16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:25
Adabiyot 👁 298

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Tarixiy daqiqa

Jayhun sokin, biroq, biladi barcha,

Junbushda barsdek yovvoyi, asov.

Daryoning u yoni, bu yonigacha

Oʻzi yoʻl bermasa, ming yillik masof.

Dunyolar ichida oʻzi dunyo bu,

Vohaga hayotbaxsh ona Daryo bu!

 

Anglab har umrning chin mohiyatin,

Yurtim, Yurtboshimni tanir dunyolar.

Iroda, shijoat, salohiyatin

Olqishlab, har qadam, aylab duolar.

YaNGI Oʻzbekiston ahli oʻtajak,

Bu koʻprik ming yillar xizmat etajak!

 

Xalqimning ming yillik orzusi bitdi,

Koʻprikdan mahobat, daryoda dolgʻa.

Yurtboshim «oyoqbov» kesib, lutf etdi:

«Qani, Lokomotiv, Avtolar,olgʻa!»

Afsona, ertakmas, chin haqiqat bu!

Ming yilga tatirlik bir daqiqa bu!

Tursunboy Abdullayev.

 

Ushalgan orzu

Ravon yoʻl hamisha buyuk orzudir,

Bugun oʻsha orzu ushalgan ayyom.

Toshkentdan taralgan temir yoʻl bugun,

Tumanimiz uzra etmoqda davom.

 

Porloq istiqboldan berib bir darak,

Koʻprik tutashtirdi ikki qirgʻoqni.

Oldin ham Xorazm edi mushtarak,

Yana yaqin qildi Qoraqalpoqni.

 

Haqiqiy bahosin ushbu koʻprikning,

Oʻtish azobini koʻrganlar bilar.

Necha avlod oʻtdi bu kunga yetmay,

Biz ham kutdik buni koʻp uzoq yillar.

 

Xislat koʻpdir asli hamjihatlikda,

Yakdil boʻlsak, koʻp-koʻp dovon osharmiz.

Shukur, deb farovon hayotimizga,

Hayot neʼmatlarin totib yasharmiz.

 

Haqiqiy egasi boʻlar yosh avlod,

Biz yaratgan ushbu bogʻ-u boʻstonning.

Yaratuvchisimiz axir hammamiz,

Yashnayotgan Yangi Oʻzbekistonning.

A.Nafasov.

 

Bahorni sogʻinib

Bahorni sogʻinib yashaydi kim?

Bormikan yo ajib mehrigiyosi.

Yasharish, uygʻonish, yangilanish bu,

Barcha fasllarning yoʻqdir qiyosi.

 

Boychechak uygʻonar, qir-adirlarda,

Lola-yu, chuchmoma koʻtaradi bosh.

Osmonda bulutlar galasi bir yon,

Pisanda qilmayin charaqlar quyosh.

 

Jajji bolajonlar xandon kulgusi,

Titratar zaminni, osuda osmon.

Gullardan-gullarga qoʻnib bulbullar

Basma-bas sayrashar, kuylashar shodon.

 

Oshiqlar fasli bu, asli navbahor,

Muhabbat uygʻonar, bahorda azal.

Shoir ilhom  olib goʻzal fasldan

Joʻsh urib yozadi, yangi sheʼr-gʻazal.

 

Bahorni sogʻinib yashamaydi kim,

Hammaga suyukli bu fasli bahor.

Intizor qilmayin qishni kuzatib,

Har gal kelaverar, takror va takror.

Sh.Xoʻjanov, Doʻrman qishlogʻi.

 

Koʻnglim bahori

Hijron qiynogʻidan xayolim mahzun,

Seni sogʻinganda umrim bahori.

Qalbimga bahorday gurkirab kelgin,

Vujudim yondirdi koʻnglim izhori.

 

Sogʻinchim azoblar har kuni tinmay,

Axir, seni sevsam, aytgin, ne qilay?

Yuragimdan qochib qaylarga boray,

Kelaqol, azizam, koʻnglim bahori.

 

Holingni bilolmay koʻngil qiynaydi,

Nomingni takrorlab yurak toʻymaydi,

Til-u dil birlashib seni oʻylaydi,

Kelsang-chi, bir bora, qalbim bahori.

 

Sen kelsang, ochilar yoʻlimda gullar,

Seni deb sochilar falakdan nurlar.

Xayolda faqat sen to tongga qadar,

Kulgularing goʻzal, umrim bahori.

Asadbek Otajonov, QDU talabasi.

 

ONAJONIM

Bagʻri keng onajonim,

Sizga ming bora taʼzim.

Mehr berib mehribonim,

Qadringga qilgum taʼzim.

Onasi bor insonlarga,

Ӽavas bilan qarayman.

Ming shukur, taqdirimga,

Sizdek ona boʻldim men.

Ӽayol sursam, kun-tunimda,

Menga hamroh boʻlasiz.

Koʻzlarimni yumganimda,

Quchogʻimga toʻlasiz.

Oʻzim ona boʻlsam ham,

Erkalangim keladi.

Iloji yoʻq, imkoni yoʻq,

Koʻzimga yosh toʻladi.

 

Farzandlarin kamolini,

Koʻrolmagan onamga.

Chin dunyoda Allohim,

Jannatni etgin ato.

Dilfuza Sultonova.

 

Onamga

Kasal boʻlsam shifokor,

Bilmasam oʻqituvchi.

Dilimga bermay ozor,

Muloyim soʻzlaguvchi.

 

Tushunmasam fanlarni,

Ustozlik ham qiladi.

Matematik amalni

Yechishni oʻrgatadi.

 

Bir qarasam pazanda,

Ovqat qilar bir zumda.

Tozalikda birinchi,

Ozoda-yu sarishta..

Akmal IbrOhimov.

 

8-mart

Qutlugʻ boʻlsin bayramingiz,

Mehri ummon onalar!

Mudom yayrab, kulingiz,

Sizgadir chaman gullar.

 

Qalbingizni bahorning

Iliq nuri silasin.

Yurtning tongi, nahori,

Poyingizga toʻshalsin.

Bonu Rahmatullayeva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026