Saylov kampaniyasidagi muhim jarayonlardan biri — imzo töplaş jarayoni uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda
Maʼlumki, joriy yil 27-oktyabrda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlarga deputatlar saylovi bölib ötadi. Boş Qomusimiz va Saylov Kodeksida belgilangan muddatlar va qonun talablaridan kelib çiqib, 26-iyuldan eʼtiboran Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qonunçilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengaşlar deputatlari saylovi böyiça saylov kampaniyasiga start berildi.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, bu yilgi saylovlar avvalgi yillardagidan farqli ravişda amalga oşiriladi. Yaʼni, Saylov Kodeksida belgilangan tartib-qoidalarga köra, Qonunçilik palatasi deputatlar saylovi aralaş saylov tizimi asosida ötkaziladi. Unga köra, Qonunçilik palatasi deputatlarining yarmi ayni paytdagi mavjud tartib böyiça saylansa, qolgan yarmi siyosiy partiyalarning röyxatlari asosida saylanadi. Yaʼni, saylovçilar 75ta örin böyiça aniq bir nomzodni tanlab saylasalar, qolgan 75tasi böyiça siyosiy partiyaga ovoz beradi.
Ayni kunlarda mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim mavqega ega bölgan beşta siyosiy partiya – Özbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiyalarining saylovda iştirok etişini qöllab-quvvatlovçi saylovçilar imzosini töplaş jarayoni ötkazilmoqda. Mazkur siyosiy tadbir Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvçi siyosiy partiyalar tomonidan ham yuksak saviyada taşkil qilinmoqda.
Joriy yilning 5-avgust sanasida Amudaryo tumanida ötkazilgan Özbekiston Xalq demokratik partiyasini qöllab-quvvatlaşga bağişlangan tadbir ham iştirokçilarga kötarinki kayfiyat va bayramona ruh bağişladi. Unda partiya xayrixohlari şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar bilan kelişib, imzo varaqalariga qöyilgan şaxsiy imzolari orqali Özbekiston Xalq demokratik partiyasini qöllab- quvvatlaşga rozi ekanliklarini bildirdilar.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, imzo yiğiş jarayoni Saylov qonunçiligiga binoan ötkazilayotgani fuqarolarning öz xohiş-irodalarini emin-erkin ifodalaş imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu fikrlarimiz tadbir davomida fuqarolar bilan partiya masʼullarining samimiy va oşkora muloqot tarzidagi davra suhbatida ham öz tasdiğini topdi.
Partiya masʼullari tomonidan joriy yilda bölib ötadigan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlarga deputatlar saylovining avvalgi yillardagi saylovlardan farqli jihatlari hamda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi ğoyalari, şuningdek, bölajak siyosiy jarayonning mazmun-mohiyati xususida fuqarolarga zarur tuşunçalar berildi.
Taʼkidlanganidek, partiyaning maqsadi – davlat hokimiyatining vakillik organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilişdan iboratdir.
Partiya, uşbu insonlarning manfaatlaridan kelib çiqib, vakillik demokratiyasi mexanizmlari vositasida qonunlarni qabul qiliş, davlat hokimiyati ijroiya organlarini şakllantiriş va ular tomonidan taraqqiyotning ustuvor yönalişlari hamda tegişli vazifalarni amalga oşiriş yöllarini belgilaşda amaliy taʼsir körsatiş imkoniyatiga ega bölişni közda tutadi.
Tadbir davomida partiya elektorati vakillari masʼullarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişli javoblar oldilar.
R. Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶