JISMONIY VA YuRIDIK ŞAXSLARNING MUROJAATLARI YaNGI QONUN BILAN TARTIBGA SOLINADI
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barça sohalarda çuqur islohotlar, davlat va jamiyat taraqqiyoti, inson manfaatlari yölida beqiyos işlar amalga oşirilmoqda.
Aytiş kerakki, islohotlarning joylarda qanday amalga oşirilayotganligi fuqarolarning hamda yuridik şaxslarning ariza, taklif va şikoyat tarzidagi murojaatlari orqali ham baholanadi. Şu sababli jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va davlat muassasalariga murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş maqsadida 2014-yilning 4-dekabridan "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni kuçga kirdi.
5 ta bob va 31 ta moddadan iborat uşbu Qonunga köra, jismoniy va yuridik şaxslar davlat organlariga murojaat etiş huquqiga ega. Murojaat etiş huquqi ixtiyoriy amalga oşiriladi.
Heç kim biron-bir murojaatni himoya qilişga yoxud unga qarşi qaratilgan harakatlarda iştirok etişga majbur qilinişi mumkin emas. Murojaat etiş huquqining amalga oşirilişi boşqa jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, şuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
Murojaatlar oğzaki, yozma yoxud elektron şaklda, arizalar, takliflar va şikoyatlar tarzida bölişi mumkin. Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oşirişda yordam körsatiş töğrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat. Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillaştirişga doir tavsiyalarni öz içiga olgan murojaat. Şikoyat esa buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklaş va qonuniy manfaatlarni himoya qiliş töğrisidagi talab bayon etilgan murojaatdir.
Aytiş kerakki, murojaatlar, ularning turi va şaklidan qatʼiy nazar, bir xil ahamiyatga ega.
Qonunning 6-bobida murojaatlarga qöyiladigan talablar körsatib ötilgan. Unga köra, jismoniy şaxsning murojaatida jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi maʼlumotlar körsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak. Yuridik şaxsning murojaatida esa yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan yeri (poçta manzili) töğrisidagi maʼlumotlar körsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qiliş imkoniyatini beradigan boşqa rekvizitlariga ega bölgan elektron hujjat şaklida va qonunda belgilangan talablarga muvofiq bölişi kerak.
Aytiş kerakki, jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan yeri (poçta manzili) töğrisidagi maʼlumotlar körsatilmagan yoxud ular haqida yolğon maʼlumotlar körsatilgan, şuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
Qonunning muhim jihati şundaki, murojaat etiş huquqidan foydalanilayotganda jismoniy şaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsiy va ijtimoiy mavqeiga, şuningdek yuridik şaxslarning mulk şakli, joylaşgan yeri (poçta manzili), taşkiliy-huquqiy şakllariga va boşqa holatlariga qarab kamsitişga yöl qöyilmaydi.
Murojaat qiluvçining huquqlarini himoya qilgan holda, qonunga binoan murojaatlarni körib çiqişda jismoniy şaxslarning şaxsiy hayoti, yuridik şaxslarning faoliyati töğrisidagi maʼlumotlar ularning roziligisiz davlat organlari xodimlari tomonidan oşkor etilişiga yöl qöyilmaydi hamda jismoniy şaxsning iltimosiga köra uning şaxsiga doir biron-bir maʼlumot oşkor etilmasligi kerak.
Uşbu Qonun bilan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari munosabati bilan ularning xavfsizligi ham kafolatlangan. Yaʼni, jismoniy şaxsni, uning vakilini, ularning oila aʼzolarini, yuridik şaxsni, uning vakilini va yuridik şaxs vakilining oila aʼzolarini ular öz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini röyobga çiqariş yoki himoya qiliş maqsadida davlat organlariga murojaat etganligi, şuningdek murojaatlarda öz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taʼqib etiş man etiladi.
Ariza yoki şikoyat masalani mazmunan hal etişi şart bölgan davlat organiga kelib tuşgan kundan eʼtiboran ön beş kun içida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda bir oygaça bölgan muddatda, taklif esa davlat organiga kelib tuşgan kundan eʼtiboran bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi.
Taʼkidlaş kerakki, anonim murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmagan taqdirda, jismoniy va yuridik şaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar hamda qonunda belgilangan boşqa talablarga muvofiq bölmagan murojaatlar körib çiqilmaydi.
Qonunning alohida ahamiyatli jihatlaridan yana biri – unda davlat organlari murojaatlarni körib çiqişda qonunga xilof harakatlarga (harakatsizlikka) barham berişga doir çora-tadbirlarni darhol körişi, öz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilişiga olib kelayotgan sabablar va şart-şaroitlarni aniqlaşi, murojaat etganligi munosabati bilan jismoniy şaxs, uning vakili, ularning oila aʼzolari, yuridik şaxs, uning vakili va yuridik şaxs vakilining oila aʼzolari taʼqib qilinişiga belgilangan tartibda barham berişi, murojaat etuvçiga körib çiqiş natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat körib çiqilganidan söng yozma yoxud elektron şaklda darhol xabar qilişi hamda murojaatni körib çiqqan davlat organi, uning mansabdor yoki boşqa vakolatli şaxslari murojaatni körib çiqiş natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilişi, şuningdek agar jismoniy yoki yuridik şaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilişi natijasida moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan bölsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning örnini qoplaş yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qiliş böyiça çora-tadbirlar körişi şartligi belgilab qöyilganidir.
Xulosa qilib aytganda, yangi Qonunning qabul qilinişi jismoniy va yuridik şaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qöşimça kafolatlar yaratiş bilan birga, mansabdor şaxslarning jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş borasidagi masʼuliyatini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.
Farxod ALLAMBERGENOV,
tuman prokurori, adliya maslahatçisi.
Foto - http://www.navoi.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶