ÇORDARA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR ÖRTASIDA MUSOBAQALAR ÖTKAZILDI
Ayol-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etiş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida ovul va mahallalardagi ayol-qizlar örtasida Oila va xotin-qizlar qömitasi tuman bölimi va Sport maktabi bilan hamkorlikda sport musobaqalari taşkil etildi. Musobaqalarda barça mahallalardan 20-25 yoşdan yuqori bölgan ayollar va qizlar sportning stol tennisi, şaxmat-şaşka, voleybol, yengil atletika, gimnastrada va boşqa turlari böyiça bellaşdilar.
7-mart kuni Çordara mahallasida bölib ötgan mini futbol musobaqasining oçiliş marosimida tuman Sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov hamda sport murabbiylari, maktablarning jismoniy tarbiya öqituvçilari, fuqarolar yiğini masʼullari, xotin-qizlar faollari, yoşlar yetakçilari qatnaşişdi.
Tadbirni Sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov oçib berdi. U öz sözida bugungi kunda jamiyatimizda yoşlarni sport va jismoniy tarbiyaga qiziqtiriş, keng jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan muhim çora-tadbirlarga keng töxtalib ötdi. şuningdek, Yoşlarni soğlom va baquvvat qilib voyaga yetkaziş, ular örtasida jismoniy tarbiya va sportni keng tarğib etiş maqsadida ötkazilayotgan musobaqalarda yuzlab yoşlar faol iştirok etayotgani, tumanimiz şarafini munosib himoya qilib, faxrli örinlarni qölga kiritişayotgani haqida sözlab ötdi.
Şundan söng boşlab yuborilgan musobaqalarda ovul va mahallalardan taşrif buyurgan ösmir qizlardan taşkil topgan 9 ta jamoa iştirok etdi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qolaversa, beşta muhim taşabbus doirasida sport va soğlomlaştiriş işlari samaradorligini oşiriş maqsadida xotin-qizlar örtasida taşkil etilgan uşbu musobaqalar qizğin hamda murosasiz bahslarga boy böldi. Musobaqalar davomida barça jamoalar özlarining abjirliklarini körsatib, ğoliblik uçun harakat qilişdi.
Töp suriş böyiça eng kuçli va mahoratli deb topilgan, köp ball töplaşga erişgan jamoalar musobaqaning final bosqiçiga yetib kelişdi. Qizlar örtasida mini-futbol böyiça taşkil etilgan musobaqa öz nihoyasiga yetganidan söng, hakamlar hayʼati tomonidan ğoliblar aniqlanib, eʼlon qilindi.
Qizğin keçgan öyinlar davomida darvozaga eng köp töp kiritişga muvaffaq bölgan tuman Sport maktabi jamoasiga faxrli 1-örin ğolibligi nasib etdi. Uşbu jamoa 3-5-mart Xöjayli şahrida qizlar örtasida Qoraqalpoğiston Respublikasi kubogi uçun bölib ötgan futzal musobaqasida ham faxrli 1-örinni egallab, kubokni qölga kiritgan edi. Ularni tuman Sport maktabining tajribali trenerlari musobaqalarga tayyorlab, sportning uşbu turi böyiça mahorat sirlarini örgatib kelmoqda.
Şuningdek, musobaqa davomida ulardan ortda qolmaslikka harakat qilgan 35-sonli maktab jamoasi 2-örin, 41-sonli maktab jamoasi esa 3-öringa munosib deb topildilar.
Musobaqalar juda qizğin va kötarinki ruhda ötib, barçaga bahoriy kayfiyat baxş etdi. Tadbir yakunida ğoliblarga diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶