"TARAQQIYoT KÖZGUSI" GAZETASI TAHRIRIYaTINING GRANT LOYIHASI DOIRASIDA ÖTKAZILGAN INŞOLAR TANLOVI ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Korruptsiya — jamiyat farovonligining eng xavfli duşmani, davlat taraqqiyotiga tösiq böluvçi illatdir. Şaxsiy manfaatni közlab pora beriş yoki oliş, boylik ortidan taʼmagirlik qilib, mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş, özganing yoki davlat va jamoatçilikning mulkini egallaş — bularning barçasi korruptsiyaning eng jirkanç körinişlaridir.
Bugungi kunda korruptsiyaga qarşi kuraşiş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Jamiyatning barça böğinlarida uşbu illatga qarşi murosasizlik kayfiyatini şakllantirişga qaratilgan tarğibot-taşviqot işlari olib borilmoqda. Ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlod ongida adolat va poklik tuyğusini mustahkamlaş maqsadida keng qamrovli tadbirlar taşkil etilmoqda.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli grant loyihasi ham ana şu illatga qarşi kuraşişga qaratilgan. Loyiha doirasida huquqşunoslar, jamoat faollari, nuroniylar va yoşlar iştirokida uçraşuvlar va davra suhbatlari ötkazilib, fuqarolar hamda yoşlar ongida korruptsiyaga qarşi murosasizlik tuyğusini şakllantiriş, huquqiy savodxonlikni oşiriş borasida ijobiy natijalarga erişilmoqda.
Grant loyihasi iş rejasiga muvofiq, joriy yil avgust oyining birinçi ön kunligida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan hamkorlikda “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi.
Tanlovda tuman umumtaʼlim maktablarining 5–11-sinflarida tahsil oluvçi 50 ga yaqin öquvçi iştirok etdi. Ular öz inşolarida korruptsiyasiz jamiyat haqidagi fikr va orzu-istaklarini ifoda etdilar.
Tanlovda “Barkamol avlod” bolalar maktabi tögaraklarida şuğullanuvçi öquvçilar faol iştirok etişdi. Tanlov eʼlon qilingaç, tögarak rahbarlari tomonidan öquvçilarga korruptsiyaning jamiyatga zarari va unga qarşi davlat miqyosida amalga oşirilayotgan işlar haqida tuşunçalar berildi. Savol-javoblar orqali ularning bilimlari sinovdan ötkazildi. Inşo yoziş jarayonida iştirokçilarga öz fikrlarini erkin ifoda etiş imkoniyati yaratildi, jarayon maktab pedagoglari tomonidan kuzatib borildi.
Maktab bosqiçida “Mental arifmetika” va biologiya tögaraklari aʼzolari tomonidan yozilgan eng sara inşolar tanlab olinib, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining hakamlar hayʼatiga taqdim etildi.
2025-yil 7-avgust kuni grant loyihasi koordinatorlari “Barkamol avlod” bolalar maktabida bölib, tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimini ötkazdilar. Ular maktab jamoasiga yoş avlod ongida korruptsiyaga qarşi murosasizlik tuyğusini şakllantiriş va iqtidorlarni rivojlantiriş borasidagi işlarida muvaffaqiyat tiladilar.
Tanlov natijalariga köra “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Mental arifmetika” tögaragi aʼzosi Javohir Maqsudov “Korruptsiyasiz jamiyat quriş borasidagi ilğor fikrlari uçun” nominatsiyasi böyiça 1-öringa loyiq deb topildi.
“Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça eng yaxşi tarğibotçi” yönalişida esa 55-maktabning 5-sinf öquvçisi, “Barkamol avlod” tögaragi aʼzosi Oydinoy Ismoilova ğoliblikni qölga kiritdi. Uşbu yönalişda “Mental arifmetika” tögaragi aʼzosi, 31-sonli maktab öquvçisi Temurbek Örozmatovga esa 2-örin nasib qildi.
“Korruptsiyaga qarşi kuraşişda tengdoşlarini ruhlantiruvçi fikrlari uçun” nominatsiyasiga 38-sonli maktab öquvçisi, biologiya tögaragi aʼzosi Dinora Fayzullayeva va 40-sonli maktabning 7-sinf öquvçisi Hilola Şukurullayevalar sazovor böldilar.
Ğoliblarga “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovğalari topşirildi.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶