SIL - DAVOSIZ DARD EMAS
Sil kasalligi surunkali infektsion kasallik bölib, organizm turli sistemalarining zararlanişi turli - tuman klinik belgilar bilan keçadi. Sil köp tarqalgan infektsion kasallikdir.
Silga xos belgilar: umumiy holsizlik, iştaha kamligi, taʼsirçanlik, iş qobiliyatining pasayişi, ozib ketiş, tana haroratining yuqorilaşi, kökrak qafasida oğriqlar, nafas siqişi, qon tuflaş.
Yuqorida qayd etilgan belgilar paydo bölsa, ftiziatr şifokorga murojaat qiliş zarur.
Yigirma birinçi asrga kelib ham sil kasalligining tobora köp tarqalişi soğlikni saqlaş tizimida jiddiy muammo bölib qolmoqda.
Silga qarşi kuraş xizmati bugungi kunda yuksak darajaga kötarildi va davlat siyosati darajasida eʼtirof etildi. Tumanimizda silga qarşi kuraşiş xizmati Köp tarmoqli markaziy poliklinika Ftiziatriya bölinmasi, markaziy şifoxona ftiziatriya bölimi va Qişloq vraçlik punktlari tomonidan amalga oşirilmoqda . 2014-yil avgust oyida "Silni kompleks davolaş hamma uçun” dasturi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni Saqlaş Vazirligi va "Çegarasiz şifokorlar” taşkiloti tomonidan umumiy amaliyot şifokorlari, ftiziatrlar va örta tibbiy xodimlarga öquv trening maşğulotlari ötkazildi. 2014-yil oktyabr oyidan doriga turğun sil formalari aniqlanib, davolaş konsiliumi qarori asosida davolaş işlari olib borilmoqda.
Sil kasalligiga çalingan bemorlarni davolaş 6-8 oy, doriga turğun formalariga çalingan bemorlarni davolaş 20-24 oy muddatni talab etadi. Bu muddat davomida şifokorlar tomonidan tavsiya qilingan dorilarni qabul qilişda tanaffusga mutlaqo yöl qöyilmasligi kerak.
Esingizda tuting: davolaniş davomida sil kasalligining yuqumliligi kamayib boradi. Sil kasalligini aniqlaş va davolaş xizmatlari bepul körsatiladi. Nukus şahridagi Respublika silga qarşi kuraşiş dispanseri Referens laboratoriyasiga bemorlarning balğam namunalari yuborilib, tekşiriş orqali sil jarayoni aniqlanadi. Şuningdek, kökrak qafasi flyurografiyasi va rentgenografiyasi sil jarayonini aniqlaşda katta ahamiyatga ega.
Aholi orasida silga qarşi kuraşiş, silni barvaqt aniqlaş maqsadida çuqurlaştirilgan tibbiy köriklarda faol qatnaşiş maqsadga muvofiqdir. Şu bilan birga silning oldini olişda har yili kamida ikki marta körikdan ötiş, soğlom turmuş tarziga, şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiliş ahamiyatlidir.
Qisqa qilib aytganda, sil davosiz dard emas. U qança erta aniqlansa, davolaş ham şunçalik oson böladi.
Gulora ABDULLAYeVA, tuman Tibbiyot birlaşmasi ftiziatriya bölimi mudirasi.
Feruza Törayeva,
ftiziatr.
(Foto - http://fsh.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶