16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:11
Jamiyat 👁 384

Amudaryo tumani hokimligi tomonidan yetim bolalarga yangi uy-joylar topshirildi

Amudaryo tumani hokimligi tomonidan yetim bolalarga yangi uy-joylar topshirildi

Mamlakatimizda davlat tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni turar joylar bilan taʼminlash, katta hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgust kungi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ana shunday yoshlarning huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda. Ushbu Qarorga muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligi va masʼul tashkilotlar hamkorligida yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning yana bir guruhiga yangi uy-joylar xarid qilindi.

Shu munosabat bilan Amudaryo tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda mazkur xonadonlarning kalitlari va hujjatlari oʻz egalariga tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

“Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Gʻulomjon Duysenbayev va boshqalar yoshlarni yangi xonadon bilan tabriklab, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. Shubhasiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga berilayotgan bu kabi eʼtibor mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarning amaliy ifodasi boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tarkibidagi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan 2024-yilning 8 oyi davomida yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 7 nafar bolaning har biriga mahalliy byudjet hisobidan uy-joylar xarid qilindi. Xonadonlar ularning nomlariga rasmiylashtirilib, barcha zarur jihozlar bilan taʼminlandi.

Yuqorida taʼkidlangan Prezident Qaroriga koʻra, oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan yoki turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar, shuningdek, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali xonadonlar bilan taʼminlanishi belgilangan.

Agar voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan boʻlsa, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar yoki mazkur kvartiralar narxidan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi turar joy, yaʼni hovli uylar ajratilishi koʻrsatilgan.

Darhaqiqat, dunyoda har kim oʻzining shaxsiy uy-joyi boʻlishini xohlaydi. Bu yoshlar ham vatan ichra kichik vatanga ega boʻlish orzusi bilan yashagan boʻlsa, ajab emas. Davlat rahbarining otalarcha gʻamxoʻrligi sabab ularning ezgu niyatlari amalga oshdi. Xonadon sohiblarining qalbidan minnatdorlik va shukronalik tuygʻulari, koʻzlaridan quvonch yoshlari arimaydi.

Davlatimiz tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga xalqimizga xos bagʻrikenglik bilan qator imkoniyatlar taqdim qilinmoqda. Albatta, bu yoshlar ushbu yaxshiliklarni hech qachon unutishmaydi. Endilikda ular bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yoʻlida yanada fidoyilik bilan xizmat qilishlariga ishonamiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026