Qoraqalpoq tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi
Til – har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, özi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana şu tilning ijodkori bölgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda uluğvor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat özligining ajralmas belgisidir.
1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixidagi muhim sanalardan biridir. Şu kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili bu sana keng nişonlanib kelinadi.
Uşbu sana munosabati bilan 1-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat bölimida “Marteben balent bolsin, ana tilim” deb nomlangan tadbir bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimining örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği Faxriddin Yusupov, Davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini taʼminlaş masalalari böyiça tuman hokimi maslahatçisi Aşirboy Qöşayev, tumandagi umumtaʼlim maktablarning bir guruh qoraqalpoq tili va adabiyoti fani öqituvçilari hamda öquvçilar iştirok etdilar.
Tadbir boşida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Söngra tuman hokimining örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği Faxriddin Yusupov sözga çiqib, bayram tadbirini oçib berdi hamda yiğilgan tadbir iştirokçilarini qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, til – bu xalqning tarixini, madaniy merosini, turmuş tarzini, urf-odat va anʼanalarini özida mujassam etgan bebaho xazinadir. Şu bois ham sönggi yillarda yurtimizda qoraqalpoq tilini asrab-avaylaşga, uni yanada boyitişga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, qator ilmiy hamda badiiy kitoblarning qoraqalpoq tilidagi tarjimalari naşr etilgani, qoraqalpoq tilining tozaligini saqlaşda muhim örin tutadigan lotin imlosidagi “Qoraqalpoq tilining orfografik luğati” çop etilgani qoraqalpoq tiliga bölgan yuksak eʼtibor va ğamxörlik ifodasidir.
Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tuman böylab taʼlim muassasalari, ovul va mahallalarda bayram tadbirlari, uçraşuvlar, adabiy keçalar va turli körik-tanlovlar ötkazilayotgani ham yuksak ehtiromning yorin namunasidir.
Bayram tadbiri davomida köp yillik tajribaga ega qoraqalpoq tili öqituvçilari ham sözga çiqib, qoraqalpoq tilini asrab-avaylaş, uning nufuzini oşiriş, rivojlantiriş mamlakat taraqqiyotining muhim omili hisoblanişini, şu jihatdan qoraqalpoq tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlaş yölida keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani haqida aytib ötdilar.
Qoraqalpoq xalqining atoqli adiblari, yozuvçi va şoirlari nomidagi ijod maktablarida bugun yoşlar bebaho boylik sanalmiş qoraqalpoq tili va milliy adabiyotning sir-asrorlarini örganmoqda. Bularning barçasi qoraqalpoq xalqining maʼnaviy boyligi bölgan ona tili taraqqiyotiga yuksak eʼtibor samarasidir.
Tadbirda maktab öquvçilari qoraqalpoq adabiyoti namunalaridan şeʼrlarni ifodali öqib, yiğilganlarning olqişlariga sazovor böldilar. Qoraqalpoq xalqining milliy urf-odat va anʼanalarini özida mujassam etgan sahna körinişlari namoyiş etilib, milliy kuy-qöşiqlar yangradi.
Tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi davomida qoraqalpoq xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, urf-odat va dasturlarini özida mujassam etgan raqslar bilan bayram tadbiri kötarinki ruhda davom etdi.
Sevara Ismoilova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶