OZODALIK – SALOMATLIK GAROVI
Fan va texnika, aniqroği, sanoat rivojlangani sari atrof-muhitni muhofaza qiliş masalasi insoniyat oldida turgan, yeçilişi barçaga taalluqli muammoga aylandi. Suvlar ifloslanmoqda, tevaragimizda turli-tuman atrof-muhitni, havoni bulğaydigan çiqindilar köpayib bormoqda.
Ötgan asrda atoqli olimlardan biri: "Sanitariya madaniyatisiz umuman madaniyat yöq”, deya taʼkidlagan edi. Öz xonadonimizni, iş joyimiznigina emas, balki köçamizni, butun şahar hatto mamlakatimizni ozoda va obod saqlay olsak, qölimiz baland böladi. Buning uçun barça qayğurmoği, jamiyat, insoniyat oldidagi ulkan masʼuliyatini çuqur his qilmoği kerak.
Yoşligimizda ota-bobolarimiz bizlarga suvni, tuproqni ifloslantiriş gunoh ekanligini uqtirişardi. Bu borada ayni kunda biz keksalar yoşlarga ögit-nasihatlarimizni berib yurişimiz darkor. Toza havo - tanga davo, deganlaridek, biz havoni har turli yoqimsiz hid va islar bilan bulğamasligimiz zarur.
Maʼlumki, har yili kuzda daraxtlar yaproqlari sarğayib, yerga töşalib yotadi. Buni bir joyga töplab, yoqib yuboriş odatiga hamon barham berilmayotir. Uni yoqib yuboriş örniga uyga yaqin joyda öra qazib, öşa yerga qömib qöyilsa, bahorgaça boşqa çiqindilar bilan aralaştirilsa, albatta, yerga soliş uçun tayyor mahalliy öğit böladi, atrof-muhitning ifloslanişiga barham beriladi.
Şahrimiz köçalarini aylanar ekanmiz, baʼzi xonadon egalari kir yuvilgan suvini asfaltlangan köça yuziga sepib taşlaganiga guvoh bölamiz. Sovun suvi taʼsirida yöl bora-bora yemiriladi, havoga esa turli mikroblar, viruslar, yoqimsiz, qölansa hidlar tarqaladi. Buningdek salbiy holatlarga barham bermoq lozim.
Istiqlol tufayli mahallalar va ovullar qiyofasi tubdan özgardi. Aholi soni esa yil sayin oşib bormoqda. Tumanda obodonlaştiriş, sanitariya-epidemiologiya, tabiatni muhofaza qiliş böyiça idoralar bor. Ularda ança xodim işlaydi. Bizningça, nomi tilga olingan idoralar xodimlari aholi örtasida tozalik, ozodalik böyiça tuşuntiriş işlari olib borişi, sanitariya madaniyatiga oid qonunlarga rioya etmaganlarni yuz-xotir qilmasdan qonuniy asosda jarimaga tortişlari darkor. Şuningdek, joylarda ekologiya, tozalik va ozodalikka oid şiorlar ham közga taşlanarli joylarda osilib turmoği kerak. Bu şiorlarni har kuni öqiyvergan kişi ulardagi sözlar mağzini anglab olişi tabiiy.
Albatta, ozodalik va tozalikka rioya etiş, atrof-muhitni muhofaza qiliş işlari mavsumiy emas, balki uni yil böyi bajariş şart. Bu haqda "Taraqqiyot közgusi” gazetasi sahifalarida va Amudaryo televideniyesi orqali doimiy ravişda reyd maqolalari hamda maxsus körsatuvlar berib boriş maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, atrof-muhit muhofazasi bilan boğliq muammolarni hal etişda barçamiz faol bölişimiz kerak.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶