ÖRTA QALʼA OVULIDA “YoZ TAROVATI” DEB NOMLANGAN TOMOŞA TAŞKIL ETILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida hududlarda aholi ayniqsa çekka qişloqlarda fuqarolarga madaniy dam oliş xizmatlari körsatiş darajasi yuksalib, ommaviy-madaniy, kontsert-tomoşa dasturlari tizimli ravişda ötkazilayotgani quvonarlidir. Buningdek tadbirlar aholining böş vaqtlarini mazmunli ötkazişiga, köngilli dam olişiga xizmat qilayotgani va xalqimizning köp asrlik dorbozlik, tsirk, masxarabozlik, aytişuv kabi qadimiy sanʼatini tarğib qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Qarorda eng çekka hududlarda istiqomat qiluvçi aholi orasidan ham isteʼdodlilarini izlab topiş, ularning iqtidorini rivojlantirişga, qöllab-quvvatlaşga ham eʼtibor kuçaytiriş lozimligi belgilangani tumanimizda ham yorqin isteʼdodli yoşlar sanʼat maydoniga kirib kelişiga zamin hozirladi.
Şuningdek, barça davlat organlari muassasalari va korxonalari har çorakda kamida bir marta byudjetdan taşqari hamda kasaba uyuşmalari mablağlari hisobidan öz xodimlarining madaniy-estetik hordiq çiqarişlari uçun kontsert tomoşa tadbirlarini taşkil etib turiş amaliyotini joriy etiş belgilangani mehnat bilan band bölgan aholining madaniy hordiq çiqarişiga ulkan ğamxörlik natijasidir.
Tuman Madaniyat va turizm bölimi tomonidan qaror ijrosini taʼminlaş borasida izçil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Şu yilning 21-iyul kuni tumanimizning Örta qalʼa ovulida ötkazilgan “Madaniyat kunlari rukni ostida “Yoz oqşomlari” deb nomlangan köngiloçar tomoşa ham şu maqsadga qaratildi.
Tomoşada tuman Madaniyat va turizm bölimi tasarrufidagi “Ofarin” folklor etnografik xalq jamoasining qatnaşçilari, iqtidorli estarada xonandalari iştirok etdilar.
Şu kuni Örta qalʼa ovulining katta-yu kiçik aholisini karnay-surnay navolari tarovatli yoz oqşomida tomoşaga çorladi.
Ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosi yonidagi ulkan maydonçada taşkillaştirilgan tomoşada taniqli estrada xonandalari Nasiba Eşçonov, Nurbek Rajabov, Pölat Yöldoşev, Raşid Rahimov, Oğabek Saʼdullayev, Rahmatjon Örozimbetovlarning kuylagan jöşqin qöşiqlarini barça berilib tingladi. Xayrullo Habibullayev, Şarof Rajabov, Dilfuza Bobojonovalarning raqslari, doiraçi yigitlarning çalgan goh öynoqi, goh sokin kuylari barçani birday sehrlab qöydi. Kontsert dasturi orasida yoş tomoşabinlar bilan ötkazilgan şoular tadbirning yanada hayajonli, qiziqarli bölişini taʼminladi.
Xalqimiz asli sanʼatsevar ekanligi uşbu tomoşada ham ayon böldi. Dala işlari, yozning qiyin-qistovli işlaridan çarçagan aholiga, yozgi taʼtilda maroqli hordiq çiqarayotgan bolajonlarga “Yoz tarovati” kontsert tomoşasi juda manzur bölgani boisi ham şundan. 1000 nafardan ziyod aholi jam bölgan tadbir taşkilotçilariga barça ulkan minnatdorçiliklar bildirib tarqalişdilar, sanʼat zavqi bilan köngillar tozardi.
Tuman Madaniyat va turizm bölimi tomonidan tumanimizning barça hududlarida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi oldidan istiqlolimizni madh etuvçi, istiqlolimizning tarixiy ahamiyatini tarğib ötuvçi köpgina madaniy-maʼrifiy tadbirlar, köngiloçar tomoşalar ötkaziş rejalaştirilgan va amalga oşirilmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶