21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:11
Sport 👁 265

SPORT MAKTABI TRENERLARI OʻRTASIDA STOL TENNISI VA MINI-FUTBOL BOʻYIChA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

SPORT MAKTABI TRENERLARI OʻRTASIDA STOL TENNISI VA MINI-FUTBOL BOʻYIChA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

Prezidentimizning 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Sport maktabi trenerlari, xodimlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqalarda sport maktabi direktori Charsham Tojimurodov ishtirok etdi va maktabda mazkur Qaror ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida keng toʻxtaldi.

Sportning barcha turlari bilan shugʻullanish uchun sport maktabida yetarli shart-sharoitlar yaratilgani, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlangani, shuningdek, chekka hududlarda ham sportni rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida oʻtkazilayotgan tadbirlar samarasi tuman sportchilarining turli musobaqalardagi yutuqlari misolida namoyon boʻlayotgani haqida soʻzlab, bu galgi musobaqalarda ishtirok etayotgan maktab xodimlari, trenerlarga omad tiladi.

Dastlab sportning stol tennis turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda 52 nafar xodim ishtirok etishdi. Mahoratli murabbiylar, turli nufuzli musobaqalar gʻoliblari boʻlgan yosh sportchilarga stol tennis turining sirlarini oʻrgatgan tajribali trenerlar oʻrtasida kechgan bahslar juda qizgʻin boʻldi. Biri-biridan mohirligini, abjir va chaqqonligini koʻrsatishga harakat qilib, gʻoliblik uchun intilishdi. Musobaqa yakunida raqiblarini yengishga erishgan sport maktabi direktori oʻrinbosari Bahrom Soatov 1-oʻrin sohibi boʻldi. Ushbu sport turi boʻyicha oʻzi mahoratini sinab koʻrgan maktabning shaxmat sporti treneri Zafar Qurbonov 2-oʻrinni, futbol boʻyicha trener Temur Sobirov esa 3-oʻrinni egalladi.

Stol tennis boʻyicha musobaqa Sport maktabining trener ayol-qizlari oʻrtasida ham bahslarga boy tarzda oʻtdi. Natijalarga koʻra maktabning badminton sporti boʻyicha treneri Zuhra Shomurodova 1-oʻrin, Ibodat Sharifboyeva 2-oʻrin, Umida Bozorboyeva hamda badiiy gimnastika murabbiysi Shahodat Rajabovalar 3-oʻrin sovrindorlari deb topildilar.

Shu kuni Prezidentimizning 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida sportning mini-futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Tuman sport maktabi ochiq birinchiligi uchun oʻtkazilgan ushbu musobaqalarda 15-16 yoshdagi oʻsmirlardan tashkil topgan jamoalar bellashishdi. Musobaqalarda 7 ta jamoa ishtirok etib, maydonda toʻp surish boʻyicha mahoratlarini koʻrsatishdi.

Bahslarga boy tarzda, qiziqarli oʻtgan musobaqa tuman Sport maktabining futbol treneri Temur Sobirov jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, 7 ta jamoa ichida 32-sonli maktab jamoasi 2-oʻrin, 11-sonli maktab jamoasi 3-oʻrin gʻolibi deb topildi.

Sport maktabi xodimlari, trenerlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlariga maʼmuriyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026