"Yuzda yurma – yuzga kir": Amudaryoda mudhiş avariyalar oqibatlari aks etgan avtokarvon tadbiri ötkazildi
Bugungi kunda köçalarimiz fayzli, yöllarimiz ravon, eng muhimi, şaxsiy avtotransport vositasiga ega bölgan yurtdoşlarimiz safi soat sayin kengayib boryapti. Bu, albatta, quvonarli hol. Zero, avtomobil uzoğimizni yaqin, oğirimizni yengil qiluvçi, zamonaviy hayot surʼatiga mos ravişda harakatlanişimizni taʼminlovçi eng muhim vositalardan biriga aylanib ulgurgan. Biroq, bu qulayliklarning öziga yaraşa masʼuliyati va xavotirli tomonlari ham yöq emas. Transport oqimining keskin ortişi tabiiyki, avtomobil yöllaridagi tirbandliklarni keltirib çiqariş bilan birga, yöl-transport hodisalarining köpayişidek öta dolzarb va oğriqli masalani kun tartibiga çiqarmoqda.
Mana şunday masalaga jamoatçilik eʼtiborini qaratiş, odamlarni huşyorlikka va masʼuliyatga çorlaş maqsadida Amudaryo tumanida “Tarğibot avtokarvoni” tadbiri taşkil etildi. Tadbirning maqsadi tomoşabinlarga aççiq haqiqatni, qoidabuzarlikning mudhiş oqibatlarini jonli ravişda, oçiq-oydin körsatişdan iborat böldi. Yöl-transport hodisalari oqibatida ayançli holatga kelib qolgan, majaqlangan va texnik şikastlangan avtomaşinalar maxsus evakuatorlarga ortilgan holda tumanning markaziy va gavjum köçalari böylab harakatlandi. Evakuatorlar ustidagi temir parçasiga aylangan maşinalarni körgan har bir yölovçi, har bir haydovçi beixtiyor çuqur öyga toladi, meʼyordan ortiq tezlikning va masʼuliyatsizlikning oxiri qanday fojia bilan tugaşi mumkinligini öz közi bilan körib, tegişli xulosa çiqaradi. “Yuzda yurma – yuzga kir” şiori ostida ötkazilgan tadbir davomida aholiga ham piyoda sifatida harakatlaniş qoidalari yana bir bor batafsil tuşuntirildi.
Amudaryo tumani Içki işlar bölim Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi bölinmasi boşliği, leytenant Bekzod Qozoqov va katta leytenant Anvar Yusupovlar tomonidan haydovçilar, ayniqsa, köplab insonlar taqdiriga javobgar bölgan jamoat transporti haydovçilari bilan oçiq va samimiy muloqotlar ötkazildi. Bu uçraşuvlarda transport vositasini boşqariş vaqtidagi xavfsizlik çoralari, belgilangan harakat tezligiga qatʼiy rioya etiş, şuningdek, piyodalarning haq-huquqlarini hurmat qiliş masalalari kun tartibining asosiy mavzusiga aylandi. Qolaversa, köp yillik tajribaga ega bölgan faxriy haydovçilar özlarining boy hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşib, rul boşqaruviga endigina ötirgan yoş avlod vakillariga yöllardagi kutilmagan vaziyatlarda qanday töğri qaror qabul qiliş böyiça öta muhim amaliy tavsiyalarini berib ötdilar.
Profilaktik tadbirlar kölami faqatgina köçalar va çorrahalar bilan çegaralanib qolmadi. Yöl harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari muammoning ildiziga çuqurroq kirib boriş maqsadida tuman hududida faoliyat körsatayotgan kuzov taʼmirlaş ustaxonalari va avtomobillarni yuviş şoxobçalarida ham bölişdi.
Ustaxona mutasaddilari bilan ötkazilgan suhbatlar çoğida şikastlangan, ayniqsa, avariya holatidagi avtotransport vositalarini taʼmirlaşga qabul qilişdan oldin, albatta tegişli maʼlumotnomani talab qiliş şartligi taʼkidlandi. Baʼzida haydovçilar yöl-transport hodisasi sodir etib, voqea joyidan yaşirinişga va maşinani yaşirinça taʼmirlatib olişga urinişadi. Inspektorlar ustalarga bunday noqonuniy xatti-harakatlarning oqibatlarini tuşuntirar ekan, qonunçilikka köra, yöl-transport hodisasi sodir qilgan avtomobilni yaşirinça taʼmirlaş — huquqbuzarlikka va hatto jinoyatga bevosita şerik böliş sifatida baholanişini va buning uçun javobgarlik muqarrarligini eslatib ötdilar.
Avtomobillarni yuviş şoxobçalarining rahbarlari va işçi-xodimlariga esa xizmat körsatiş uçun olib kelingan transport vositalarini közdan keçirişda huşyor böliş, agarda avtomaşina salonida yoki sirtida şubhali qon izlari, yoxud kelib çiqişi nomaʼlum bölgan jiddiy şikastlaniş belgilari közga taşlansa, darhol holatga aniqlik kiritiş hamda bu haqda huquq-tartibot organlariga xabar beriş zarurligi alohida taʼkidlandi. Bunday eʼtibor va huşyorlik köplab qoidabuzarliklarning oldi olinişiga xizmat qilişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶