65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi
Taʼlim sifati köp jihatdan öquvçi va öqituvçi kunining katta qismini ötkazadigan muhitga boğliq ekani bugun heç kimga sir emas. Yoruğ va keng sinfxonalar, xavfsiz hamda qulay bino bolalarning darsga bölgan qiziqişini oşirsa, pedagoglarga öz bilimi va mahoratini töliq namoyon etiş uçun zarur imkoniyat yaratadi.
Şu bois mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantiriş masalasi davlat eʼtiborining markazida turibdi. Eskirgan taʼlim muassasalari binolarini rekonstruktsiya qiliş, yangilarini quriş va ularni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlaş böyiça işlar yildan-yilga kengayib borayotgan bölib, bu jarayonda nafaqat şaharlar, balki çekka hududlardagi mahallalar ham eʼtibordan çetda qolmayapti.
Ayniqsa, yangi maktab binolari qurilişida bolalar sonining ortib borayotgani, mahallalarning rivojlaniş istiqbollari va öqituvçilar uçun zarur şaroitlar inobatga olinmoqda. Bu yondaşuv taʼlim muassasalarini uzoq yillar davomida samarali xizmat qiladigan, zamon talablariga töliq javob beradigan maskanlarga aylantirmoqda.
Ana şunday bunyodkorlik işlarining navbatdagisi Amudaryo tumanida amalga oşirildi. Tumanning Daryo böyi mahallasida joylaşgan 65-sonli umumtaʼlim maktabining yangi, zamonaviy binosi foydalanişga topşirildi. Uç qavatli bino 9 milliard sömdan ortiq mablağ evaziga barpo etilgan bölib, u mahalla farzandlari uçun öqiş va rivojlanişning yangi manziliga aylandi.
Aytiş joizki, mazkur bunyodkorlik işi bir neça muhim vazifani hal etişga qaratilgan. Xususan, u öquvçilar uçun zamonaviy taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, pedagoglar faoliyati uçun munosib şaroit yaratiş hamda mahalla infratuzilmasini yaxşilaş yölidagi ahamiyatli qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.
Zamonaviy talablar asosida qad rostlagan uç qavatli imorat maktabning 380 nafar öquvçisi uçun qulay va xavfsiz taʼlim muhitini taʼminlaş, dars jarayonlarini yanada samarali taşkil etiş imkonini beradi.
Har bir maktabning öz tarixi, xotiralari va faxrlanadigan insonlari böladi. 65-maktabning bosib ötgan yöli ham ana şunday mehnat, izlaniş va ezgu maqsadlar bilan yöğrilgan bölib, bu tarix bir neça avlod ustoz va şogirdlarning saʼy-harakatlari orqali bugungi kungaça yetib kelgan.
Maktab 1982-yilda öz faoliyatini boşlagan. Uning ilk rahbari Madiyor Boltaboyev bölib, u kişi 1982-yildan 2008-yilgaça, yaʼni 26-yil davomida taʼlim maskaniga uzluksiz rahbarlik qilgan va bu davrda maktabning şakllanişi hamda rivojlanişiga munosib hissa qöşgan.
Şu örinda aytiş kerakki, ötgan 40-yildan ziyod davr mobaynida maktabda minglab yoşlar taʼlim va tarbiya olib, katta hayot yöllariga qadam qöydi. Ularning orasida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, yurtimiz ravnaqiga salmoqli hissa qöşayotgan insonlar talaygina.
Ayni paytda maktabda direktor Şahnoza Xöjamuratova boşçiligida 45 nafar fidoyi pedagog 380 nafar öquvçiga taʼlim-tarbiya bermoqda. Tajribali pedagoglar mehnati qadrlanadigan muhitda taʼlim sifati ham barqaror ösib borişi tabiiy. Zamonaviy binoda dars ötiş imkoniyati esa öqituvçilarga yangi metodikalarni qöllaş, öquvçilar bilan alohida işlaş va maşğulotlarni yanada qiziqarli taşkil etiş uçun qöşimça şaroit yaratadi. Bu esa pirovardida öquvçilarning bilim darajasi va fanlarga bölgan qiziqişida öz aksini topadi.
Şu bilan birga, yangi binoning foydalanişga topşirilişi ota-onalar uçun ham muhim voqea böldi. Farzandlarining zamonaviy va qulay sinfxonalarda tahsil olişi maktab bilan ota-onalar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun ham munosib şaroitlar yaratadi.
Qayd etiş joizki, zamonaviy maktab binosi öz-özidan sifatli taʼlimni kafolatlamaydi: uning samarasi pedagoglarning mahorati, ota-onalarning faol iştiroki va öquvçilarning bilimga bölgan iştiyoqi uyğunlaşgandagina töla namoyon böladi. Bu borada maktab va mahalla örtasidagi hamkorlik ham muhim örin tutadi.
Yangi maktab öz eşiklarini öquvçilar uçun keng oçar ekan, maktab jamoasi bu dargohda yangidan-yangi yutuqlar, ilmiy izlanişlar, quvonçli natijalar va katta orzular dunyoga kelişiga işonç bildirdi. Bu işonç, öz navbatida, pedagoglar va öquvçilar zimmasiga yanada katta masʼuliyat yuklaydi.
Işonamizki, mazkur taʼlim maskanidan mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qöşadigan öquvçilar yetişib çiqadi. Yangi bino esa yana neça yillar davomida mahalla ahlining farzandlari uçun maʼrifat va maʼnaviyat maskani, ilm-fan markazi bölib xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶