KAMTARIN USTOZ VA FIDOYI MADANIYaT XODIMI
Amudaryo tumanida madaniy hayot rivojiga munosib hissa qöşayotgan insonlar köp. Ular orasida özining mehnatsevarligi, kasbiy faoliyatiga nisbatan masʼuliyati va sadoqati bilan eʼtirofga loyiq bölgan soha vakillaridan biri Jumaboy aka Kamolovdir. U Amudaryo tumanida öz hayotini xalqqa sadoqat bilan xizmat qilişga, madaniy-maʼrifiy sohani rivojlantirişga bağişlab kelayotgan kamtarin va fidoyi ustoz sifatida tanilgan.
Yaqinda Amudaryo tumani Madaniyat bölimida köp yillar samarali mehnat qilgan, ovoz rejissyori sifatida öz yönalişida xalqqa xizmat körsatişni yuqori sifat darajasiga kötargan Jumaboy Kamolovning 70 yillik yubileyi keng nişonlandi. Tadbirda tuman madaniyat sohasi faxriylari va Madaniyat bölimi xodimlari, Jumaboy Kamolovning yaqinlari va döstlari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Jumaboy Kamolov 1955-yil 21-noyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanining Çoyköl qişloğida tavallud topgan. Bolalikdan mehnatsevarlik, odob-axloq va samimiylik kabi sifatlarni ota-onasidan meros olgan, serfarzand oilada voyaga yetgan Jumaboy Kamolov yoşligidanoq öz hayotida samimiylik va intizomga asoslangan turmuş tarzini şakllantirdi.
U qişloqdagi 22-sonli umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tamomlab, fizika va texnikaga bölgan qiziqişi tufayli Nukus elektrotexnika texnikumida tahsil oldi. Texnikum tahsilidan söng ilk mehnat faoliyatini Amudaryo tuman Madaniyat bölimida ovoz rejissyori sifatida boşladi va umrining qariyb 50-yilini uşbu yönalişga bağişladi.
Amudaryo tumani madaniyat markazida ovoz kuçaytiriş moslamasini boşqariş rejissyori sifatida köplab yoşlarga ustozlik qilib kelayotgan Jumaboy Kamolovning ovozsozlik sohasidagi tajribasi tumanda ötkaziladigan davlat tadbirlarining yuksak saviyada ötişini taʼminlayotgani har galgi bayram tantanalaridan söng xalqning samimiy eʼtirofi orqali öz bahosini oladi. Xalqning: “Bayram zör böldi, ayniqsa, ovoz juda tiniq, tabiiy çiqdi!” qabilidagi eʼtiroflaridan barça madaniyat sohasi xodimlarining köngli toğday yuksaladi. Bunda fidoyi inson Jumaboy Kamolovning hissasi katta böladi, albatta.
Jumaboy akaning feʼlidagi mehnatsevarlik, fidoyilik va samimiyat unga ota-onasidan meros. Butun umr halol mehnati bilan oila tebratgan Kamol bobo Yöldoşev hamda Jumabika momo Yöldoşevalarning oilasida tarbiya topgan Jumaboy aka Kamolov ham umr yöldoşi, uzoq yillar yoş avlodga ona tili va adabiyot fanidan dars bergan faxriy ustoz Gulsara opa Kamolova bilan uç qiz va ikki öğilni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. El aro hurmat-eʼtibor topgan Jumaboy aka bugungi kunda nafaqat öz nevaralarining, balki özi istiqomat qiladigan mahalla bolalarining ham ardoqli bobosi. Faxriy ustoz Gulsara opa esa yoşlarning sevimli maslahatgöyi, mahallaning köçaboşçisi.
Yubiley tadbirida sözga çiqqanlar Jumaboy Kamolovning butun hayoti va mehnat faoliyati fidoyilik, masʼuliyat va mehr-oqibatga asoslanganligini, u qaysi lavozimda işlamasin, öz vazifasini sidqidildan bajarib kelganini taʼkidladilar. Tumandagi turli darajadagi tadbirlarning sifatli ötişi, texnik xavfsizlik va elektr uskunalarining soz holatda bölişida uning hissasi doimo katta bölib kelgan. Jumaboy aka kabi samimiy, halol va sohaga sadoqatli insonlar bor ekan, madaniyat sohasining kelajagi ham, xalqqa xizmat körsatiş darajasi ham yanada ravnaq topaveradi.
Ota kasbini tutgan farzandlari ham bugungi kunda tuman madaniyati sohasining zahmatkaşlari. Öğillari Ikromjon va Mansurbeklar ota kasbini eʼzozlab, ular ham ovoz kuçaytiriş uskunalari va texnik moslamalar bilan işlab, xalqimizga madaniy-maʼrifiy xizmat körsatib kelmoqda. Qizlarining biri tarbiyaçi, biri çevar, yana biri hamşira, uçalasi ham oqila oila bekalari. Bu esa ustozning mehnati, töğri tarbiyasi va sof niyati samarasi ekanining yorqin isbotidir. Jumaboy aka tarbiyalagan şogirdlar ham juda köp. Ular tumanimizdagi madaniyat markazlarida faol xizmat qilib kelmoqda.
Jumaboy Kamolov madaniyat va sanʼatga umrini bağişlagan, öz bilim va tajribasini avlodlariga ulaşib kelayotgan haqiqiy ustozdir. Uning insonparvarligi, vazminligi, jamoaga bölgan hurmati hamişa soha xodimlari va şogirdlari uçun ibrat bölib kelgan. Jumaboy Kamolov bugungi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. U hamişa tadbirlarda faol. Uning boy tajribasi, yuksak madaniy saviyasi va yoşlarga ustozlik ruhida keçayotgan namunaviy faoliyati madaniyat sohasi rivojida muhim örin tutadi. Fursatdan foydalanib, şonli 70 yillik yubileyi munosabati bilan madaniyat xodimi, faxriy ustoz Jumaboy Kamolovga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.
NASIBA YeŞÇANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶