“SALOMATLIK UÇUN BADANTARBIYa VA 5000 QADAM PIYoDA YuRIŞ” MARAFONI ÖTKAZILDI
Salomatlik – insonning eng katta boyligi hisoblanadi. Bugungi zamonaviy taraqqiyot ritmida va doimiy stressli vaziyatlarda ana şu boylikni asrab-avaylaş, organizmni soğlomlaştiriş uçun vaqt ajratiş qiyin. Lekin Butunjahon Soğlikni saqlaş taşkilotining tavsiyasi – soğlom turmuş tarziga muntazam ravişda amal qiliş insonni ham maʼnan, ham aqlan çiniqtirişini hisobga olsak, alohida vaqt ajratmay turib ham inson mustahkam salomatlik sohibi bölişi mumkin.
Olimlarning hisob-kitoblariga köra, salomatlikni belgilovçi omillar 10-15 foiz ekologiyaga, 10-15 foiz genetikaga, 10-12 foiz tibbiyot tizimi darajasiga va 55-60 foiz soğlom turmuş tarziga boğliq ekan. Vaholanki, soğlom turmuş tarziga amal qiliş öziga va atrofidagilarga eʼtiborli böliş, kundalik sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qiliş har bir tibbiy madaniyatli insonning burçidir. Butunjahon Soğlikni saqlaş taşkiloti bayrami – 7-aprel sanasi bilan boğliq tadbirlar butun dunyo xalqlarini ana şu burç masʼuliyatini his etib yaşaşga daʼvat etib keladi. Çunki Jahon Soğlikni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, birgina ekologik muammolar tufayli har yili yer yuzida 13 mln. kişi vafot etadi.
Yer kurrasining 90 foizdan ziyod aholisi nosoğlom havodan nafas oladi. Qolaversa, global isiş, turli tabiat hodisalari va suv tanqisligi insonlar soğligiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bundan taşqari, notöğri ovqatlaniş, haddan taşqari şirinlikka ruju qöyiş, kamharakatlilik va semiriş yurak qon-tomir, saraton kasalliklarining kelib çiqişiga sabab bölmoqda.
Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasining sport-soğlomlaştiriş maydonçasida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni bayramiga bağişlab ötkazilgan “Salomatlik uçun badantarbiya va 5000 qadam piyoda yuriş” tadbirida Tibbiyot birlaşmasining tajribali şifokorlari tomonidan bu haqda batafsil söz yuritildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli Farmonlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligining körsatma xatida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi Salomatlik va strategik rivojlaniş bölimi sport tarğibotçisi Ibodulla Nurimbetov rahbarligida ötkazilgan tadbir avvalida iştirokçilar badanni çiniqtiruvçi maşqlarni bajardilar.
Şundan söng, tibbiyot xodimlari Şifokorlar köçasi böylab 5000 qadam piyoda yuriş marafonida qatnaşdilar. Ona tabiat bağrida, ertalabki musaffo havodan bahramand bölib, piyoda yuriş marafonida iştirok etgan 150 nafardan ziyod tibbiyot xodimlari şu kungi iş faoliyatlarini kötarinki kayfiyatda, tetiklik bilan boşladilar. Zero, ertalabki badantarbiya maşqlari nafaqat soğlom turmuş tarzi, balki ijtimoiy va jismoniy faollikning birdan-bir asosidir.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶