FIDOYI MEHNATLAR EʼTIROFI
Jurnalistikani şunçaki kasb turi, deya baholaş kamlik qiladi. Çunki avvalo xudo bergan qobiliyati, uni yuzaga çiqarişi uçun intilişi bölmagan, doimo öqib-örganib, öz ustida qunt bilan şuğullanmagan odam jurnalist bölolmaydi, el eʼtiborini qozona olmaydi.
Bizga oliygohda taʼlim bergan ustozlarimiz "jurnalist hayotdan bir qadam oldinda bormoği kerak”, deya uqtirişardi. Bu sözning zamiridagi olam-olam maʼnoni men "Amudaryo haqiqati” gazetasida işlagan 1979-1995-yillarda yanada çuqur anglab yetdim. Gazetadagi har bir maqola, jumla, söz jurnalistga neçoğlik ulkan masʼuliyat yuklaşini ham öşa yillarda angladim.
Hozir "Taraqqiyot közgusi” nomi bilan çop etilayotgan gazeta tahririyatida öziga xos ijodiy va döstona muhit barqarorligidan, jurnalistlarning iqtidorli, mehnatsevarligidan gazetamiz doim turli tanlovlarda ğolib bölib, respublikamizda namunali naşr sanalib kelingan.
Men qariyb 20-yilça vaqtdan beri boşqa lavozimlarda işlayotgan bölsam ham könglim doimo gazeta bilan. Uning har bir yangi sonini, tumanimiz hayotiga oid xuşxabarlarni orziqib kutaman. Va şu barobarida hali siyohi qurib ulgurmagan gazeta sahifalarini tayyorlaş uçun tahririyatdagi hamkasblarim, şogirdlarim qilgan mehnatlari zalvorini his qilaman.
Keyingi yillarda butun tumanimiz ahli tahririyat xodimlarining ijodiy izlanişlari va salohiyati mevasi bölmiş gazetaning adadi oşayotgani, mazmunan yangi qiyofa kasb etayotgani, ilova naşri taşkil etilganini, qisqasi, gazetaning nufuzi ortib borayotganini quvonib kuzatmoqda.
Yaqinda ommaviy axborot vositalari uçun taʼsis etilgan "Eʼtirof” respublika tanlovida "Taraqqiyot közgusi” gazetasi Özbekistonning eng yaxşi hududiy gazetasi, deb tan olinganini eşitib, quvonganimdan özimni qöyarga joy topolmay qoldim. Negaki, Özbekiston matbuot va axborot agentligi, Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi hamkorlikda taşkil etgan tanlovga taqdim etilgan 3 mingdan ziyod hujjatlar içida ğolib bölişning özi bölmaydi. Bu boş muharrirning yangilikka intiluvçanligi, talabçanligi, davr ruhiga monand mehnat qilayotgani, jurnalistlarning yuksak ijodiy salohiyati samarasidir. Mehnatlari "Eʼtirof”da eʼtirof etilgan gazeta ijodkorlariga bundan-da yuksak parvozlar tilayman.
Xonimjon RAJABOVA, Qorqalpoğistonda
xizmat körsatgan madaniyat xodimi, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶