Geografik ob’yektlarni nomlash ishlari olib borilmoqda
Barchamizga ma’lumki, toponimik ob’yektlarni tartibga solish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida amalga oshiriladi. Amudaryo tumanida ko‘chalarga nom berishda mazkur Qonun talablariga qat’iy amal qilinishi ta’minlanmoqda.
Aytish joizki, tumandagi ko’chalarni nomlash va qayta nomlash ishlari geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Amudaryo tuman komissiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatlar asosida Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilingan. Muhokamalarda tumandagi 2216 ta ko‘cha, 270 ta berk ko‘cha, 3 ta tor ko‘cha hamda 9 ta shoh ko‘chalar nomlari ko‘rib chiqilgan. Ayni paytda mavjud ko‘chalar nomlarini Davlat reestriga kiritish yo‘nalishida Respublika toponimika xizmati ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib borilib, ularni davlat reestriga kiritish ishlari o‘z nihoyasiga yetkazildi.
Hozirda tumanimizdagi barcha ovul va mahallalar hududlarida aholi turar joylari va noturar binolarga ko‘cha nomlari hamda raqamlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarni samarali tarzda amalga oshirishda “Uy-jay nomerlestiriw orayı” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritmoqdalar.
Ashirboy Qo‘shayev,
tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini
ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶