Yoz mavsumida kuzatiladigan yuqumli kasalliklarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda
Soha xodimlariga yaxşi maʼlumki, mart oyidan boşlab oktyabr oyigaça bölgan davr kanalarning rivojlanişi uçun juda qulay mavsum hisoblanadi. Şu sababli Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini oliş maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomidan aholi orasida tarğibot-taşviqot işlari kuçaytirilmoqda.
Bu kasallik ötmişda qora halak, qöra ölim deb nomlangan bölib, kanalar çaqişi yoki kanani teriş va ezib öldiriş, şuningdek, qöy-eçkilarning junini qirqiş vaqtida odamlarga yuqadi. Bemorlar öz vaqtida şifokorga murojaat qilmasa, ahvoli oğirlaşib, ayrim holatlarda ölim bilan tugaşi mumkin.
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligini yuqtirib olmaslik uçun çorvaçilik bilan şuğullanuvçi fuqarolar belgilangan sanitariya qoidalariga amal qilgan holda xonadonlarda boqilayotgan çorva mollarida kanalar bor-yoqligini tekşirib turişlari şart.
Bundan taşqari, yoz kunlarida aholi, ayniqsa yoşlar orasida salqin içimliklar va muzqaymoqlarning sevib istemol qilinişi oqibatida, ötkir yuqumli içak kasalliklari, ovqatdan zaharlaniş hamda yuqumli bölmagan boşqa kasalliklar ham kelib çiqişi mumkin.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan salqin içimliklar, muzqaymoqlar şuningdek issiq kunlarda sifati tez buziluvçi oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanişning oldini oliş maqsadida aholi gavjum joylar, jumladan, kafelarda, bozorlarda va jamoat joylarida profilaktik tadbirlar ötkazilyapti. Şuningdek, turğun savdo şohobçalari tomonidan sotuvga çiqarilayotgan salqin içimliklar va muzqaymoqlarning kimyoviy va bakteriologik tarkibini aniqlaş maqsadida bölim laboratoriyasiga namunalar olinib, tegişli tartibda tekşirilmoqda.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, tuğun savdo şahobçalaridagi salqin içimliklar va muzqaymoqlar inson salomatligiga salbiy taʼsir körsatmasligi uçun bir qator belgilangan talablarga javob berişi zarur. Xususan, savdoga çiqarilgan salqin içimliklar va muzqaymoqlarning sifati va xavfsizligini kafolatlovçi hujjati bölişi kerak. Şuningdek, salqin içimlik solingan katta hajmdagi idişlar meʼyoriy talab böyiça oziq-ovqat mahsulotlariga möljallangan, xavsizligi kafolatlangan bölişi lozim. Bundan taşqari, katta hajmdagi idişlarda sotilayotgan salqin içimliklar va muzqaymoqlar bir marotaba işlatiladigan idişlarda quyib berilişi va işlatilgandan söng idişlar yaroqsiz holatga keltirilib, maxsus konteynerda yiğilişi belgilangan. Sotuvçilar esa Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği asosida davriy tibbiy körikdan ötişi va maxsus iş kiyimiga ega bölişi hamda şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etişi zarur.
Aziz isteʼmolçilar! Sizdan şuni iltimos qilib sörab qolamizki, yozning issiq kunlarida quyoş nuri tik tuşadigan va oçiq şaroitda saqlangan, polietilen idişlarda qadoqlangan salqin içimliklar, fuqarolar tomonidan nomaʼlum şaroitda tayyorlanib, sanitariya-gigena talablariga javob bermaydigan idişlarga solingan turli çanqoqbosdi içimliklar va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilişdan saqlaning. Çunki bunday içimlik hamda oziq-ovqat mahsulotlari öz sifat va xavfsizligini yöqotgan hisoblanadi.
D.Babajanov, D.Baltabayeva, Amudaryo tumani SEO va JSB oliy toifali şifokorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶