Dardlarga davo izlab
Şuhrat bolalikdan şifokor bölişni orzu qilardi. Eng zör mutaxassis bölişni, ota-onasi şaʼniga eng yaxşi sözlar aytilişini istardi. Bu orzu-istaklar uni qunt bilan ilm olişga undadi. Bor bilimini va mahoratini işga solib, 2-sonli Toşkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Tibbiyot akademiyasi) talabasi böldi. Oliy taʼlim dargohida ham qunt bilan öqidi. 1997-yilda mutaxassislik diplomini olib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Markaziy şifoxonasining urologiya bölimida internatura ötadi.
Şundan söng, 1998-yilda özi tuğilib ösgan Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi köp tarmoqli Markaziy poliklinikasiga urolog-şifokor bölib işga keldi. Mana qariyb 25-yildirki, şu dargohda el dardiga darmon bölib kelmoqda.
Egniga oq xalat kiyib, qasamyod qilganidan buyon turli yoşdagi bemorlarni davolab kelmoqda. Uning huzuriga turli urologik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar kelişadi. Ular orasida yillab farzand körmaganlar ham bor. Şuhrat Allohning inoyati bilan bunday bemorlarning ham şifo topişiga yordam körsatib kelmoqda. Uning kömagida yuzlab oilalar farzandli bölib, xonadonlari quvonçga töldi.
Şuhrat muntazam izlanişda. Öz ustida işlab, sohadagi yangiliklarni faoliyatiga tatbiq qiladi. Şu maqsadda bir neça bor Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutida malaka oşirdi.
Qöli yengil şifokor birinçi marta Yendir ota Idrisovda jarrohlik amaliyotini ötkazgandi. Hozir bobo 90 yoşdan oşdi.
– Tibbiyotning rivojlanişi natijasida faoliyatimizga yangi-yangi davolaş uslublarini joriy qilayapmiz, – deydi Şuhrat. – Har yili 200ga yaqin jarrohlik amaliyotlarini ötkazaman. Bir paytlari respublika markazida bajarilgan amaliyotlarni endi tumanimizda ham ötkazib, bemorlarning ortiqça ovora va çiqimdor bölişining oldini olayapmiz. Ularning darddan foriğ bölib, oyoqqa turib ketişlariga kömaklaşamiz.
Şirinsuxan, bilimdon, iqtidorli, qöli yengil bu şifokorni izlab, hatto Rossiya, Qozoğistondan kelganlar bor. U juda kamtar, barçaga birdek muomala qiladi, qölidan kelgan yordamini ayamaydi. Hamkasblari, şogirdlari ham köp masalalarda Şuhrat bilan maslahatlaşişadi.
Şifokor Şuhrat Jumaniyozov har kuni önlab insonlarni qabul qilib, şirin muomalasi bilan ularning darddan foriğ bölişiga kömaklaşadi. Özi orzu qilganidek, har kuni “Otangga rahmat”, “Qölingiz dard körmasin”, “Umringizdan baraka toping” kabi duolar oladi. Biz ham el suygan şifokorga kasbingizdan kamol toping, deb qolamiz.
Norboy TÖRABOYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶