“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak” tamoyili – amalda
Inson manfaatlarini taʼminlaş uçun, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qiliş, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxşi biliş alohida ahamiyat kasb etadi. Sönggi yillarda mamlakatimizda aholi muammolarini joyiga borib örganişda hududlarda rahbarlar iştirokida taşkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumani Daryoböyi mahallasidagi 21-sonli musiqa maktabi binosida tuman hokimi Sobir Xöjametovning aholi murojaatlarini örganiş yuzasidan ötkazgan sayyor qabuli ham şu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Sayyor qabul jarayonida hokim örinbosarlari, bölimlar boşliqlari, korxona-taşkilotlar rahbarlari hududdagi Qipçoq ovul va şaharça, Daryoböyi, Beştom, Uyşin va Qumyop mahallalari hamda Çoyköl va Qangli ovularida yaşovçi aholi vakillari iştirok etdilar.
“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan tamoyil asosida taşkil etilgan sayyor qabulda aholi vakillaridan turli masalalar yuzasidan jami 20dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi.
Xususan, Çoyköl ovuli Gulboğ köçasida yaşovçi Bahrom Allamberganov qizining oliy öquv yurtida öqişni davom ettirişi uçun şartnoma pulini tölaşda amaliy yordam sörab, Ehtirom köçasida yaşovçi Sarvinoz Qurbanboyeva esa ikki nafar nogironligi bölgan ukalari uçun “Saxovat va kömak” jamğarmasidan moddiy yordam oliş masalasida murojaat qildilar.
Şuningdek, Uyşin mahallasida yaşovçi Malika Bozorboyeva uy-joyini taʼmirlaş uçun moddiy yordam ajratişda, Qangli ovulida istiqomat qiluvçi Salomat Abdullayeva uj-joy quriş uçun quriliş materiallari olişda, Daryoböyi mahallasida yaşovçi Zulxumor Jangaboyeva turmuş örtoği – II guruh nogironi Xayrulla Yuldaşevga “Saxovat va kömak” jamğarmasidan dori-darmon olişda amaliy yordam sörab murojaat qildilar.
Şuningdek, Beştom mahallasida yaşovçi Manzura Ahmedovaning parrandaçilik faoliyati bilan şuğullaniş uçun kredit mablaği ajratişda, Jaqsimurod Umrzaqovning “Saxovat va kömak” jamğarmasidan moddiy yordam olişda amaliy yordam körsatiş sörab qilgan murojaatlari ham qabul qilinib, ularni imkon qadar ijobiy hal qiliş uçun tegişli masʼullarga körsatmalar berildi.
Taʼkidlaş joizki, sayyor qabullar va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etiş, xalqning oğirini yengil qiliş, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlamoqda. Turli darajadagi davlat hokimiyati va boşqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini örganiş, ularga imkon qadar kömak beriş, mavjud muammolarga öz joyida yeçim topiş imkonini bermoqda.
Bugun mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga kötarildi. Barça davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan işlaş böyiça sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda ötayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eşitiş, ularning muammolarini hal etişda kutilgan natijalarni bermoqda.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yöllangan murojaatlardagi masalalarning aksariyati jarayonning özida ijobiy yeçimini topgan bölsa, muddat va qöşimça örganiş talab qiladigan murojaatlarni hal etiş yuzasidan tegişli taşkilotlar rahbarlariga zarur topşiriqlar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶