Xitoyliklar delegatsiyasi tumanimiz tadbirkorlari bilan uçraşdi
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş faoliyati samaradorligini oşiriş, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati töğrisida xabardor qiliş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va özlaştiriş sohasida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Çet el investitsiyalarini jalb qiliş – Özbekistonning barqaror iqtisodiy ösişi uçun muhim omil hisoblanadi.
Joriy yilning 24-mart sanasida Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xitoy davlatidan kelgan işbilarmon doiralar vakillari amudaryolik tadbirkorlar bilan uçraşuvi taşkil etildi. Uçraşuvda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, bölimlar boşliqlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçilari hamda taşabbuskor tadbirkorlar iştirok etdilar.
Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, uçraşuvning asosiy maqsadi va xitoylik işbilarmonlar bilan hamkorlik tumanimiz iqtisodiy ösişidagi ahamiyati xususida söz yuritdi.
Maʼlumotlarda keltirilişiça, Xitoy investitsiyalarining asosiy qismi sanoat, texnologiya va energetika sohalariga yönaltirilgan. Hamkorlik nafaqat investitsiyalarni jalb qiliş, balki yangi texnologiyalar va iş örinlari yaratişga ham xizmat qiladi. Oxirgi uç yilda Xitoy investitsiyalarining 62 foizi sanoatga, 11 foizi yoqilği-energetika sektoriga, 4 foizi qişloq xöjaligiga, qolgan qismi esa boşqa sohalarga taqsimlangan.
Xitoyliklar tomonidan yurtimizda energetika sohasida muqobil manbalarga investitsiyalar kiritilmoqda. Özbekiston qayta tiklanuvçi energetikani faol rivojlantirmoqda. Xitoy quyoş va şamol elektr uskunalari işlab çiqarişda dunyo yetakçisi hisoblanadi. Özbekistonda 9 mlrd dollar qiymatidagi 20 dan ortiq energetika loyihalari Xitoy kompaniyalari iştirokida amalga oşirilmoqda va ularda asosan mahalliy mutaxassislar işlamoqda.
Uçraşuvda Xitoylik delegatsiya aʼzolari tumanimiz tadbirkorlari bilan yangi aloqalar va hamkorlik örnatiş, yangi qöşma loyihalar va savdo şartnomalarini amalga oşiriş maqsadida tumanimizga taşrif buyurişgani xususida söz yuritildi. Unda hokim yordamçilari va tadbirkorlar özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Mazkur uçraşuv amudaryolik tadbirkorlarning taşabbuslarini, loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun investor, işlab çiqarayotgan mahsulotlariga xaridor topişda hamda Xitoy davlatidan töğridan-töğri asbob-uskuna olib keliş borasidagi masalalarini ijobiy hal etişda muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶