YoSh MUXBIRLARIMIZ – FAXRIMIZ
Tumanimiz hayotining koʻzgusi - "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi barcha sohalarda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, yangiliklar toʻgʻrisidagi axborotlarni aholiga yetkazishda muhim omil boʻlmoqda.
Har oyda toʻrt marta chiqayotgan gazetani turli mavzudagi maqolalar bilan taʼminlashda jurnalistlar bilan birgalikda jamoatchi muxbirlarning, sohalar mutaxassislarining ham munosib hissalari borligini biz yaxshi bilamiz.
Tumanimizning "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bilan hamkorlikni yaxshilash, oʻquvchilarda ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va maqolalar yozishga boʻlgan qiziqishni oshirish maqsadida kollejimizda "Yosh muxbirlar” toʻgaragi tashkil etildi. Ushbu toʻgarak aʼzolaridan Aziza Madrahimova, Mastura Saʼdullayeva, Feruza Yoʻldosheva, Oltinoy Oʻrinboyeva va Muqaddas Yangiboyevalar tuman gazetasida oʻz xabar va maqolalari bilan faol ishtirok qilmoqdalar. Biz bu oʻquvchilarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Kollejimiz maʼmuriyati va oʻqituvchilar jamoasi yosh ijodkorlarni va yosh muxbirlarni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirib, ular safini kengaytirishga eʼtiborni yanada kuchaytiradi.
Men ushbu fursatdan foydalanib, tumanimiz jurnalistlarini, matbuot va televideniye xodimlarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶