 5-ovul kengaşidan. Xiva xonligi davrida qozisud lavozimida bölgan. Kelib çiqişi oxunlardan.
Eşnazarov Tojimurod - 1894-yilda tuğilgan, 5-ovul kengaşidan, imom. 1929-yilda ham 2-yilga qamalgan va muddatni ötab Qipçoqqa qaytib kelgandi.
Tilovov Olloyor - 1894-yilda tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, mulla. Hibsga olingan paytda kolxozda işlab yurgan.
Örozboyev Yöldoş sari - 1894-yilda tuğilgan, 6-ovul kengaşidan. Ötmişda ”bosmaçilik” deya nomlangan şörolarga qarşi kuraş iştirokçisi bölgan. Hibsga olingan paytda kolxozga kirib işlayotgandi.
Kamolov Aytan - 1890-yilda tuğilgan, 6-ovul kengaşidan. 1932-yili şörolarga qarşi çiqqani uçun 5-yilga qamalgan, muddatni ötab qaytgandi. Ötmişda imom bölgan.
Örozov Iso - 1903-yili tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, hibsga olingan paytda ovul kengaşi aʼzosi.
Matnazarov Yereke (Erka bölişi mumkin - U. B.) - 1880-yil tuğilgan, 6-ovul kengaşidan. 1931-yili şörolarga qarşi çiqqani uçun 3-yilga qamalgan va muddatni ötab qaytgandi.
Otajonov Bekjon - 1895-yili tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, ötmişda mulla bölgan. Ilgari şörolarga qarşi çiqqani uçun 10-yilga qamalgan, muddatidan oldin ozodlikka çiqarilgandi. Hibsga olingan paytda kolxozda hisobçilik qilardi.
Sodiqov Olim maxsum - 1900-yilda tuğilgan, 5-ovul kengaşidan. Kelib çiqişi eşonlardan. 1932 yilda dindorligi va şörolarga qarşi çiqqanligi uçun 3-yilga qamalib, muddatni ötab çiqqandi.
Yusupov Mamut - 1885-yili tuğilgan, 5-ovul kengaşidan, sobiq savdogar. 1931-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi uçun qamalgan, muddatni ötab çiqqandi. Imomlik ham qilgan.
Örozimbetov Umar oxun - 1875-yili tuğilgan, 7-ovul kengaşida yaşab kelgan. 1931-yili şörolarga qarşi çiqqanligi uçun 5-yilga qamalgandi. Muddatni ötab çiqqandi. Kelib çiqişi dindor-oxunlardan bölgan.
Nurmatov Yöldoş - 1885-yili tuğilgan, Qipçoqning Çoyköl ovulidan. 1929-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi uçun 3-yil qamoqqa hukm etilgan. Kelib çiqişi dindor-mulla.
Qurbonov Jumaniyoz - 1898-yili tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, kelib çiqişi dindor-mulla. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.
Sadaddinov Bobo - 1899-yili tuğilgan, 7-ovul kengaşidan, dindorlar sulolasidan. Hibsga olingan paytda kolxoz brigadiri.
Örozboyev Eşon - 1890-yili tuğilgan, 2-ovul kengaşidan, mulkini kolxozga topşirmaganligi uçun quloqqa tortilgan. 1929-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi uçun 3-yilga qamalgandi. Muddatni ötab qaytgan va kolxozda işlay boşlagandi.
1938-yil 7 fevraldagi "Uçlik”-ning yiğilişida yuqoridagi şaxslarga otuv jazosi belgilangan bölsa, quyidagi qipçoqliklar 10-yilga MTL (mehnat tuzatuv lageri)ga qamoq jazosiga hukm etilganlar:
Murotoxunov Xalilla maxsum - 1885-yili tuğilgan, 5-ovul kengaşidan, imomlik qilgan.
Abdukarimov Sodiq-1881-yili Oqdaryo ovulida tuğilgan. Öz elida mullalik qilgan.
Hojimurodov Matnazar - 1872-yili Qipçoq tumanining 7-ovulida tuğilgan. Dindor bölgan.
Sapaşev Qozoq - 1908-yili tuğilgan, 2-ovulda yaşab kelgan. Quloqlaştiriş davrida mulkini kolxozga topşirmay, qoçgan. Hibsga olingan paytda esa kolxozda işlayotgandi.
Tarix öz maromida keçişda davom etadi. Davrlar, avlodlar izidan yangi davrlar, avlodlar keladi. Ammo bugungi va kelajak avlodlar qatağon davrda hayotlari azobu-uqubatda ötgan, taqdirlari fojiali yakun topgan yurtdoşlarimiz xotirasini aslo unutmasliklari lozim. Bularning bariga, tarixning haqqoniy örganilişiga esa istiqlol imkon yaratdi.
Umid BEKMUHAMMAD.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶