14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:22
Madaniyat 👁 2,839

QUTLUGʻ KUN OSTONASIDA

QUTLUGʻ KUN OSTONASIDA

Aslini olganda tiriklikning har bir kuni ulugʻ inoyat, qutlugʻdir. Ammo shunday kunlar boʻladiki, maʼno-mazmuni mohiyatan asrlarga tatiydi.

Xalqimizning asriy orzulari ijobat boʻlib, mustaqil-likka erishilgan kun ana shunday moʻʼtabar kunlarning biridir. Shu boisdan ham xalqimiz 1-sentyabr – Istiqlol bayramini eng ulugʻ, eng aziz bayram sifatida nishonlaydi.

Ayni kunlarda ajdodlarimiz faqatgina orzu qilib yashagan bebaho neʼmat – mustaqillikning qadrini yosh avlodga teran yetkazish, mustaqillikni mustahkamlash, sobiq ittifoq tarkibida qoloq va xomashyo bazasi boʻlib kelgan yurtimizni dunyo havas bilan qarovchi rivojlangan mamlakatga aylantirishgacha boʻlgan 24-yil oraligʻidagi ogʻir, mashaqqatli va sharafli yoʻlni haqqoniy koʻrsatib berish barobarida yurtdoshlarimiz qalbida bugungi dorilomon kunlarimizdan faxrlanish hissini tarbiyalash maqsadida bayramni munosib nishonlashga qizgʻin hozirlik koʻrilayotir.

Biz tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi Shuhrat Yusupovdan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻradik: - Respublikamiz mustaqilligining 24 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida maxsus dasturlar rejasini ishlab chiqdik va amalga oshirmoqdamiz. Xususan, joriy yilning 21-iyulidan 1-sentyabrigacha tumanimizning barcha ovul va mahallalarida, mehnat jamoalarida "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - Oʻzbekistonim” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan madaniy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbirlarimiz istiqlolimizning biz uchun oʻzligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, ota- meros urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, qadriyatlarimiz va dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimiz yaratgan bilimlarga, jamiki maʼnaviy boyliklarga egalik qilish, qayta rivojlantirish imkonini berganligini yaqqol talqin qilib bermoqda. Ona Vatanda hur va ozod umr kechirish baxtini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchaga birdek zavq bagʻishlamoqda.

Shuningdek, korxona, tashkilotlar, taʼlim muassasalarida, Madaniyat va aholi dam olish markazlarida bayramoldi oʻtkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda mamlakatimizning iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida 5-oʻrinni egallagani, Birlashgan Millatlar tashkiloti koʻmagida aniqlangan "Butunjahon baxt indeksi”da Vatanimiz 158 ta mamlakat oʻrtasida 44-pogʻonani, MDH mamlakatlari orasida 1-oʻrinni egallagani, bu yuksalishlarning tub zamiri yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik ekanligi keng tushuntirilmoqda va shu buyuk neʼmatni koʻz qorachigʻidek asrashga daʼvat etilmoqda. Asosiy eʼtiborimiz 28-avgust kuni 3-sonli BOʻSM oʻyingohida Respublikamiz davlat mustaqilligining 24-yillik tantanasiga bagʻishlab oʻtkaziladigan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Oʻzbe-kistonim!” deb nomlangan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi tayyorgarligiga qaratilgan.

Bayram tomoshasida kelajagimiz - yosh avlod kamoloti yoʻlidagi saʼy-harakatlarimiz samarasi boʻlmish bolajonlar, oʻsmir-yoshlar chiqishlariga, intellektual salohiyatini namoyish etishlariga keng oʻrin berilgan.

Ayniqsa, ajdodlarimizning hayotidan teran joy egallagan milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi koʻplab sahna koʻrinishlari tayyorlanmoqda.

Bizning xalqimizsanʼatsevar, sanʼatkor xalq. Ular yaxshi kuy-qoʻshiq eshitib zavqlanishni ham, kuy-qoʻshiqlarni maromiga yetkazib ijro etishni ham uddalashadi. Demoqchimanki, tumanimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan Madaniyat va aholi dam olish markazlaridagi badiiy toʻgaraklar aʼzolari ham tumanimiz sanʼatkorlari bilan bir safda bayram tomoshasida oʻzlarining qobiliyatini namoyish etishadi. Ona Vatani-mizni, ozodlikni, obodlikni va baxtiyor zamonamizni ulugʻlovchi sahna koʻrinishlari, kuy-qoʻshiqlar tumanimiz aholisiga manzur boʻlishiga ishonamiz.

Maʼlumki, xalqimizning mil-liy oʻyinlari ham maʼnaviy boyligimiz sirasiga kiradi va har biri oʻziga xos tarbiya vositasi hisoblanadi. Shu boisdan bayram dasturini tuzishda milliy oʻyinlarimizgakeng oʻrin berildi.

Shuningdek butun dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qoʻshgan alloma bobolarimiz siymosining sanʼatkorlarimiz tomonidan gavdalantirilib, ilmning qadr-qimmati boqiy ekanligi koʻrsatib berilishi ham tomoshabinlarda yaxshi taassurotlarqoldirishiga ishonamiz. Maqsadimiz - ularning merosini oʻrganishga keng yoʻl ochgan mustaqillikni ulugʻlash, qadr-qimmatini tarannum etish.

Tumanimiz aholisini bayram tadbirlarimizda faol qatnashishga chaqirib, eng ulugʻ, eng aziz bayram qutlugʻ boʻlsin, deyman.

- Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur!

Oygul RAJABOVA suhbatlashdi. 

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019