14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:23
Iqtisodiyot 👁 11,370

ChORVA, PARRANDA, KOʻChAT VA URUGʻLIK - BANK KREDITI HISOBIGA BERILADI

ChORVA,  PARRANDA, KOʻChAT VA URUGʻLIK -  BANK KREDITI HISOBIGA BERILADI

Oila daromadining muhim manbai

Yurtimizda xalq farovonligini yanada yaxshilish maqsadida aholining daromad manbalarini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada aholining shaxsiy tomorqasidan unumli foydalanishi hamda xonadonlarda chorvachilik va parrandachilikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2015-yil 20-yanvardagi "Aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklaridan samarali foydalanish, ular uchun talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib berish va moliyalashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi topshirigʻi yuzasidan tumanimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Yuqoridagi topshiriq asosida tuman hokimining qarori qabul qilinib, qaror bilan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklaridan samarali foydalanish, ular uchun talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib berish va moliyalashtirish ishlarini tizimli tashkil qilish boʻyicha tuman shtabi tarkibi tasdiqlandi hamda bu boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi monitoringini tashkil etish va nazoratni olib borish boʻyicha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlariga masʼullar biriktirilib, bu borada amalga oshiriladigan ishlar rejasi tasdiqlandi.

Belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida tashkil etish boʻyicha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida ishchi guruhlar tashkil qilingan boʻlib, ular tomonidan xonadonlar kesimida aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari xatlovdan oʻtkazilmoqda.

Mavjud qishloq xoʻjaligi ekinlari, mevali bogʻlar, tokzorlar maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni aniqlanib, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish uchun urugʻliklar, koʻchatlar, qoramollar, qoʻy va echkilar, parrandalar va boshqa zarur moddiy resurslarga boʻlgan talab aniqlanmoqda.

Ishchi guruhlar monitoringi natijalariga koʻra, tumandagi mavjud 28 mingdan ortiq xonadonlarda 5094 sotixdan ortiq tomorqa yer maydonlari mavjud.

Belgilangan meʼyorlar boʻyicha ushbu xonadonlarga 79 ming boshdan ortiq parranda, 3200 boshdan ortiq qoʻy, 560 bosh echki, 200 bosh qoramol yetishmasligi hamda shu maqsadlar uchun 4.9 milliard soʻmdan ortiq bank krediti talab qilinishi aniqlandi.

Bugungi kunda ovul va mahallalarda talab qilinadigan moddiy resurslar boʻyicha mikrokreditlar ajratish uchun zarur hujjatlar olinmoqda.

Aholi tomorqasidan unumli foydalanish hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishning moliyaviy asosi

Aytish joizki, yurtimizda aholi tomorqasidan unumli foydalanish hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida parrandachilik va asalarichilik bilan shugʻullanish uchun mikrokreditlar ajratish boʻyicha tizimli ravishda ishlar qilinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2012-yil 10-martdagi qarori bilan "Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” tasdiqlangan boʻlib, ushbu Nizom tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar tashkil etish uchun mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.

Mikrokreditlar qanday shartlar asosida beriladi?

Yuqorida taʼkidlangan maqsadlar uchun mikrokreditlar berish qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.

Shaxsiy yordamchi xoʻjalik nima?

Shaxsiy yordamchi xoʻjalik deganda, shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila azolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shugʻullanadigan oilaviy xoʻjalik tushuniladi.

Mikrokreditlar qancha miqdorda beriladi?

Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun eng kam ish haqining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda mikrokreditlar beriladi (Bugungi kunda eng kam ish haqi miqdori – 118 400 soʻm, uning 100 baravari esa 11 million 840 ming soʻmni tashkil etadi).

Mikrokreditlar qancha muddatga beriladi? Kreditni qaytarish uchun imtiyozli muddat beriladimi?

Ushbu mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz:

- mevali daraxtlar va uzum koʻchatlari sotib olish uchun bir yillik imtiyozli davr bilan 3-yilgacha boʻlgan muddatga;

- urugʻliklar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 2-yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.

Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni toʻlash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.

Imtiyozli davrda faqat kredit boʻyicha foizlar hisoblanadi va undiriladi. Bunda foizlar qarz oluvchiga kredit boʻyicha qarzdorlikning amaldagi qoldigʻiga kunlik hisoblab boriladi va har oyda bir marta undiriladi.

Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori qancha?

Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Bugungi kunda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 10 foizni tashkil qiladi, mikrokreditlar yillik9 foizlik stavka bilan beriladi.

Mikrokreditlar qaysi tijorat banki tomonidan beriladi?

Shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxslar mikrokredit olish uchun oʻzlari istiqomat qiladigan joydagi tijorat banklari filiallaridan biriga murojaat qiladilar.

Mikrokredit olish uchun qanday xujjatlar talab qilinadi?

a) Belgilangan maqsadlar uchun mikrokredit soʻralgan ariza;

b) mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini Kengashi raisi tomonidan imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan hamda gerbli muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit oluvchi shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxsda tomorqa uchastkasi mavjudligi hamda uning maydoni koʻrsatilgan maʼlumotnoma.

v) kredit oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi;

g) mikrokreditlar qaytarilishining taʼminoti sifatida tijorat banki filialiga quyidagi taʼminot turlaridan biri taqdim qilinadi:

- mol-mulk garovi;

- bank yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;

- uchinchi shaxs kafilligi;

- qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.

Tijorat banklarining maʼlumotiga koʻra, eng kam ish haqining 50 baravarigacha (bugungi kunda 5 million 920 ming soʻm) boʻlgan mikrokreditlar uchinchi shaxs kafilligi bilan beriladi. Bunda kafil shaxsning bir yillik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlari belgilangan meʼyordan kam boʻlmasligi kerak. Eng kam ish haqining 50 baravaridan ortiq boʻlgan kredit mablagʻlari yuqoridagi taʼminot turlaridan biri mavjud boʻlganda beriladi.

Ariza necha kunlik muddatda koʻrib chiqiladi?

Mikrokredit soʻrab, belgilangan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab tijorat banki filiali kredit qoʻmitasi tomonidan uch ish kunidan oshmagan muddat ichida koʻrib chiqiladi.

Kredit shartnomasi qachon tuziladi?

Tijorat banki filiali kredit qoʻmitasining mikrokredit berish toʻgʻrisidagi ijobiy qarori qabul qilingan taqdirda, qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuziladi hamda kreditning taʼminoti sifatida yuqorida sanab oʻtilgan qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan taʼminot turlaridan biri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Kreditlash qanday amalga oshiriladi?

Kredit shartnomasi tuzilib, kreditning taʼminotiga oid hujjatlar toʻliq rasmiylashtirib boʻlingan kunning ertasidan kechiktirmagan holda tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ssuda hisobvaragʻi ochiladi.

Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning toʻlov topshiriqnomasiga asosan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Mikrokredit hamda unga hisoblangan foizlar qanday usullarda toʻlanadi?

Shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan mikrokredit hamda unga hisoblangan foizlarni toʻlash tijorat banki kassasiga naqd pul topshirish yoki qarz oluvchining omonat hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish, yoxud bank plastik kartochkalari orqali amalga oshiriladi.

Mikrokredit mablagʻlari qaysi tashkilotga oʻtkazib beriladi?

Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga ajratiladigan mikrokredit mablagʻlari evaziga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari urugʻlari, qoramol, parranda, qoʻy va echkilar yetkazib berish uchun tumanimizda "Amu naslli chorva” hamda "Amu meva-sabzavot” agrofirmalari tashkil qilindi.

Tijorat banklari tomonidan ajratilgan mikrokreditlar kredit shartnomasi tuzilganidan keyin bank tomonidan mikrokreditning maqsadiga koʻra ushbu agrofirmalardan birining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

Mikrokredit evaziga xarid qilinadigan chorva mollari va parrandalar haqida maʼlumot:

Ayni kunda "Amu naslli chorva” agrofirmasi tomonidan xorijiy davlatlardan sunʼiy urugʻlantirilganiga 4 oy boʻlgan naslli chorva mollari olib kelish boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda.

Aytish kerakki, har bir naslli chorva molidan oʻrtacha 15-25 litr sut olinadi. Agar oila aʼzolari ehtiyoji uchun har kuni 5 litr sut ishlatilib, qolgan 20 litr sut sotilsa, har oyda oila 600-900 ming soʻm daromad oladi.

Agrofirma tomonidan parranda xarid qiluvchilarga 1 oylik joʻjalar hamda tuxum qoʻyayotgan tovuqlar taklif qilinmoqda. Shunisi eʼtiborliki, tovuqlar uchun qafas hamda 2 oyga yetadigan yem qoʻshib beriladi.

Mikrokredit evaziga xarid qilinadigan sabzavot urugʻi hamda mevali daraxt koʻchatlari haqida maʼlumot:

"Amu meva-sabzavot” agrofirmasi tomonidan tomorqaga ekish uchun kartoshka urugʻi, shuningdek, olma, nok, behi, oʻrik, shaftoli, anor kabi mevali daraxt koʻchatlari hamda atirgul koʻchatlari taklif qilinmoqda.

Chorva mollari va parrandalar, sabzavot urugʻi hamda mevali daraxt koʻchatlarining narxlari qanday?

"Amu naslli chorva” agrofirmasi tomonidan taklif etilayotgan sunʼiy urugʻlantirilgan 1 bosh naslli chorva molining narxi – 9 million 500 ming soʻm. 1 oylik bir dona joʻjaning narxi – 4 ming 500 soʻm. Tuxum qoʻyadigan bir dona tovuqning narxi esa 25 ming soʻm.

"Amu meva-sabzavot” agrofirmasi tomonidan taklif etilayotgan 1 kilogramm kartoshka urugʻining narxi – 2 ming soʻm. Bir tup mevali daraxt koʻchatlarining narxi esa quyidagicha (narxlar mevali daraxt koʻchatlarining navlariga qarab belgilanadi): olma – 4500-5000 soʻm, nok – 4500 coʻm, behi – 4000 coʻm, oʻrik – 4500 soʻm, shaftoli – 4500coʻm, anor – 3000 coʻm.

Xulosa

Hurmatli tomorqa egalari!

Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bunday katta imkoniyatdan foydalanib qoling. Tijorat banklarning mikrokreditlari evaziga shaxsiy tomorqangizda meva va sabzavot yetishtirish hajmini oshirib, oilangizni kafolatli ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlang. Qaramogʻingizdagi chorva mollari hamda parranda sonini koʻpaytirib, ularning naslini yaxshilash orqali ehtiyojingiz uchun zarur goʻsht, sut va tuxumni oʻzingiz yetishtirib, oilangiz iqtisodini yaxshilash imkonini qoʻldan boy bermang!

Bu bilan siz nafaqat oila aʼzolaringiz ratsional ovqatlanib, ushbu kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun ketadigan mablagʻlarni tejaysiz, balki oilangiz extiyojidan ortib qolgan qismini sotib, daromadingizni oshirasiz va bozorlarimizning yanada toʻkin boʻlishiga oʻz hissangizni qoʻshasiz.

Mikrokredit olish istagida boʻlsangiz, oʻzingiz istiqomat qilayotgan ovul yoki mahalla fuqarolar yigʻinlariga murojaat qiling.

Gʻ.Yeshniyozovtayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019