PROFILAKTIK EMLAŞ - YuQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLIŞDA MUHIM AHAMIYaTGA EGA
Yuqumli kasalliklar inson salomatligini xavf ostida qoldirib, jiddiy ziyon yetkazadi va köplab asoratlar qoldiradi. Bunday kasalliklar, ayniqsa, bolalarda juda oğir keçadi va ayrim hollarda nogiron bölişlarigaça olib keladi.
Zamonaviy tibbiyotda yuqumli kasalliklarga çalinişning oldini olişda yagona vosita bu vaktsinatsiya hisoblanadi. Sönggi paytlarda amalga oşirilayotgan profilaktik emlaş işlari natijasida bolalar örtasida qizamiq, poliomelit, çeçak, qizilça kabi qator kasalliklarga uçraş holati deyarli tugatildi.
Bolalarning mayib-majruh bölib qolişiga sababçi böladigan poliomelit kasalligi ötkir yuqumli xastaliklardan biridir. Uşbu kasallikda markaziy asab tizimi jiddiy zararlanadi va falajlikka olib keladi. Unga qarşi vaktsina yaratilguniga qadar, köplab bolalar xastalikdan aziyat çekişgan. Vaktsinatsiya işlari amalga oşirilganidan söng, yurtimizda kasallik deyarli tugatilgan. Gepatitning V turi ham xavfli yuqumli kasalliklardan bölib, asoratidan jigar tsirrozi, gepatohujayraviy kartsinoma kelib çiqadi. Soğliqni saqlaş tizimida 2002-yilda uşbu kasallikka qarşi gödaklarni vaktsinatsiya qiliş kiritilganidan keyin kasallik keskin kamaydi.
Şuningdek, qizamiq va qizilça kasalliklari ham yuqumli xastaliklardan biri bölib, emlaş böyiça Milliy dasturga köra çaqaloqlarda unga qarşi vaktsinatsiya işlari yölga qöyilgan. Buning natijasida sönggi yillarda uşbu kasalliklarga çaliniş holati deyarli qayd qilinmagan.
Aholi örtasida ötkir yuqumli kasalliklardan pnevmokokk, epidemik parotit, retrovirus kabilarga qarşi vaktsinatsiyalar keng qöllanilayotgani natijasida uşbu xastaliklarning keskin kamayişiga erişildi. Bu esa yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşişda profilaktik emlaşning muhim ahamiyatga ega ekanligini körsatadi.
Tumanimizda ham har yili 5000 ga yaqin çaqaloqlar dunyoga keladi, ularning har biri Milliy emlaş jadvali asosida epidemiologik körsatma böyiça yuqumli kasalliklarga qarşi bepul emlaş bilan qamrab olingan va bosqiçma-bosqiç vaktsinatsiya qiliş yölga qöyilgan.
Biz hamşiralar özimizga biriktirilgan hududlarda aholi örtasida salomatlikni asraşda emlaş, yaʼni yuqumli kasalliklarga qarşi vaktsinatsiyalaşning ahamiyati haqida keng turdagi tuşuntiriş işlarini olib bormoqdamiz. Şuningdek, yoş onalarga gödak farzandlarini bosqiçma-bosqiç emlatib boriş zarurligini, bunga befarq bölmaslik kerakligini doimiy ravişda eslatib, tuşuntirmoqdamiz. Emlaşdan keyingi holatlarni esa masʼuliyatni unutmagan holda kuzatib, holatga köra tibbiy yordamlar körsatib kelmoqdamiz.
Sanobar Ahmedova, tuman TTB tuğruq bölimi hamşirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶