YoZGI TAʼTILNI KITOBLAR BILAN ÖTKAZING!
Kitob – insonning eng yaqin dösti, maslahatçisi, aql qayroği va bilim manbaidir. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz kitobni möʼtabar va muqaddas hisoblaşgan, qadrlaşgan. Insonning kitoblarni qança köp öqigani uning odobi, madaniyatida aks etadi.
25-may kuni tuman Axborot kutubxona markazida axborot bibliografiya xizmati tomonidan yoş kitobxonlarning qalbida kitobga mehr uyğotiş, mutolaa madaniyatini oşiriş maqsadida “Yoşlar bugunimiz va kelajagimizni quruvçi kuçdir” mavzusidagi axborot kuni ötkazildi. Axborot kuniga Amudaryo muhandislik texnikumi talaba-yoşlari iştirok etişdi. Axborot bibliografiya xizmati mutaxassisi Ş.Ollaberganova kutubxona markaziga yangi olib kelingan adabiyotlardan “Tanişing, yangi adabiyotlar” nomli kitob körgazmasi taşkil qilib, kitoblarning qisqaça mazmuni bilan taniştirdi va öqişga tavsiya qildi.
Boşlanayotgan yozgi dam oliş taʼtilini biri-biridan ajoyib kitoblar mutolaa qilib, mazmunli ötkazişlari uçun tuman yoşlarini Axborot kutubxona markaziga taklif qilib qolamiz.
R.Romanova, tuman Axborot kutubxona markazining axborot bibliografiya xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶