12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:17
Adabiyot 👁 3,014

KUNLARDAN BIR KUN MAHALLADA...

KUNLARDAN BIR KUN MAHALLADA...

Safargul enaning katta öğli Anvarjon yangi hovli-joy qurib, rözğorini bölakladi. Mahalla-köyga dasturxon yozib, yangi imoratga köçib ötdi. Anvarjon hovli qurgan yangi köçaga endigina beş-olti oila köçib kelgani uçun tomorqaga oqar suv olib kelişda ança qiynalişdi. Yaxşiyamki endi poydevor kötarayotgan bir-ikki qöşnilari juda samimiy, tuşunadigan odamlar ekan, birgalaşib mahallani kesib ötgan katta yopdan yonboş ariq qazib, suv çiqarişdi. Qöşnilaridan biri Saʼdulla ismli yigit heç kimga qöşilmadi.

- Sizlar qaziyveringlar, men hovlimga artezian quduq qurdirganman, - dedi nazar-pisand qilmay.

- Saʼdullaboy, - dedi yangi qöşnilar içida keksaroq Tursunboy aka, - bari-bir tomorqaga oqar suv yaxşi. Quduqning suvi sovuq böladi, dehqonçilikka unçalik töğri kelavermaydi.

- Aqlingni maydalab sigir-buzoğingga ber, aka, - "çirt” etib yerga tupurdi Saʼdulla. – Kerak bölsa, önta ariq kovlamaysanmi, menga ariğing kerak emas!

U şunday deb maşinasiga ötirib, jönab qoldi.

Köçaga ariq qazilgaç, yangi köçib kelgan oilalarning barçasi tomorqalarini ekişga tayyorlay boşlaşdi. Saʼdulla esa har kuni artezian quduqqa elektr nasos ulab, tomorqasini suğorişga çoğlanadi. Ön-ön beş daqiqa suv çiqaradi-yu, elektr nasos "paq”, etgança öçib qoladi. Nasosni tokdan ajratib, u yer-bu yerini körgaç, yana ulaydi. Saldan keyin yana öçadi. Jiğibiyroni çiqqan Saʼdulla goh oldidagi tilsiz temirni, goh xotini, bola-çaqasini sökadi. Ekiş mavsumi esa ötib borayotir.

- Kuyib-pişavermay, qöying şu matohingizni, - azbaroyi açinganidan qöşnisinikiga çiqdi Anvarjon. - Ana, eşigingiz oldida ariq töla suv, quloqni oçsangiz, beminnat oqaveradi.

Anvarning samimiyat bilan aytgan bu gapi Saʼdullaga haqoratday tuyuldi.

- Nima, ustimdan kulayapsanmi? – Qöllarini beliga qöyib, Anvar tomon hezlandi u. – Men sendan suv söradimmi? Eşigim oldidan şu ariğingni olib ket, nima, maqtanayapsanmi ariq qaziganing uçun!

Anvarjon hang-mang bölib qoldi. Şovqinni eşitib, uyiga mehmonga kelgan onasi Safargul ena ham köçaga çiqdi.

- Hay, bolam, - dedi u Saʼdullaga yuzlanib. – Yer, suv – Allohning inoyati. Biz esa uning suyukli bandalarimiz. Yaxşilik işi minnat uçun qilinmaydi. Ariq qaziş ham eng yaxşi amallardan biri. Qolaversa, bu ariq uni qazigan odamlarniki emas, elniki, mahallaniki. Xohlagan odam uning suvini içsin.

Mojaro ustiga kelib qolgan yangi qöşnilar bir Safargul enaga, bir öjar va manman Saʼdullaga qaragança jim turişardi.

- Norguloy, qani belkuragingni olib kelçi, - buyurdi Safargul ena Saʼdullaning ayoliga.

Qöşnilar oldida erining manmanligidan bir siqim bölib turgan Norguloy tezda belkurak keltirib, enaga tutqazdi.

- Öğlim, - dedi Safargul ena ariqdan Saʼdullaning tomorqasiga quloq oçarkan, - men onang-day bir odamman. Aslida seni öşa ariq qazilgan kundayoq yaxşilab savalaşim kerak edi. Bu feʼling bilan öğlim, odamlarga el bölişing juda qiyin. Manmanlik, kibr-havo – şaytonning işi. Şaytonning işini qilmoq esa gunoh.

Onasi tengi nuroniy ayolning gaplariga biron narsa deyişdan ojiz qolgan Saʼdulla yer çizib qoldi. Safargul ena oçgan quloqdan şarillab oqqan suv bir zumda Saʼdullaning tomorqasiga yoyildi.

Şu voqeadan söng Saʼdulla özgardi. Bosiq va muloyim bölib qoldi. Safargul ena öğlinikiga keyingi gal kelganida Anvarjon uni yaxşi xabar bilan kutib oldi:

- Saʼdulla biz qazigan ariqning boş soqasiga beton quyib, şandor örnatib berdi, - dedi u quvonib. – Endi quloqni oçib-yopişda qiynalmaydigan böldik.

Safargul ena mayin kulib qöydi.

 

Qöşnining tutuni

Salomat çeça yangi tandir sotib oldi. Tandir uçun joy hozirlab, tezroq qurib olişni möljallab, işni boşlab yubordi. Qişloq emasmi, tomorqa yeri ançagina keng edi. Tandirni örnatiş uçun tanlagan joyi ham boğ-roğga, molxona-yu dov-daraxtga zarar keltirmaydigan yerda.

Öğli Sardorjon jöralari bilan bir pasda somonli loyni qorib berişdi. Yon qöşnisi Ismoil juda odamoxun, mehnatkaş yigit-da, "çeça”- "çeça”, - deb odamning joni böladi-ya, öziyam. Salomat çeçaning eri Duyşan oğa bilan ikkalasi tandirni örnatib, somon suvoq urişdi-da, içiga pastgina olov yoqişdi. Tandir asta-sekin qizigan sari Ismoil bilan Duyşan oğa galma-galdan tandir sirtiga somon suvoq urib turişdi.

- Ana endi böldi, - dedi Duyşan oğa qölining loyini yuvarkan, - faqat erinmay, yaxşilab qizdiriş kerak.

Ismoilning ayoli Zamira, yana ikki-uç qöşni ayollar "öng bölsin, töylarda non yoping, çeça”, deb navbatma-navbat tandirga ötin taşlab turişdi. Tandirga yaqin joydagi oqtol ostiga şolça töşab dasturxon yozgan Salomat çeçaning kenja kelini qöşnilarini çoyga taklif etdi. Biri sözlab, biri kulib, hazil-huzul bilan tandir qizdirayotgan qöşnilardan biri:

- Çeça, endi bu tandirni qizdirib, yoğli patir bilan gömma yopib, tandir ziyofat qilmasdan ketmaymiz, - dedi kulib.

- Xudo xohlasa, bari böladi! - Quvonç bilan dedi qöşnilaridan minnatdor Salomat çeça.

Kun böyi tiniq bölgan ob-havo keçqurun biroz özgardi, şamol esa boşladi. Bir-ikki tomçi yomğir ham tuşdi. Saldan keyin yomğir tezlaşib, bir-ikki daqiqa şarros quyib berdi. Tandirdagi öt öçmasligi uçun Duyşan oğa yordamida ayollar kattaroq tönkani qalab yuborişdi. Yomğir taʼsiridanmi, biroz muddat tönka tutab turdi. Şu payt kutilmagan voqea sodir böldi.

- Duyşan! – Köça tomondan hovliga kirib kelayotgan yon qöşnisi Murod tajang ovozining boriça baqirdi.

Tandir boşidagi qöşni ayollar azbaroyi qörqib ketişganidan yoqalariga "tuf”lab qöyişdi.

- Duyşan! – hamon ovozini pasaytirmay, baqirganiça Duyşan oğa tomon yurdi Murod tajang. – Yo tutuningni yöqot, yo tandiringni! Nima, men sening tutuningni yutadigan zavodingmanmi?

Duyşan oğa indamay turar, unga sari Murod tajang jazavaga tuşib baqirardi. U köp gapirdi, sökindi, hatto tandir yaqiniga kelib tepindi. Duyşan oğa ham, Salomat çeça ham lom-lim deyişmadi-yu, yangi tandirni tepgani uçun Ismoil çiday olmadi.

- Murod oğa, insofingiz bormi, axir bu tandir-ku, tandir Alloh taoloning olovxonasi-ya, tavba deng, - dedi Murod tajangning qöllaridan tutarkan.

U Ismoilni siltib yubordi:

- Qöy-ye, - dedi ğazab bilan, - menga safsata söqma, hammang bir bölişib, meni kunlayapsizlar, boyligimni körolmayapsizlar. Uyimni esa tutunga töldirdinglar!

U depsinganiça çiqib ketdi. Möʼjiza yuz berdimi, yo bekordan-bekorga dili oğrigan insonlarni Alloh yorlaqadimi, biroz ötib şamol öz yönalişini özgartirdi. Salomat çeça qöşni ayollar bilan to tonggaça töxtatmasdan öt yoqib, yangi tandirni yaxşilab qizitişdi. Bir-ikki soat tandirni sovutib qöyişdi. Kelinlari tayyorlab qöygan yoğli patir, göştli gömmalar yopilgaç, barçasi, oq tol tagida yangi tandirning tilaklarini qilişib, ançagaça çaq-çaqlaşib ötirişdi. Faqat yon qöşnisi Murod tajang va uning ayoli Mehribongina çiqişmadi.

Şu voqeadan söng har gal Salomat çeçaning kelinlari xamir qilişganida çeça ötirib iltijo qiladi:

- Xudoyim, bugun şamol Murodlarning uyi tomonga esmasin-da!

Oradan bir yilça vaqt ötdi. Bu orada Murod tajang bir neça marta Duyşan oğaga "tandiringni yöqot yoki tutuningni ol!”,- deb döq uraverib bezor qildi. Oxiri Duyşan oğa tandir uçun gaz tarmoğiga alohida hisoblagiç qöydirib, tabiiy gaz bilan qizitiladigan qilib berdi. Endi tandir masalasini hal qildim, tinçidim, deganida Murod tajang:

- Uyim tandiringdan çiqqan gaz isiga tölib ketdi, sen özi menga duşmansan, - deydigan böldi.

Bezor bölgan Duyşan oğa kelinlariga tandirga non yopişni man qildi.

- Huv, mahalla guzaridagi nonvoy xotinga yoptiraqolinglar, - dedi oxiri.

Mana uç oydirki, Salomat çeçaning kelinlari oşgan xamirni kötarib, mahalla guzariga borib, nonvoyga non yoptirişadi.

Şunday kunlarning birida Murod tajangning kelini dodlaganiça Duyşan oğanikiga kirdi.

- Yordam bering, molxona yonayotir!

Qöni-qöşni, ayol-u erkak – hamma Murod tajangnikiga çopişdi. Oğilxona yaqinida yoqilgan axlat uyumidan çiqqan uçqun tufayli ustiga xaşaki öt bosilgan çerdakka öt ketgandi. Kim çelakda, kim tos laganda suv taşib turdi. Duyşan oğa bilan Ismoil tinmay olovga sepib, ötni öçirişga intilişdi. Ayollar çuvillaşib molxonadagi mollarni böşatib, tovuqxona eşigini oçib yuborişdi. To öt öçiruvçi maşina yetib kelgunça olov örlab Duyşan oğaning qörasiga, undan Ismoilnikiga ötdi. Mol-hollarini böşatib yuborib, olovga tinmay suv sepib yurgan Duyşan oğani ham, Ismoilni ham odam tanib bölmasdi. Ikkalasining ham yuzi tutundan qorayib ketgan, faqat tişlari körinardi. Olov öçirilgaç, Duyşan oğa oyoq-qöllarida çidab bölmas oğriq sezdi. Uning qoşlari, soç-soqoli, yuzi ham ançagina kuygan, oyoği va qöllari şilinib ketgandi. Boz ustiga bozorda, tijoratda bölgan Murod tajang yonğin çiqqanini eşitiboq yetib kelişi bilan Duyşan oğani söka boşladi.

- Aytmadimmi, sening tandiring meni xonavayron qiladi, deb. Sening umuman döstliging yöq...

U yana nimalar dedi, qanday haqorat sözlarni aytdi, Duyşan oğa uning gaplarini eşitmadi. Boşi ğuvillaganiça yerga gursillab yiqildi. Tinmay olov bilan olişgan Duyşan oğa va Ismoilni şifoxonaga olib ketişdi. Ayol, bola-çaqasini, ularga qöşib Duyşan oğani böralab sökayotgan Murod tajangga heç kim "qöy, olov aslida sening hovlingdan çiqdi”, - demadi-yu, köpni körgan keksa Örozmat bobo hassasini Murod tajangga öqtalib, uning yuziga tupurdi:

- Odam emassan!, - dedi-yu bu yerni tark etdi.

Bir xaftadan söng Duyşan oğa bilan Ismoil şifoxonadan soğayib, uylariga qaytişdi. Ketma-ket omonlikka jonliq söyişib, xudoyi sadaqa berişdi. Ikki qöşni hovli örtasidagi uç oydan beri olov körmay, zax torta boşlagan Salomat çeçaning tandiriga yana olov yoqib, börsildoq nonlar, patirlar yopişdi. Moli-jonlari omon qolgani uçun şukronalar qilişdi. Xudoyi sadaqaga butun qişloq ahli keldi. Faqat bir kişi - Murod tajanggina körinmadi, aftidan kelişga, qişloqdoşlariga, qöşnilariga körinişga yuzi çidamadi.

Xudoyi sadaqa tarqagaç, nuroniy Örozmat bobo:

- Duyşan, Ismoil inim, - dedi bosiqlik bilan. – Odamzot beşikdan qabrgaça ilm va aql örganadi. Birovning aqli erta, birovniki keç kiradi. Qani, turinglar, Murodboyni judayam çetlatib qöymaylik, uyiga kiramiz.

Bir tovoq palov ustiga göşt, patir bosib Murod tajangnikiga kirişdi.

- Kelinglar, - dedi u boşini yerdan kötaraolmay. Boşqa gap gapirmadi.

- Keldik, öğlim. Omonlikda gap köp, yaxşilikda – fazilat bisyor. Biz şu yöldan keldik, bolam...

Örozmat ota: "sen unday qilganding, biz bunday”,- demadi. Murod tajangning qiliqlarini yuziga solib, izza qilmadi, uruşmadi, sökmadi. Lekin şu kuni Murod tajangning yelkalari  silkinib-silkinib yiğladi, sözsiz, hamqişloqlari köziga tik boqolmay, köp yiğladi. Va yengil tortganday böldi. U özini, insoniy tuyğularini anglagan, iç-içidan otilib çiqayotgan köz yoşmi, afsusmi, puşaymonmi, nimaligini özi ham bilmaydigan öksik yiğidan tamoman boşqa bir odamni – özini topganday edi.

Örozmat bobo, Duyşan oğa, Ismoil ketdi. Ularning ortidan umrida birinçi marta Murod qalbida iliq va  samimiy mehr bilan qarab qoldi.

 

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026