“Yangi Özbekiston maktab ostonasidan boşlanadi” şiori ostida uçinçi “Ustozlar milliy forumi” ötkazildi
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yölida şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomçilari bölgan yoşlarning ijodiy ğoyalari va ijodkorligini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bilim, könikma va malakalarini davlat taʼlim standartlari asosida şakllantiriş hamda ilğor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholaş tizimini takomillaştiriş muhim ahamiyatga ega. Şu maqsadda yurtimizda taʼlim sifatini oşiriş va tizimda innovatsion yondaşuvlarni joriy qiliş böyiça qator işlar amalga oşirib kelinmoqda.
Pedagoglarning kasbiy rivojlanişlari uçun yetarli şart-şaroitlarni yaratiş, tizimda işlayotgan öqituvçilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qiliş, ilğor metodikalar bilan taniştiriş va tajriba almaşiş maqsadida har yili avgust oyida ötkaziladigan “Ustozlar milliy forumi” ham şunday tadbirlardan biridir.
Tadbirda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov, Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Ibragim Radjapov, mazkur şöʼba metodistlari Habibulla Davletyarov, Rayxon Yakubova, trener öqituvçilar hamda umumiy örta taʼlim maktablardan barça fanlardan bir nafardan fan öqituvçilari iştirok etişdi.
Mazkur forum tizimda olib borilayotgan islohotlar, taʼlim mazmunini takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştiriş, öquv rejalar, öquv dasturlar, darsliklar, yangi baholaş tizimi, şuningdek, öquv jarayoniga tatbiq etiladigan ilğor metodikalarning mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkaziş közlangani bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Bu yilgi forum “Yangi Özbekiston maktab ostonasidan boşlanadi” şiori ostida taşkil etildi.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şamuratov öz sözida forum iştirokçilarini yaqinlaşib kelayotgan mustaqilligimizning 33 yilligi hamda yangi öquv yili bilan muborakbod etdi va mamlakatimizda “Yangi Özbekiston maktab ostonasidan boşlanadi” degan ezgu ğoya asosida taʼlim-tarbiya tizimini tubdan takomillaştiriş, ertangi kunimizning munosib davomçilarini kamolga yetkazişning mustahkam taşkiliy-huquqiy mexanizmini yaratiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Taʼkidlanganidek, sohani yanada rivojlantiriş maqsadida qabul qilingan qator davlat dasturlari, qonun hujjatlari asosida yangi taʼlim muassasalari qurilmoqda va eng zamonaviy öquv anjomlari bilan taʼminlanmoqda. Taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligi maktablar moddiy-texnik bazasi bilan birga öqituvçi va murabbiylarimizning bilimi, malaka va tajribasiga, öz kasbiga bölgan muhabbatiga ham boğliqdir. Şu bois keyingi yillarda öqituvçilarning jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş, ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy muhofaza qilişga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.
Forum davomida bölimning Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Ibragim Radjapov sözga çiqib, ötgan öquv yili natijalari sarhisobiga töxtalib ötdi va yangi öquv yili uçun belgilangan ustuvor vazifalar haqida gapirdi.
Joriy yilda Özbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonuni qabul qilinişi bilan ustozlarning huquqlari, şaʼni, qadr-qimmati va işçanlik obrösi davlat himoyasida ekanligi huquqiy jihatdan mustahkamlab qöyildi. Öqituvçining mehnati, bilimiga yaraşa moddiy rağbatlantirib boriş eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bundan yuzlab öqituvçilarimiz samarali foydalanib, moddiy manfaatdorligi oşmoqda.
Maʼruzalar yakunlanganidan söng trener öqituvçilar tomonidan barça fan öqituvçilariga şöʼbalar kesimida treninglar taşkil qilindi. Treninglarda öqituvçilar mezonlarga asoslangan baholaş tizimi, zamonaviy darsliklarning yangi yondaşuvlari haqida maʼlumotga ega bölişlari bilan bir qatorda amaliy maşğulotlarda faol iştirok etişdi.
Zamon şiddat bilan rivojlanayotgan bir davda har bir öqituvçi-pedagogdan öz ilm-maʼrifati bilan hamişa jamiyatning oldingi örinlarida böliş, tinimsiz şaxsiy rivojlaniş talab qilinadi. Zero, maktabni özgartirmasdan turib jamiyatni özgartirib bölmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – boğça va maktabdir. Bu binolarni muqaddas dargoh qiladigan kuç, şubhasiz, öqituvçi-pedagoglar hisoblanadi. Şunday ekan, ustoz va murabbiylarimizga yangi öquv yilida kuç-quvvat, omad va muvaffaqiyatlar yor bölişini, oliy orzularining röyobga çiqişini tilab qolamiz!
Rayhon Yakubova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶