Kecha va bugun
Tarixning yelkasi yolgʻondan yagʻir,
Yolgʻonni rad etgan haqiqat sagʻir.
Oʻylasam, oʻrtanib ketadi bagʻir,
Hurlik, deb jon bergan bobolarimni.
Dinni xurofot deb tashladi oʻtga,
Ayovsiz xoʻrliklar yoʻllashib yurtga.
Tiz choʻktirsa netay, begona, yotga,
Tili sugʻurilgan bolalaringni.
Qandoq unutayin, oʻlib-tirilib,
Olti milyon tonna paxta terilib,
Gʻaznalar toʻlganda chetga surilib,
Oh, tortgan elimning nolalarini.
Tarixda afgʻonlar qoldi Afgʻondan,
Oʻn sakkizda soʻlgan yor-u jahondan.
Unutmoq osonmas dard-u figʻondan
Bellari bukchaygan onalarimni.
Kecha biz kim edik?
- Kulfatga botgan,
Erksizlik domida gʻaflatda qotgan,
Aytsam, tilim kuyar gʻurbatda yotgan,
Ichdan fido boʻlgan donolarimni.
Bugun biz kim boʻldik?
- Buyuk mamlakat -
Dunyoga oʻz soʻzin aytguvchi millat.
Tinch-totuv, qon-qardosh ulugʻ saltanat -
Koʻring, OZODLIKning maʼvolarini.
Har koʻngil koʻshkida Istiqlol nazmi,
Oʻzgarish, intilish – Istiqbol azmi.
Mehrdan rang olgan BAXT-IQBOL bazmi
Quchib yotar Vatan samolarini.
Tarix sahfasida zarhal satrlar:
dunyoga sochilmish xushboʻy atirlar.
Tinchlik neʼmatidan osmon bagʻirlar,
Chaling-yey, Istiqlol navolarini!Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶