Mahalla yettiligining hamjihatligi – farovonlik garovi
Mamlakatimizning çekka hududlarida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, eng avvalo, mahallabay işlaş tizimining qançalik samarali ekanligini yaqqol namoyon etmoqda. Amudaryo tumanining Tölqin ovul fuqarolar yiğini misolida ham uşbu fikrlarning hayotiy isbotini köriş mumkin. Tölqin ovulida hozirgi kunda 1 ming 623 ta xonadon mavjud bölib, ularda 2 ming 238 oila, jami 8 ming 783 nafar aholi tinç va farovon istiqomat qilib kelmoqda. Ovul fuqarolar yiğini raisi Faxriddin Jumabekov, hokim yordamçisi Ruslan Sağinbayev, xotin-qizlar faoli Gavhar Babatayeva, yoşlar yetakçisi Fozilbek Qurbonboyev, profilaktika inspektori Maʼrufat Toqliboyev, soliq inspektori Zulxumor Yuldaşeva hamda ijtimoiy xodim Dilfuza Abdullayevalardan iborat “Mahalla yettiligi” özaro hamjihatlikda, bir yoqadan boş çiqarib samarali faoliyat yuritmoqdalar va yuqori natijalarga erişmoqdalar.
Ovul aholisining kundalik ehtiyojlarini qondiriş maqsadida mahalla hududida köplab ijtimoiy va maişiy obʼektlar faoliyati yölga qöyilgan. Xususan, kelajak avlod taʼlim-tarbiyasi uçun 3 ta umumtaʼlim maktabi va 5 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti xizmat körsatmoqda. Bundan taşqari, hududda 7 ta oziq-ovqat dökoni, 2 ta sartaroşxona, şuningdek, aholiga toza içimlik suvini yetkazib beriş va tozalaşga möljallangan 6 ta şoxobça muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Ovulda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami ham doimiy eʼtibor markazida. Jumladan, 15 ta ehtiyojmand oilaga zarur yordam körsatildi, 20 nafar fuqaro esa tegişli nafaqa va moddiy yordam olişga yönaltirildi. Eʼtiborli jihati şundaki, “Tölqin” ovulida istiqomat qiluvçi jami 4 ming 425 nafar xotin-qizlardan 30 yoşdan yuqori bölgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 146 nafari xatlov asosida 2026-yilgi “Ayollar daftari”ning yettinçi bosqiçiga kiritildi va ularga manzilli yordam körsatiş tizimi yölga qöyildi.
Ovul yoşlarining böş vaqtini mazmunli ötkaziş va ularni sportga jalb qiliş borasida taşkillaştirilayotgan işlar ham tahsinga loyiq. Yoşlar yetakçisining amaliy kömagi bilan tungi vaqtlarda maktab sport zallarida basketbol, voleybol va mini-futbol böyiça musobaqalar, şuningdek, turli körik-tanlovlar muntazam ötkazib kelinmoqda. Natijada ovul yoşlari sport sohasida salmoqdi yutuqlarga erişib kelmoqda. 2022-yilda tölqinlik yoşlar stritbol böyiça “Beş taşabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqiçida faxrli 2-örinni egallab, hududda zamonaviy sport maydonçasi quriş uçun mablağ yutib olişga muvaffaq bölişgan edi. Bugungi kunda yoşlar uşbu maydonçadan samarali foydalanmoqda.
Ovul yoşlaridan tuzilgan futbol jamoasi esa Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarida ketma-ket uç yil – 2023, 2024 va 2025-yillarda tuman bosqiçi ğolibi böldi. Bundan taşqari, 2024-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi kubogini ham qölga kiritdi. 2025-yilda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ötkazilgan hokim kubogi va 2026-yil Navröz bayrami arafasidagi mini-futbol böyiça çempionat ğalabalari bilan jamoaning umumiy sovrinlari soni oltita kubokka yetdi.
Sportdan taşqari hunarmandçilikda ham yoşlar yuqori natijalarga erişmoqdalar. Ovulda yaşovçi sartaroş Hakimbek Ötamuratov joriy yilning 27-mart kuni Nukus şahrida Özbekiston Sartaroşlar va pardozçilar assotsiatsiyasi tomonidan taşkil etilgan musobaqada “masterlar” yönalişi böyiça faxrli 3-örinni qölga kiritdi.
Yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularning kelajagiga poydevor yaratiş maqsadida ovulda yaşovçi 33 nafar talabaning şartnoma tölovlari tölab berildi. “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 4 nafar yoş zamonaviy kasblarga örgatuvçi markazlarda tahsil oldi, 10 nafari kasb-hunarli böldi va yana 10 nafari doimiy iş bilan taʼminlandi. Tadbirkorlikka qiziquvçi 5 nafar yoşga jami 24 million söm miqdorida subsidiya ajratildi. Şuningdek, 2 nafar yigitning safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat badali, 4 nafarining fuqarolik pasporti hamda yana 4 nafar yoşning haydovçilik guvohnomasini oliş xarajatlarining bir qismi qoplab berildi.
Qişloq xöjaligi bilan şuğullaniş istagida bölgan 156 nafar yoşga 10 va 30-yil muddatga ijara asosida yer maydonlari ajratildi. 29 nafar yigit-qizga jami 516 million söm, şuningdek, yirik loyihalar uçun 2 nafar yoşga 150 million sömlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Iqtisodiy rivojlaniş va aholi bandligini taʼminlaş borasida hokim yordamçisining kömagi bilan joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida 15 nafar işsiz fuqaroga jami 580 million söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Umumiy hisobda 26 nafar fuqaro özini-özi band qilib, 14 nafari doimiy iş joyiga ega böldi. Migratsiyadan qaytgan 2 nafar fuqaroga kredit mablağlari olişga kömaklaşildi. Yil boşidan buyon hududda 7 ta yangi tadbirkorlik subʼekti öz faoliyatini boşladi.
Dehqon xöjaliklari va eksport qiluvçi korxonalar, brokerlar hamkorligini taʼminlaş orqali tomorqadan unumli foydalaniş tajribasi ommalaşmoqda. Jumladan, ovulda yaşovçi Azim Muxtorov 8 sotixli issiqxonasida pomidor, 25 sotix oçiq maydonda esa karam yetiştirib, oilasiga yuqori daromad keltirmoqda. Yana bir mirişkor Baxtiyor Muxtarov ham 6 sotixli issiqxonasida pomidor parvarişini yölga qöygan.
Fuqarolar yiğini raisi Faxriddin Jumabekov boşçiligida “Mahalla yettiligi” aʼzolari hududdagi yirik fermerlar bilan ham doimiy muloqotda bölib, muammolarni birgalikda hal etmoqda. “Xidirov Samad” fermer xöjaligi 38 gektar yerda paxta va 35 gektar maydonda ğalla yetiştirmoqda. Ayni kunlarda uşbu dalalarda çigitlarning bir tekis unib çiqayotgani kelgusi möl hosildan darak berib turibdi.
Iqtisodiy barqarorkni taʼminlovçi muhim omillardan biri bu soliq tuşumlaridir. Ovulda mol-mulk va yer soliği tölovlarining öz vaqtida undirilişi qatʼiy nazoratga olingan. Hudud böyiça jami hisoblangan 375 million sömlikdan ortiq soliqlardan bugungi kunga qadar 340 million sömdan ortiği öz vaqtida mahalliy byudjetga undirildi.
Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş yönalişida mart oyi holatiga köra, 208 ta kam taʼminlangan oila bolalar puli va moddiy yordam olmoqda. Hududda istiqomat qiluvçi 273 nafar nogironligi bölgan şaxs va uy taʼlimida öqiyotgan 3 nafar bola doimiy eʼtibor markazida.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş joizki, Tölqin ovulidagi “Mahalla yettiligi” aʼzolarining özaro jipslaşgan holda, tizimli olib borayotgan saʼy-harakatlari bugun öz mevasini bermoqda. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlar va yoşlar muammolarini hal etiş hamda hududni jinoyatçilikdan xoli, obod maskanga aylantiriş borasidagi bunday ibratli işlar mamlakatimizda olib borilayotgan xalqçil siyosatning eng quyi böğindagi yorqin va amaliy ifodasidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶