Prezident arçasi (fotolavhalar)
2013 yil 29 dekbr kuni Amudaryo tumani hokimligi binosi oldida "Prezident arçasi” tadbiri bölib ötdi. Tadbirda Amudaryo tumani hokimi Rajabboy Yöldoşev, Nukus Davlat Pedagogika Instituti rektori B. Prenov, tuman prokurori, tuman Içki işlar bölimi boşliği va boşqada bir qator mehmonlar iştirok etişdi.
Tadbirni tuman hokimi Rajabboy Yöldoşev kiriş sözi bilan oçdi. Undan keyin bayram iştirokçilarini Nukus Davlat Pedagogika Instituti rektori B.Prenov tabrikladi. Bayram tadbirida Amudaryo tumani mahallalarida istiqomat qilayotgan 3-15 yoşdagi 59 nafar yetim bolalar, 3 nafar Vatanimiz sarhadlarini himoya qiliş vaqtida halok bölgan harbiy xizmatçilar farzandlariga Prezident sovğalari tantanali ravişda topşirildi.
Bayramda tuman taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari işirokoda tuzilgan konsert dasturi namoyiş qilindi.
Tumanimizda yangi yil tadbirlari davom etmoqda.






Siz suratda körib turgan jajji qizçaning ismi Yodgora. Onasi uni tuğiş jarayonida vafot etgan. Hozir u bobosining qölida tarbiya olmoqda. Yodgora endi uç yoşga töladi. U ona, ona suti nima ekanligini bilmay ösmoqda. Lekin bizning Özbekistonda bolaning begonasi bölmaydi.
YODGORA!
Sen yetim emassan,
Tinçlan, jigarim.
Quyoşday mehribon
Vataning onang
Zaminday vazminu
Mehnatkaş, muşviq,
Istagan narsangni tayyorlaguvçi
Xalq bor – otang bor!
(Ğafur Ğulom)
R.Matqurbonov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶