16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:41
Sport 👁 576

AMUDARYoLIK OSIYo KUBOGI GʻOLIBI, YoSh FUTBOLChI TAQDIRLANDI

AMUDARYoLIK OSIYo KUBOGI GʻOLIBI, YoSh FUTBOLChI TAQDIRLANDI

Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtiborning ijobiy natijalariga adabiyot, sanʼat, madanaiyat, sport, qoʻyingki, barcha sohalarda ham yaqqol guvoh boʻlayapmiz.

Shu yilning 18-mart kuni mamlakatimiz tarixida muhim sana sifatida qayd etildi. Shu kuni futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi – 2023 final bosqichida Oʻzbekiston yoshlar jamoasi iroqlik yosh futbolchilarga qarshi maydonga tushib, gʻalaba qozondi.

Mazkur oʻyinni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va boshqada davlat rasmiylari, sport sohasi masʼullari “Bunyodkor” stadionida koʻpsonli muxlislar qatorida tomosha qilishdi. Gʻalaba nashidasini yosh futbolchilarimiz davlatimiz rahbari bilan birga nishonlashdi. Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Prezident bosh sovrin – Osiyo Kubogini jamoaga topshirdi.

Futbolda erishilgan bu gʻalaba hech bir oʻzbekistonlikni befarq qoldirmadi desak, adashmagan boʻlamiz. Xususan, amudaryoliklarga yosh futbolchilar yutugʻi Navroʻzi olam shodliklariga shodlik qoʻshdi. Ushbu gʻolib jamoa aʼzosi, 5-raqamli himoyachi Javohir Oʻtamurodov tumanimiz oʻgʻloni ekanligi esa faxrdir.

U 2004-yilda Toʻlqin ovulida tugʻilgan. Boshlangʻich sinflarni 32-sonli maktabda, keyinchalik Nukus shahridagi 27-maktabda oʻqidi. Futbolga qiziqishi tufayli muntazam mashgʻulotlarga qatnashdi. Nukus Olimpiya zahiralari sport kollejida oʻqidi. Maktab, kollej oʻquvchisi davrida futbol musobaqalarida mahoratini namoyish etib, soha mutaxassislari eʼtiborini qozongani bois 2018-yildan 2021-yilgacha “Nasaf” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻldi, hozirgi kunda “Nasaf” futbol klubi markaziy himoyachisi, 2022-yildan 20 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasi aʼzosi. Shu kungacha oʻndan ortiq davlatlar yoshlari bilan boʻlgan bellashuvlarda qatnashib, gʻalabaga munosib hissa qoʻshdi, Xitoy yoshlari bilan boʻlgan bahsda yagona gol muallifi boʻldi.

Osiyo Kubogi oʻyinlari yakunlanganidan soʻng tumanimizga qaytgan futbolchini Nukus xalqaro aeroportida hukumat vakillari tantanali kutib olishdi.

Uning gʻalaba quvonchlarini birga baham koʻrish uchun tugʻilgan uyiga kelishi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Otasi, enasi, dadasi, onasi, qarindoshlari, ustozlari sinfdoshlari, qoʻni-qoʻshnilar jam boʻlib, goʻyo toʻy boʻldi. “Prezident sovgʻasi” yozuvi tushirilgan, Yurtboshimiz sovgʻa qilgan Oʻzbekistonda ishlab chirqarilgan “Jentra” avtomobili kalitini otasiga sovgʻa qilib, unga, enasini, bobo-buvisini ham mashinaga oʻtqazib qoʻyganida Javohir Oʻtamurodovga barcha havas qildi.

22-mart kuni Javohir Oʻtamurodov Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi va Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan ham munosib taqdirlandi. U “Navroʻz kubogi” sport musobaqalarining sektor gʻoliblari boʻlgan Toʻlqin, Xolimbeg ovullari, Beruniy, Qizilcholi mahallalari futbol jamoalari bellashuviga yigʻilgan yoshlar bilan uchrashdi. Chordara mahallasidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasida futbolsevar yoshlarga mahorat darsi oʻtdi, birgalikda markaziy hujumchi sifatida oʻynadi.

Osiyo kubogi gʻolibiga yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Javohir ularga batafsil javoblar berib, ularning futboldagi faoliyatiga, oʻqish, ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Osiyo kubogi gʻolibi Javohir Oʻtamurodov bilan oʻtkazilgan uchrashuv, mahorat darsi yosh futbolchilarimizga ulkan mativatsiya berdi, oʻzlariga boʻlgan ishonchini oshirdi.

Sevara Ismoilova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026