52-SONLI MAKTABDA "TARAQQIYoT KÖZGUSI" GAZETASI TAHRIRIYaTI TOMONIDAN “MAʼNAVIYaT KUNI” DOIRASIDA SUHBAT ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda yoşlarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalaşdek dolzarb vazifani amalga oşiriş jarayonida ularni maʼnaviy-ruhiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalaşga alohida eʼtibor berilmoqda. Boisi, ota-bobolarimiz “bilagi zör birni, bilimli zör mingni yiqadi”, deb bejizga aytmagan.
Yoşlarni maʼnaviy kamol toptirişda teran ildizlardan suv içgan azaliy qadriyatlarimizning, urf-odatlarimizning örni alohidadir. Şu bilan bir qatorda bu borada yoşlarning köngil közini oçadigan, özligini anglaşga çorlaydigan badiiy asarlar öqişga jalb etiş, maʼnaviyat tarğibotçilari bilan uçraşuvlar taşkil etiş ham muhim örin tutadi.
Buningdek xayrli vazifa ijrosiga hissa qöşiş maqsadida Amudaryo tumanining “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati amalga oşirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” grant loyihasi doirasida yoşlarning ziyolilar, şoir va yozuvçilar, sanʼatkorlar bilan uçraşuvlari taşkil etilmoqda va ularga maʼnaviy oziq ulaşilmoqda.
Yaqinda ana şunday tadbirlardan biri tumandagi 52-sonli maktab öqituvçilari, öquvçilari iştirokida ötkazildi. Döstona, samimiy suhbatda mazkur maktab öqituvçilari, öquvçilaridan bir guruhi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist, “Vatan fidoyisi” kökrak nişoni sohibasi, 8ta şeʼriy, nasriy asarlar muallifi, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yöldoşeva, tumanimizda ilk bor Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi bölgan, qator şeʼriy kitoblar muallifi Zulfiya Ollayorova, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Özbekiston Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi aʼzosi, ikkinçi darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibasi Oygul Rajabovalar iştirok etdilar.
Tadbirda dastlab “Maʼnaviyat kuni” doirasida yurtimizda huquqiy-demokratik davlat, fuqarolik jamiyati quriş, yoşlarga zamonaviy ilm-fanni çuqur singdiriş, ular könglida el-yurtga sadoqat va milliy ğurur tuyğularini yuksaltiriş, yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan hayotbaxş islohotlarni keng tarğib etiş maqsadida suhbat olib borildi.
Ijodkorlarning ijod namunalaridan tinglaş uçraşuvga yiğilganlar uçun yanada zavqli böldi. Robiya Yöldoşeva, Zulfiya Ollayorova, Oygul Rajabova, mazkur maktab öqituvçisi, uzoq yillardan beri mazmunan boy şeʼrlari bilan tanilgan Gulmirza Bobojonovlarning şeʼrlarini barça zör qiziqiş bilan tingladilar.
Alloma “Öqiganim va bilganim sari öqimaganim va bilmaganim qançalar köp ekanligini tuşunib, xijolat tortaman”, deganida naqadar haq edi. Ha, biz qança öqisak, tinglasak, şunça şuurimiz oydinlaşadi, maʼnaviyatimiz boyiydi.
Mazkur suhbatda öqilgan şeʼrlar ham tinglovçilar tomonidan qizğin qarşi olingani bejiz emas. Şuningdek, öqituvçilarni, öquvçilarni qiziqtirgan savollarga ijodkorlar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Suhbat söngida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Zarifboy Eşniyozov maktabga uçraşuv uçun taşrif buyurgan ijodkorlarga samimiy minnatdorçilik bildirdi va ijodlariga baraka tiladi.
Davra suhbati taassurotlarga boy böldi.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶