12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:01
Adabiyot 👁 3,580

MEVALI DARAXTGA MEHR BERGAN BOĞBON

MEVALI DARAXTGA MEHR BERGAN BOĞBON

(«Amudaryolik ziyokorlar» kitobini öqib)

 

Quvonçli lahzalar

Qarindoşimnikida töyda edim. Davrada ötirgan bir ayol: «Siz Hayitgul opamisiz?» - deb söradi.

- Ha, siz öqituvçimisiz? – deya söradim.

- Men iqtisodçiman. Hoji otaning kitobi çiqibdi. Unda mening qaynotamning ham, sizning ham rasmlaringiz bor ekan, – dedi.

Bu ayol Örozboy Husainovning kelini ekan…

Nevaram bilan bozorga boriş uçun taksiga çiqdim. Haydovçi yigit salom berib söradi:

- Hayitgul opa, Hoji otaning kitobi çiqibdi, unda siz ham bor ekansiz, öqidingizmi?

Hali kitobni qölimga olmasdan turib bir faxr hissini tuydim: Odamlar kitob öqimay qöydi, deymiz. Yöq, odamlar kitob öqiydi. Faqat öqişga arziydigan yaxşi kitob bölsa öqiydi, odamlar…

Men işlagan maktab

Men Universitetni bitirib 30-son maktabga işga kelganman. Va şu dargohdan pensiyaga çiqqanman. Şu maktabda, şunday kasbdoşlar bilan işlaganimga ming marta şukronalar aytaman. 30-maktabda işlagan kasbdoş ayollar yiğilişib turamiz. Bu galgi ötirişimizga Gözal Mahmudova kitob kötarib keldi.

- Mana, qaranglar, Hoji oğaning kitobi, bizning maktabdan köp öqituvçilar bor, Sizlar ham, mening otam ham bor.

Gözal Zarif Mahmudovning qizi, 30-son maktabda öqigan, hozir şu maktabda öqituvçi bölib işlaydi. Haqiqatan ham davradoşlarning yoki özlari yoki ota-onasi, yaqin qarindoşi bor edi bu kitobda…

Rus maktabi direktori Anvar Gimranoviç Xamzinni köpçilik biladi. Çunki 30-maktabni «Xamzinning maktabi» deyişardi. Mening maktabga kelib ilk uçratgan ustozim, birinçi direktorim. Uning katta kelini Xamzina Olga Fyodorovna şu yerda, 30-son maktabda rus tili öqituvçisi bölib işladi. Hozir pensiyada.

Kuznetsova Valentina Petrovna esa Xamzindan keyingi direktorimiz, davramiz onaxoni, sirdoşimiz, hamma muammolarimizni u kişiga kelib aytardik, bizni koyib-yupatib yölga solardi.

Fayzullayeva Gulbaro – xalq taʼlimi bölimi mudiri, keyinçalik maktabimiz direktori.

- Mening ham otam, ham onam bor ekan bu kitobda – quvonib deydi Xurşida Matçonova.

U Sobir Matçonov va Gavhar Hamidovaning qizi, 3-sonli Amudaryo akademik litseyi öqituvçisi. Kitobdagi Liliya Sadzarovaning qizi Galina Qurbonova esa 30-son maktabda öqigan. U 83-maktab boğça direktori lavozimida köp yil işladi.

Biz birimiz olib, birimiz qöyib kitob varaqlaymiz va 30-sonli maktab öqituvçilarining köpçiligini uçratamiz. Rahim Madiyorov, Rahim Dösbekov, Kamol Soatov, Erkin Abduşaripov…

ONAMNING USTOZI – MENING HAM USTOZIM

Men Qipçoq qişloğidagi 11-son maktabda öqiganman. Kitobni varaqlar ekanman, bizni öqitgan muallimlarimiz haqidagi lavhalarni öqib yana öquvçilik davrimga qaytganday böldim.

«Dono ustozdan aʼlo şogirdlar çiqadi». Bu ona tili va adabiyot fani öqituvçimiz Örozboy Iskandarovga berilgan baho. U nafaqat meni, balki mening onamni ham öqitganlar. Onam rahmatlining hikoya qilişiça, Örozboy muallim uruşga ketayotganida butun maktab öquvçilari daryo böyida, ketayotgan paraxod izidan yiğlab qolişgan ekan...

ONAMNING SINFDOŞLARI – MENING USTOZLARIM   

Kitobni bir olam quvonç, taʼriflab bölmas bir hayajon bilan öqişda davom qilaman. Mana, yana mening ustozlarim, onam rahmatlining sinfdoşlari.

Maktabda öqigan paytlarim onam bir gapni köp aytardilar:

«Maktabda seni mening sinfdoşlarim öqitişadi, mening yuzimni yerga qaratma!» Onamning ustozlarga bölgan hurmat-ehtiromi bizga bolaligimizdan meros bölib qoldi.

«Yurt oğasi» taʼrifi – Aytjon Musayevga berilgan baho.  «Qatʼiyatli inson»  esa -  maktabimiz direktori Nurim oğa Jumaniyozovga. Yetuklik attestatini u kişining qölidan olganmiz. Qattiqqöl rahbar bölgani uçun undan hayiqib tursakda u kişini juda yaxşi körardik. Nurim oğa hayot çoğlarida sinfdoşlarimizning har galgi uçraşuviga kelib, aziz mehmonimiz bölardilar.

«Yaxşi niyat - yarim davlat» - bu Abduraim Matkarimov haqidagi lavha. Ötgan yili sinfdoşlarimizning 45 yillik uçraşuviga turmuş örtoği Maryam opa bilan keldilar. Hassaga tayanib, keksayib qolgan ustozimiz har birimiz bilan quçoqlaşib körişarkan, közlarida quvonç yoşlari qalqidi.

MEN ŞU USTOZLAR QÖLIDA ÖQIGANMAN

Kitobni yana öqişda davom etaman va könglim ajib bir ğururga töladi. Yana biz taʼlim olgan ustozlar: Jalğaş Madiyorov, Jumaboy Xolmurodov, Boltaboy Qöşayev, Davlatboy Xöjametov, Öğiljon Boboniyozova, Koşeva Zinaida Tagirovna, Yöldoş Eşmurodov, jangçi-pedagog Yangiboy Qurbonboyev – bular hammasi mening ustozlarim, ozmi-köpmi bizga mehnati singgan muallimlar.

Mana, Qozoq Yusupov… Bu öqituvçimni eslasam, xayolim olis abituriyentlik davrimga ketadi. U paytlari qay bir oliy öquv yurtiga kirmoqçi bölsangiz ona tili va adabiyot fanidan yozma imtihon - inşo yoziş şart edi. Men ham ToşDU (hozirgi Milliy Universitet)da inşo yozganman. Hozirgidek esimda, erkin mavzuni tanladim. Oybek domlaning «Qutluğ qon» romanidagi Gulnor - men sevgan qahramon». Inşoni topşirayotganimda imtihon oluvçi domla:

- Seni Yusupov Qozoq aka öqitdimi? - deb söradi.

Men, qişloqdan kelgan yoş qiz şunday nufuzli dargohda öqituvçimni söraşganidan esankirab qolgan bölsam kerak, zörğa «ha» dedim. Keyin bilsam bu domla taniqli adabiyotşunos olim Norboy Xudoyberganov ekan.

Men  inşodan  «beş» baho  oldim. Şunda Norboy Xudoyberganov: «Amudaryo – mening yurtim, zabardast öqituvçilar bor» degan edilar. Men 11-son maktabda öqiganimdan, 30-son maktabda işlaganimdan va öqituvçilik kasbini tanlaganimdan hamma vaqt faxrlanib yuraman va Allohga beadad şukronalar aytaman.

Kitobda tuman hokimi Rajabboy Yöldoşev öqituvçilar haqida juda samimiy fikrlar bildirgan. Aslida tumanimiz rahbari faqat kitobda emas, hayotda ham öqituvçilarni  ğoyat hurmat qilib,  qadrlaşini u kişining taʼlim sohasiga bölgan eʼtiboridan yaxşi bilaman.

Kitobni öqir ekanman, muallifning «Xotima» bobida yozgan bir iborasi eʼtiborimni tortdi.

«Ehtimol, kimgadir mubolağa, kimgadir maqtaniş bölib tuyular. Lekin qölingizdagi asarning yaratilişi men uçun butun umrim davomida qilgan mehnatlarim, izlanişlarim va kuzatişlarimning amaliy ijobati böldi». Öyga toldim: Bu mubolağa emas, bu maqtaniş ham emas. Bu ustozlarni qadrlay biliş, bu iftixor tuyğusi! Men Qodirbergan hoji Jumamurodovni yaxşi taniyman. Dangal gapiradigan mard inson. Ustozlarni ardoqlab, ötganlarni xotirlab, hayot ekanlarini çeksiz quvontirib, şunday kitob yozib, özining aytişiça «savob iş» qilgan Hoji oğadan qançadan-qança odamlar minnatdor bölişdi. Birovning işiga baho berişda turli fikrlar bölişi tabiiy hol. Şunday vaqtda «mevali daraxtga toş otiladi» deb özimizga taskin beramiz. Mevali daraxtga kim toş otadi, bilasizmi? Umrida bir tup daraxt ekmagan, özining qölidan biror iş kelmasa ham qildan qiyiq axtaradigan maʼnaviyatsiz kimsalar mevali daraxtga toş otişadi. Daraxt östiriş maşaqqatini çekkan, mevasidan odamlar bahramand bölsin, deguvçilar aslo toş otişmaydi. Qaytaga şu daraxtni parvarişlab, unga mehr berişadi, mevalaridan odamlarga ulaşib, ular bilan birga zavq olişadi.

Men bu kitobni mevali daraxtga öxşatdim. Tomirlari – ötmişimiz, keçagi kunimizni qadrlab, bugungi baxtiyor zamonamizga tamal toşlarini qöygan aziz ustozlar yodi. Gurkirab ösayotgan şoxlari Hoji oğa ehtirom bilan taʼriflagan zamondoşlarimiz. Daraxtni parvarişlab, mehr bergan, hosilini yurtga tutgan boğbon kabi «Amudaryolik ziyokorlar» kitobi muallifi Qodirbergan hoji Jumamurodovga barça ustozlarim, kasbdoşlarim nomidan çuqur taʼzim bilan minnatdorçilik bildiraman.


Hayitgul YÖLDOŞEVA,

Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi, faxriy ustoz.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026