46-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida “Bayroğimiz – faxrimiz” şiori ostida bayram tadbiri ötkazildi
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovçi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning şon- şarafi, tarixiy xotirasi va intilişlarini özida mujassam etib, tinç va osoyişta, ozod va erkin hayotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimiz ifodasidir.
Davlat ramzlari hamişa muqaddas va uluğ sanaladi. Çunki u xalqning ötmişi, buguni va kelajagini özida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bayroğimiz özida butun Özbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, ğayrati va şijoatini, xalqimizga xos mehmondöstlikni mujassam etgan.
18-noyabr kuni davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil Özbekiston Respublikasining “Davlat bayroği töğrisida”gi qonuni qabul qilinganligiga 28-yil töldi.
Uşbu sana bayram sifatida mamlakatimzda keng nişonlandi. Tumanimizdagi barça taʼlim va tarbiya muassasalarida sana munosabati bilan bayram tadbirlari va yiğilişlar ötkazildi.
46-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham uşbu bayram munosabati bilan “Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!” nomli tadbir ötkazildi.
Taşkilot rahbari Sevara Tojimurodova, örta guruh tarbiyaçisi Nazokat Allaberganova va katta guruh tarbiyaçisi Nazokat Erjanovalar tayyorlagan uşbu tadbirda taşkilotning örta va katta guruh bolalari iştirok etişdi.
Hozirgi kunda taşkilotda jami 115 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Bulardan, 25 nafari katta, 25 nafari örta, 25 nafari kiçik va yana 40 nafari qisqa guruh tarbiyalanuvçilaridir.
“Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!” nomli tadbirda bolalar bayroğimiz haqida şeʼrlar aytdilar, uning har bir ranggi, oy-u yulduzlari anglatadigan maʼnolar haqida sözlab, davlatimiz ramzlari haqida olgan bilimlarini namoyiş qildilar.
Vatanparvarlikni aks ettiruvçi sahna körinişlar namoyiş etildi. Xususan, Vatan tinçligi va ozodligi uçun jon bergan tarixiy şaxs –Şiroq afsonasi asosida tayyorlangan sahna körinişi barça bolajonlarning eʼtiborini tortdi.
Tadbir davomida taşkilot tarbiyalanuvçilari örtasida kiçik musobaqa ham ötkazildi. Unda iştirok etgan bolalar özlarining epçil va çaqqonliklarini körsatişdi. Şundan söng bolalar turli kasblarning maxsus kiyimlarini kiyib, kasblarga taʼrif berib, ularga mos şeʼrlar aytişdi.
Raqs tögaragi öquvçilari tomonidan ijro etilgan Vatanparvarlikni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar barçaga kötarinki ruh hamda yuqori kayfiyat baxş etdi.
Mustaqil davlatimiz bayroği tinç va osoyişta, ozod hamda erkin hayotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimiz timsolidir. Davlat ramzlari Vatanimizning muqaddasligini, yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatadi.
Bayroğimizning balandligi yurtimizning obrö-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamişa eʼzozlaylik va boşimiz uzra baland kötaraylik!
Iroda Erdoşeva, jamoatçi muxbir

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶