UYŞINLIK TADBIRKOR MAHALLASIDA TIBBIY PUNKT QURILIŞIGA HOMIYLIK QILADIGAN BÖLDI
Xalqimizning öz hayotidan rozi yaşaşini taʼminlaş, ayniqsa, ularga tibbiy xizmat körsatişni yaxşilaş, eng çekka hududlardagi aholini ham zamonaviy tibbiy xizmat bilan qamrab oliş borasidagi saʼy-harakatlar tufayli mamlakatimizning barça hududlarida, şu barobarida Amudaryo tumanida ham yangi-yangi tibbiyot muassasalari qad rostlab, aholining tibbiy xizmatga bölgan ehtiyoji qondirilişi uçun zarur şaroitlar yaratib berilayotgani quvonarli holat.
Uyşin mahallasi Amudaryo tumanining qardoş Turkmaniston Respublikasi bilan çegaradoş, olis va eng çekka hududida joylaşgan. Mahalla aholisiga Qipçoq şaharça fuqarolar yiğini hududidagi 1-sonli oilaviy poliklinikasi tomonidan birlamçi tibbiy xizmat körsatiladi. Mahalla bilan oilaviy poliklinika orasidagi masofa 8-9 çaqirim bölib, aholi muntazam ravişda avtotransport qatnovidagi muammolar tufayli tibbiy xizmatdan foydalanişda qiyinçiliklarga duç kelib kelayotgan edi. Çunki qişning qor-yomğirli, izğirinli kunlarida, yozning jazirama issiğida transport vositasini kutiş yoki yayov yöl bosib, poliklinikaga qatnaş aholi, ayniqsa keksalarga qiyinçilik tuğdirardi.
Mavjud qiyinçilikni bartaraf etiş, aholining heç qanday tösiqlarsiz tibbiy xizmatdan samarali foydalanişlarini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş Vazirligiga Uyşin mahallasi hududida mahalla tibbiy punktini taşkil etiş orqali aholiga namunali tibbiy xizmat körsatişni yaxşilaş böyiça taklif bildirilgan va uşbu taklif inobatga olinib, uyşinliklar uçun mahalla tibbiy punkti binosi qurilişi rejalaştirilgan edi.
Yaqinda mana şu binoning tamal toşi qöyilib, quriliş işlari boşlanişi munosabati bilan tadbir ötkazildi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri Murad Qurbanov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, tuman Tibbiyot birlaşmasi boş şifokori Faxriddin Abdullayev, mahalla fuqarolar yiğinlari masʼullari va jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Xalqimizga xos bölgan saxovatpeşalik, elparvarlik xislatlari hamişa qadrlanadi. Qolaversa, haqiqiy saxovatpeşa inson öz eli, Vatani uçun qilayotgan xayrli işlarini heç qaçon köz-közlamaydi, maqtanmaydi. Yaqinda ism-şarifini oşkor etişni istamagan uyşinlik saxovatpeşa, elparvar tadbirkor mahalla ahliga qulaylik yaratiş maqsadida mahalla tibbiy punkti binosi qurilişiga homiylik qiliş istagini bildirdi.
Mazkur bino qurilişi yakunlangaç, uyşinliklar birlamçi tibbiy xizmatdan foydalaniş uçun Qipçoq şaharçasi markazida joylaşgan, 8-9 çaqirim masofa olisdagi oilaviy poliklinikaga qatnamaydigan bölişadi va Uyşin mahallasining özida namunali birlamçi tibbiy xizmatlardan foydalana boşlaydilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶