Köçmas mulk hamişa himoyada
Mamlakatimizda aholining yer va mulkka bölgan huquqini muhofaza qiliş, bu borada qonun ustuvorligini taʼminlaş böyiça qator amaliy işlar qilinmoqda. Yer kadastri va köçmas mulkka bölgan huquqni davlat tomonidan röyxatdan ötkaziş tizimini yaxşilaş, sohani yanada takomillaştiriş borasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi "Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori muhim dasturilamal bölmoqda. Işbilarmonlik muhitini tubdan yaxşilaş, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş bilan boğliq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartiriş, şuningdek Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi "Işbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxşilaş va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik beriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilingan uşbu qaror bilan "Köçmas mulkka bölgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisida”gi hamda "Tuman (şahar) yer kadastri daftarini yuritiş tartibi töğrisida”gi Nizomlar tasdiqlandi.
"Köçmas mulkka bölgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisida”gi Nizom yuridik va jismoniy şaxslarning yer uçastkalariga, binolar va inşootlarga (şu jumladan, yer osti inşootlariga), köp yillik dov-daraxtlarga bölgan huquqlarini, şuningdek ipotekani hamda binolar va inşootlar, yer uçastkalariga bölgan aşyoviy huquqlar ipotekasi töğrisidagi şartnomalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllab, "bir oyna” tamoyili böyiça davlat röyxatidan ötkaziş tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, köçmas mulkka bölgan mulk huquqi va boşqa aşyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelişi, boşqa şaxsga ötişi, çeklanişi va bekor bölişi, şuningdek ular bilan boğliq bitimlar davlat röyxatidan ötkazilişi şart.
Aytiş kerakki,yuridik va jismoniy şaxslarning köçmas mulkka bölgan mulk huquqi va boşqa aşyoviy huquqlari uşbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat röyxatidan ötkazilgandan keyingina kuçga kiradi. Biror yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan foydalanilayotgan yer uçastkasi, bino yoki inşootlar, agar ularga egalik huquqi davlat röyxatidan ötkazilmagan bölsa, mazkur jismoniy yoki yuridik şaxsga tegişli emas, deb hisoblanadi.
Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş - yuridik va jismoniy şaxslarning, jumladan, bitimlar asosida yuzaga keladigan köçmas mulkka bölgan huquqlarining vujudga kelganligini, boşqa şaxsga ötganligini, çeklanişini (yuklanişini), bekor bölişini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy harakatdir.
Yuridik va jismoniy şaxslarga qonun hujjatlarida nazarga tutilgan kadastr va röyxatga oliş xizmatlarini töliq hajmda körsatiş uçun yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasi tarkibida «bir oyna» bölimi taşkil etiladi.
Yuridik va jismoniy şaxslar köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun davlat röyxatidan ötkazuvçi organga özlarining tanlovlariga köra, telekommunikatsiya kanallari böyiça elektron hujjat körinişida murojaat qilişga haqlidirlar.
Ariza elektron raqamli imzoni qöllagan holda rasmiylaştiriladi va zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda Özbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr” davlat qömitasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va axborot resursi orqali elektron şaklda jönatiladi.
Hozirda tuman "Yer tuziş va köçmas mulk kadastri” davlat korxonasida ham yuridik va jismoniy şaxslarning köçmas mulkka bölgan huquqlarini davlat röyxatidan ötkaziş işlari "Bir oyna” tamoyili böyiça amalga oşirilmoqda.
Ilgari fuqarolarning yer uçastkasi va binolarga bölgan egalik huquqini davlat reyestridan ötkaziş alohida yuritilib, bu köp vaqt talab qilar, turli hujjatlar tayyorlaşga töğri kelardi. Endilikda tadbirkorlarga qulay bölişi uçun bu jarayonlar ixçamlaştirildi. "Yer kadastri kitobini yuritiş tartibi töğrisida”gi Nizom asosida mulkka bölgan huquqni davlat tomonidan röyxatdan ötkaziş soddalaştirildi.
Joriy yilning 8 oyi davomida Amudaryo tumani "Yer tuziş va köçmas mulk kadastri” davlat korxonasi tomonidan jami 767 ta tadbirkorlik subʼektlarining mulklari tegişli tartibda davlat röyxatidan ötkazildi. Şuningdek, tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim muassasalari hamda tuman tibbiyot birlaşmasi va unga qaraşli joylardagi tibbiyot muassasalarining kadastr hujjatlarini tayyorlaş va davlat röyxatidan ötkaziş işlari yakuniga yetkaziliş arafasida.
Korxonamiz tomonidan joriy yilning boşidan şu kunga qadar 881 ta turar joylar xatlovdan ötkazilib, şulardan 580 ta turar joyga egalik huquqi davlat röyxatidan ötkazildi.
Şu örinda yurtdoşlarimizga eslatib ötmoqçimizki, Özbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 84-moddasiga asosan köçmas mulkka egalik huquqi va boşqa aşyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelişi, boşqa şaxslarga ötişi, çeklanişi va bekor bölişi davlat röyxatidan ötkazilişi kerak.
Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 160-moddasiga asosan fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqini, köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişni amalga oşiruvçi organlarda öz vaqtida rasmiylaştirmasligi eng kam iş haqining bir baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Şunday ekan, özimizning foydalanuvimizdagi köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişni unutmaylik!
Ikrom KARIMOV,
tuman "Yer tuziş va köçmas mulk kadastri” davlat korxonasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶