MUSIQA VA SANʼAT MAKTABIDA USTOZ SANʼATKOR BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Sanʼat odamlarning estetik talablarini qondiriş bilan birga, öz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini aqliy va hissiy jihatdan rivojlantiriş vositasi bölib kelgan. Sanʼat odamlarning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatini namoyon etuvçi badiiy ijodiyot mahsulidir.
Inson zoti borki, musiqa va sanʼat asarlaridan bahra oladi, goh sokin, goh jöşqin, goh dardli kuy-qöşiqlarni tinglab, orom oladi, dunyoni, özini, özligini anglaşga, tiriklik, hayot mazmun-mohiyatini teranroq anglaşga intilaveradi. Şu barobarida elga manzur qöşiqlar ijro etgan sanʼatkorlarga hurmat-eʼtibori ortaveradi.
Tumanimizda sanʼat sohasida öziga xos maktab yaratgan, yoşlarning sevimli murabbiysi, dilga yaqin qöşiqlari bilan nafaqat tumanda, hatto mamlakatimizda, xorijda ham öz ijrosi bilan tinglovçilar qalbini zabt etgan Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulmurza Nurmatov ham ana şunday hofizlarning biri desak, adaşmagan bölamiz.
U uzoq yillar tumandagi Bolalar musiqa va sanʼat maktabida direktor, tuman Madaniyat bölimi mudiri lavozimlarida sidqidildan mehnat qildi. Özining ijroçilik mahorati, ijodkorligi bilan, sanʼatga fidoyiligi bilan şogirdlarining yuksak hurmat-eʼtiborini qozongan Gulmurza Nurmatov bu yil hayotining tabarruk saksoninçi bahorini qarşi oldi.
Şu munosabat bilan joriy yilning 29-martida tuman Bolalar musiqa va sanʼat maktabida otaxon hofiz bilan maktab öquvçilarining uçraşuvi bölib ötdi. Tuman madaniyat bölimi, maktab rahbariyati hamkorligida taşkil etilgan keçaga öquvçilar, öqituvçilar, Gulmurza Nurmatovning sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan şogirdlari iştirok etdilar.
Tadbirni tuman Madaniyat bölimi xodimi, suxandon Oybek Begimov boşqarib bordi. Sözga çiqqan tuman Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yöldoş Abdalov ustoz sanʼatkorni 80 yillik yubileyi bilan qizğin qutldi. Ustozning bosib ötgan hayot va ijodiy yöli, sermahsul faoliyati haqida berilgan maʼlumotlar öquvçilarda katta taassurotlar qoldirdi.
Gulmirza Nurmatov ham sanʼat yölini tanlagan yoşlarni maşaqqatlardan çöçimay, ijodiy barkamollik sari dadil intilişga, xalqimizga manzur böladigan kuy-qöşiqlar yaratib, maromiga yetkazib ijro etişga daʼvat etdi. Öz navbatida umtoz ijodkor öziga körsatilayotgan hurmat-eʼtibor uçun Bolalar musiqa va sanʼat maktabi rahbariyatiga minnatdorçilik bildirdi.
Tadbirda iştirok etgan maktab öqituvçilari, öquvçilari Gulmurza Nurmatovga ijodiy faoliyatiga doir özlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.
Tadbir söngida Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari ijrosida kontsert dasturi namoyiş etildi. Bolaligidan Usmon Ahmedov, Nazir Rahimov, Rajabboy Bobojonov kabi sanʼat darğalari nazariga tuşib, ulardan ulkan saboqlar olib, birga ijod qilgan ustoz ijodkor bugun tabarruk yoşga yetdi. Yoşligidan elimizning suyukli sanʼatkorlari bilan sahnalarda birga kontsert dasturlarda qatnaşib, ularning sanʼatidan, el xizmati yölidagi fidoyiliklaridan örnak olib kelgan Gulmirza Nurmatov hayoti davomida ustozlarining yölini şaraf bilan davom ettirdi. Sakson yoşida ham ovozidagi jöşqinlik, kuylaş iştiyoqi sönmagan ustoz sanʼatkorning hayotidan, faoliyatidan barça ibrat olsa arziydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶