16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:34
Salomatlik 👁 9,806

IT TIShLAShINING OGʻIR OQIBATLARI

IT TIShLAShINING OGʻIR OQIBATLARI

Qutirish kasalligi odamga asosan qutirgan hayvonlarning tishlashi, tirnashi va soʻlaklari orqali yuqadi. Virus odamga jarohatlangan teri va shilliq qavatiga (ogʻzi, koʻzi, burni) qutirgan hayvon soʻlagi tushishi orqali oʻtishi mumkin. Qutirgan hayvonlar soʻlagi kasallikning yagona yuqish yoʻlidir. Kasallik odamdan-odamga, odamdan-hayvonga yuqmaydi.

Qutirish virusi odam organizmiga tushgandan keyin kasallik birdaniga boshlanmaydi. Dastlab virus periferik asablar atrofida boʻladigan perineval suyuqlik oqimi bilan orqa va bosh miyaga yetib boradi va miya toʻqimasida koʻpaya boshlaydi hamda chuqur oʻzgarishlar yuz berishiga sabab boʻladi. Ayniqsa, tomoq, til va tilosti asab yadrolari koʻp zararlanadi, yurak urishi va nafas muskullarining qisqarishi, talvasaga tushib tirishish, qattiq terlash, soʻlak oqishi asablarning zararlanishi sababli boʻladi. Bu jarayon belgisiz kechadi va kasallikning yashirin davri deyiladi. Bu davr bir haftadan bir yilgacha, baʼzida undan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Kasallikning oʻrtacha yashirin davri 1-3 oyni tashkil etadi. Bu davrning choʻzilishi yoki qisqarishi jarohat yetkazgan hayvonga, jarohat xajmiga, chuqurligiga, joylashgan joyiga bogʻliq. Masalan: bosh, boʻyin, yuz, panja, qoʻl kafti barmoqlarida jarohat joylashsa, yashirin davr qisqa boʻladi. Kasallik klinik kechishiga qarab 3 davrga boʻlinadi. Boshlangʻich davr 1-3 kun davom etadi. Tishlangan joy oʻrni qichiydi, tortishib ogʻriydi. Bitgan jarohat va chandiq takroran yalligʻlanishi mumkin. Bemor tushkunlikka tushadi, gʻamgin boʻlib qoladi, uyqusi buziladi, ishtahasi boʻgʻilib, unda qoʻrquv hissi paydo boʻladi, kayfiyat oʻzgarib turadi, atrofga loqayd boʻlib qoladi. Avj olish davrida bemorning tana harorati koʻtariladi, yurak urishi tezlashadi, suvni koʻrganda, hatto suv toʻgʻrisida eshitganda ham yutish muskullari tortishib, qisqarib, qattiq ogʻriydi, yutinishi qiyinlashadi. Suvdan qoʻrqish holatiga havodan qoʻrqish ham qoʻshiladi va bemor boʻgʻiladi, talvasaga tushadi. Xuruj zoʻrayib, yorugʻlikdan, baland ovoz va shovqindan qoʻrqish holati vujudga keladi.

Muskullar tortishishi nafas va yutish muskullaridan boshlanib, keyinchalik hamma muskullarga tarqaladi, ovozi boʻgʻiladi, badani terlaydi, soʻlagi oqadi, hiqichoq tutadi, koʻz qorachigʻi kengayadi, oyoq-qoʻllari ogʻriydi, koʻzlari bir narsadan qoʻrqqandek koʻrinadi. Nafas olishi yuzaki, tartibsiz boʻladi, vaqti-vaqti bilan bemor chuqur nafas oladi. Bemorning uyqusi buziladi, oʻz-oʻzini tishlaydi, yonidagilarni urishi, kiyimlarini yirtishi, gʻayritabiiy kuch paydo boʻlishi mumkin. Qoʻzgʻalish davri oʻrtacha 2-3 kundan 5-6 kungacha davom etadi. Boshqa yuqumli kasalliklardan farqli oʻlaroq, qutirish kasalligida bemor hushini yoʻqotmaydi.

Kasallikning falaj davrida qoʻrquv alomatlari ancha kamayib, bemor tinchlanadi, suyuqlik icha boshlaydi, ovqatlangisi keladi. Lekin tana harorati yuqoriligicha qoladi, bemor soʻzlarini aniq va tiniq ayta olmaydi. Shundan keyin, oyoqlarida falajlanish boshlanadi. Oradan 15-20 soat vaqt oʻtgach, tananing boshqa muskullari ham falaj boʻla boshlaydi. Bemordan koʻp suyuqlik oqishi davom etadi, tana harorati esa koʻtariladi. Shu holatlar davom etib, bemor yurak-qon tomir faoliyati yetishmovchiligi yoki tana falajlanishi oqibatida vafot etadi.

It tishlaganda dastlab jarohat iliq suvda va kir sovun bilan 2-3-marta yaxshilab yuvilib, jarohat atrofi, 70 foizli spirt yoki 3 foizli yod bilan ishlov berilib, toza bint yoki doka bilan bogʻlanib, zudlik bilan quturishga qarshi yordam koʻrsatish punktiga yetkazilishi shart. Jabrlanganlarga koʻrsatilgan bu birinchi yordam qanchalik tez va sifatli amalga oshirilsa, jarohat yuzasi qutirish virusi bilan ifloslangan soʻlakdan shunchalik tez xalos boʻladi.

It tishlashi natijasida odamlar nafaqat jismoniy, moddiy va maʼnaviy zarar koʻradilar, balki ularga oʻlim muqarrar boʻlgan oʻta xavfli qutirish kasalligi xavf soladi. Agar hayvonlardan jarohatlansangiz, zudlik bilan mutaxassis shifokorga murojaat qilsangiz, qutirishga qarshi oʻz vaqtida emlansangiz, bu xavfli kasallikdan oʻzingizni saqlagan boʻlasiz!

Soliy XOLIMBETOV, tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻp tarmoqli poliklinikaning oliy toifali travmatolog-shifokori.
(Foto - http://www.uzssgzt.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026