Unutilmas xotiralar
Uyga kelsam mehmonlar kelgan ekan. Keyinçalik bilsam, ular "Amudaryo haqiqati” gazetasi muharriri Sobir aka Yusupov, muharrir örinbosari Nurulla aka Xudoyorov, gazetaning masʼul kotibi Sobir aka Qutlimurodov, suratçi Safarboy Şomurodov va Tursunboy aka Davlatboyevlar ekan. Ular qöllaridagi gazetani öqib suhbatlaşar, quvonçdan dillari yayrab ötirardilar. Bu 1965-yilning yoz fasli, "Amudaryo haqiqati” gazetasi va 4-bosmaxona qayta taşkil qilingan davr edi. "Oçil, öğling nimaga qiziqadi”, deb akam (otamni biz aka deb atardik)dan söraşganlarida u kişi mening adabiyotga va surat olişga qiziqişimni, fototögarakda fotoapparat bilan suratga olişni örganganligimni aytdi. Şunda Nurulla aka Xudoyorov menga "ertaga tahririyatga bor, Safarboy akangga yordamçi bölasan”, deb tayinladi.
Tahririyatda Nurulla aka Xudoyorov va Sobir aka Qutlimurodovlar gazetaga xabar yozişga qiziqiş uyğotdi. Köp ötmay "Sinfimiz aʼloçilari” deb nomlangan birinçimaqolam çiqdi. Keyinçalik gazetada xabar, lavha, hikoya, hajviya, şeʼrlarim bilan qatnaşib turdim. Maktabni bitirgaç, mustaqil hayotga ilk qadamimni 4-bosmaxonada şogird bölib işlaşdan boşladim. Nukus poligrafkombinatida linotipçilar tayyorlaş öquv kursida öqidim. Linotip maşinasida harf teriş va uni sozlaşni örgandim. 1969-yil 4-bosmaxonaga linotip maşinasi keldi va uni menga linotipda harf teriş va sozlaşni örgatgan ustozim Kenjaboy aka Yerniyazov bilan qurib, işga tuşirdik.
Tumanimizda 4-bosmaxonada birinçi linotipda harf tergan Umida opa Mambetova böldi va menga oq fotihasini berdi. Bosmaxonada gazetaga linotipda harf teriş boşlandi. Serqirra ijodkorlarning yozganlarini birinçi öqiş va harflarda teriş zavqli iş, qiyin, masʼuliyatli vazifa edi. Yoş işçilarga özlarining tajribalarini örgatib, işga havas uyğotgan ustozlar Gulbiy opa Davletmurodova, Kunjarqin opa Otamurodova, gazeta sahifalovçi Momojon opa Abdullayevalar bizlardek yoşlarni bosiq, çidamli, vazmin bölib işlaşimizga undardi. Harf teriş igna bilan quduq qazişdek gap. Gazetani çop qiluvçi Rajab aka Abdullayev, Saʼdulla aka Qurolov işlarini Oyimjon opa Niyozova, Jumagul Sobirova, Bibirobiya Omonovalar davom qildirdilar. Qişloq qizi Jumagul Erdoşeva Manğitga turmuşga çiqqaç, iş faoliyatini bosmaxonada harf teruvçilikdan boşlab, gazetani çop qilişni ham mukammal örgandi. Linotipda harf terişda ilk mehnat faoliyati bosmaxonada işlaşdan boşlangan Jumaboy Abdullayev köplab şogirdlar çiqardi. Jumagul Erdoşeva, Gulandom Yangiboyeva, Dilbar Jumamurodova, Ulbösin Obdolova, Norgul Yusupova oliy maʼlumotli muhandis-texnolog Gulbahor Ibrohimova kabi yoşlarga linotipda harf terişni Maryam Begaliyeva bilan örgatdilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlariaro raqobatlaşuvda 4-bosmaxona mehnat jamoasi gohida ğolib, gohida yuqori örinlarni olib keldi.
Vaqt ötgaç, şogirdlikdan usta darajasiga yetib işladim.
Gazetani çop qilişda fidokorlik körsatib uzoq yillar işlagan Jumaboy Boltaboyevning hissasi katta.
Joriy yilda gazeta taşkil qilinganligining 80 yilligi nişonlandi. Ha, öz mehnatlari tufayli elga tanilgan 4-bosmaxona sobiq işçilaridan tortib, hozirgi kunda mehnat qilayotgan matbaaçilarning gazeta bosmadan çiqişida salmoqli hissalari bor, albatta. Buni aslo unutib bölmaydi.
Davlatboy Oçilov,
mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶