Tahririyatlarimiz – davlat granti sohibi
Joriy yilning iyun oyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan 3 ta nominatsiya böyiça davlat granti uçun tanlov eʼlon qilingan edi.
Noyabr oyida mazkur grant tanlovlarining natijalari eʼlon qilindi va 27 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi binosida ötkazilgan yiğilişda grant tanloviğoliblariga sertifikatlar topşirildi.
Tanlov yakuniga köra "Taraqqiyot közgusi” va "Mening oilam” gazetalari hamda www.amunews.uz veb-sayti tahririyatlarining loyihalari ham ğolib, deb topildi.
Fond mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasining qaroriga köra "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatiga "Atrof-muhitni muhofaza qilişga, aholi salomatligini mustahkamlaşga va jamiyatda soğlom turmuş tarzini yuksaltirişga kömaklaşiş” nomli loyiha uçun 14 million söm, "Mening oilam” gazetasi tahririyatiga "Yoşlar va yoş oilalarni namunali oilalar tajribasi asosida köp asrlik va sinovdan ötgan milliy anʼana va qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga kömaklaşiş” nomli loyiha uçun 14 million söm, www.amunews.uz veb-sayti tahririyatiga "Oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanaçilik, xalq hunarmandçiligi va boşqa tadbirkorlik faoliyati turlarini, ayniqsa, qişloq joylarda rivojlantirişga kömaklaşiş” nomli loyiha uçun 14 million söm miqdorida davlat granti ajratildi.
Suratda: Fond mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasi raisi A.Saidov (öngda) tahririyatlar boş muharriri Ğ.Yeşniyozovga davlat granti sertifikatini topşirmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶