BIZNING YuRTIMIZDA YeTIM YÖQ
Aytişlariça, tölğoq azobiga doş berolmay hayotdan köz yumgan bir ayolning gödagini yangi tuqqan bir ayol asrab olibdi. Öz gödagiga bir emçagini, yetim gödakka bir emçagini emizib, uni ham öz bolasidan kam qilmay parvarişlabdi. Bolalarni ajratmayin, xudoning qahri kelmasin, degan öy bilan ayol avval yetim gödakni, keyin öz bolasini emizarkan.
Kunlar ötib, bolalar voyaga yetibdi. Ikkovi ham aqlli-xuşli yigitlar bölişibdi. Nogahon ona qattiq kasal bölib örnidan tura olmay yotib qolibdi. Şunda negadir öz bolasi unga köproq ğamxörlik qilar, onasini oyoqqa turğiziş uçun jonini uzib berguday bölarkan-u asrandi öğil unga nisbatan sal… kamroq kuyunarkan. Nihoyat ona paymonasi tölganini sezib öğillari bilan rozi-rizolik söraşibdi. Asrandi öğilga bölgan voqealarni aytib beribdi.
- Seni har gal öz öğlimdan avval emizdim. Ikkovingni aslo bir-biringdan kam körmadim. Biroq xudoga ayon haqiqatni aytmasam bölmaydi. Endi sen ham mendan rozi böl, öğlim, - debdi közlarida yoş bilan.
- Men buni sezardim, - debdi asrandi öğil boşini egib. - Lekin bu sirni özim söray olmasdim, özingiz aytmaganingizga doim iç-içimdan sizdan xafa bölib yurardim. Meni oq yuvib, tarab voyaga yetkazganingizga rahmat, bu xizmatlaringizni qaytara olmaganimdan afsusdaman.
- Qanday sezganding, Alloh şohid, seni öz öğlimdan kam körmaganman. Seni avval töydirib, keyin öz öğlimni qölimga olganman-ku? – hayratda qolibdi ona.
- Ha, onajon, kam körmadingiz, bergan oq sutingiz teng böldi, biroq orqamga bir qoqişingiz kam böldi. Öz öğlingizni emizib turib orqasidan qoqib erkalaşingizga doim havasim kelardi. Meni bunday qilmagansiz, - deb javob beribdi.
...Sahnada oppoq libosda, közlarida dolğali dunyoning javobsiz söroqlaridan hayratlanganiça oqquş parvoz qilmoqqa intiladi, qanotlari kuçsiz, köngli mehrga intiq. Qani öşa qalbini quvonçga töldirguvçi, unga mehri ila kuç-qudrat ato etguvçi, parvozga undaguvçi zot? Qani? Oqquş izladi, majolsiz qanotlarini bazör silkita-silkita ğamgin musiqa sadolari ostida közlari intizor bölib izladi. Va atrofida öziga mehr-muhabbat bilan tikilib turgan yuzlab nigohlarga qaradi. Har birida «kel, bağrimga» deganday, «sen uçun jonim nisor» deganday söngsiz mehr jilvalanadi. Bu mehr tafti oqquşga nainki kuç, göyoki jon ato etdi. Möljalni yuksak olib emin-erkin kökka parvoz etdi.
Bu mamlakatimiz poytaxti Toşkentdagi 23-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisi Dilbar Abdurahmonovaning «Sen yolğiz emassan» bolalar xayriya jamğarmasining taşkil etilganiga 10-yil tölişi munosabati bilan ötkazilgan tantanada ijro etgan raqsi. Qizaloqning nozik qomati, oqquş qanoti timsolidagi qöllarining har bir harakati, nigohlaridagi çuqur maʼno heç bir tomoşabinni befarq qoldirmagan, toş yuraklarni ham eritib yuborgan bölsa ajab emas Özbekiston telekanali orqali namoyiş etilgan mazkur tadbirni körgan har bir odam ehtimol, men kabi şunday xayolga borgandir? Tajribali jarroh Feruz Nazirov sakkiz soat davom etgan yurak operatsiyasi tufayli qizaloqning hayotini saqlab qolgan ekan. Voajab? Jimitdaygina vujud sakkiz soatlik operatsiyani kötarguday qudratni qayerdan oldiykan? Şifokorning sabr-toqati, matonatiga, bir mitti vujudga jon ato etişdagi fidoyiligiga hammamiz boş egsak arzimaydimi? Qizaloqning raqsini közlarida yoş bilan tomoşa qilib ötirganida şifokorning könglidan nimalar keçdi ekan? Mehnati samarasiga şukronami? Yo qizaloqqa şunday yozuq bitgan taqdirga afsusmi?
Bilmadim, bilolmadim! Biroq şu narsa ayonki, bizning mamlakatimizda qarovsiz, yolğiz bola yöq, ota-onasiz qolgan bolalarni ham, hatto ota-onasi öz bolasidan tonganida ham tonmaydigan, issiq bağriga olib heç kamçiliksiz voyaga yetkazib, mustaqil hayotga uçirma qiladigan ona Vatani bor.
Tadbirdan tayyorlangan körsatuvda ijro etilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari iştirokidagi har bir raqs, qöşiq odamni befarq qoldirmaydi. Ayniqsa nogiron, quloqlari eşitmaydigan bolalarning 101-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari iştirokidagi raqsni körib hayratlanmaslik mumkin emas. Voajab? Ular musiqa ohangiga şunçalar mos harakatlar qilar ediki, musiqani quloqlari eşitmasa-da, yurak-yurakdan his qilayotgandir, deb öylaydi odam. «Biz yetim emasmiz, biz yolğiz emasmiz», - deya kuylaşadi ular. Özlariga iqtidorini namoyiş qilişlari uçun köpgina imkoniyatlar yaratayotgan jamğarmaga minnatdorçilik izhor etişadi.
Közlarimda yoş bilan kontsertni tomoşa qilar ekanman, könglimda javobsiz savollar köp: ularni dunyoga keltirgan zotlar qayerda ekan? Agar tirik bölsa, yurtimiz, yurtdoşlarimiz ğamxörligida emin-erkin ulğayayotgan bu kiçkintoylarning könglidagi ota-ona kemtikligini nega payqaşmaydi? Töğri, ular moddiy tanqislikni sezişmas, tarbiyaçilar ularni bir lahza mehridan ayirişmas, biroq dunyoda ota-ona örnini heç bir narsa bosolmaydi-ku!
Tadbirda sözga çiqqan Xorazm viloyati «Mehribonlik uyi» mudirasi (ism-şarifini eslab qololmadim) «Bizning bolalarimiz heç kimdan kam emas, men işonaman, bugungi tarbiyamizdagi bolalar vaqtlar kelib ajoyib insonlar bölib yetişadi, yurtimizga munosib xizmatlar qiladigan yetuk mutaxassislar bölib yetişadi. Hayot buni isbotlamoqda», - dedi.
Şöx-şodon raqs tuşib, qöşiq aytayotgan bolalarga qarab bu sözlarga işonging keladi odamning. Ha, bizning yurtimizda yetim yöq, yolğiz yöq. Ular yurtimizning, yurtdoşlarimizning mehri otaşida voyaga yetişayapti. Bu mehr ularning hayot yölini doimo yoritib turadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶