TAʼLIM MUASSASALARIDA OʻQUV-TARBIYa SAMARADORLIGINI YuQORI SIFAT DARAJASIGA KOʻTARISh - DAVR TALABI
Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri Ozod MATMURATOVning
tuman oʻqituvchilarining 2014-yilgi anʼanaviy
Avgust kengashidagi
M A ʼ R U Z A S I
Hurmatlidoʻstlar! Aziz mehmonlar!
Anʼanaga aylanib qolgan tuman oʻqituvchilarining Avgust kengashi bu yil "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, goʻzal Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilmoqda. Oʻtayotgan har bir kunbizni mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 23-yilligi tantanalari sari yetaklamoqda. Fursatdan foydalanib, men Sizlarni va Siz orqali butun mehnat jamoalaringizni biz uchun eng qadrli boʻlganushbu qutlugʻ bayram bilan, shuningdek, mazkur bayramga hamohang tarzda nishonlanadigan Bilimlar kuni bilan qizgʻin muborakbod qilaman!
Hurmatli hamkasblar!
Avvalo, eʼtiboringizni bugungi anjumanimiz ishida alohida diqqat markazimizda turishi lozim boʻlgan jihat – tumanimizda taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlarni, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni tahlil qilish, ulardan tegishli xulosa chiqarib, kelgusi faoliyatimiz yoʻnalishini belgilashdek muhim masalaga qaratmoqchiman.
Muhtaram Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab oʻtmishda shakllangan taʼlim tizimini tubdan isloh qilmasdan turib, eski kommunistik mafkuraning qolip va aqidalaridan butunlay voz kechmasdan, yoshlarning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlamasdan turib, yangi jamiyatni barpo etib boʻlmasligi haqida qatʼiy xulosaga kelganligini aytib, Oʻzbekistonda yashayotgan aholining 60 foizidan ortigʻini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu islohotlarning zarurati va roli oʻz-oʻzidan tushunarli va ravshan boʻlishini taʼkidlab oʻtgan edi.
Muhtaram Prezidentimiz oʻz maʼruzalarida mamlakatimizda qabul qilingan milliy dasturga koʻra, 9+3 sxemasi boʻyicha 12 yillik umumiy majburiy bepul taʼlim tizimi joriy etilgani, bu avvalambor, 12 yillik toʻliq bepul, majburiy taʼlim qonuniy asosda yoʻlga qoʻyilganini anglatishi, agar inson oʻz mamlakati Konstitutsiyasi, xalqi va Vatani oldidagi farzandlik burchini bajarishni istasa, u birinchi navbatda, oʻz farzandining 12-yillik taʼlim olishini taʼminlashi, buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berishi kerakligini, bu modelning printsipial xususiyati, avvalambor, umumtaʼlim maktabidagi 9 yillik oʻqishdan soʻng oʻquvchilar 3-yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumtaʼlim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik boʻyicha kasb-hunarlarni ham egallashi va hozirda respublikamizda zamonaviy meʼmorchilik loyihalari asosida 1500 ta ana shunday kollej va litseylar barpo etilganini aytib oʻtgan edi.
Ushbu tizimning muhim jihati shundaki, majburiy taʼlimdan soʻng yosh yigit-qizlarimiz, oʻz xohishlariga koʻra, bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlish uchun oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishni davom ettirishlari mumkinligi, taʼlim-tarbiya sohasini isloh qilish dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida uzluksiz taʼlimning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi.
Mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar boshlanganidan buyon oliy oʻquv yurtlari soni 2-marta oshib, bugungi kunda 60 ta universitet va institutda230 ming nafardan ziyod talaba tahsil olayotgani, Oʻzbekistonda Yevropa va Osiyoning bir qator yetakchi oliy oʻquv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari faoliyat yuritayotgani, hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi va Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy oʻquv yurti – Kembrij universiteti bilan birgalikda Yuksak texnologiyalar oʻquv-tajriba markazi tashkil etilayotganligi, 2014-yilning sentyabr oyidan boshlab yurtimizda Janubiy Koreyaning Inxa universiteti filiali faoliyat koʻrsatishi, uning asosiy yoʻnalishini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter muhandisligi sohasidagi taʼlimni tashkil etishdan iboratligi, yoshlarimizning minglab iqtidorli vakillari Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSh, Frantsiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlarida taʼlim olayotgani, ularning bilim va malakasini oshirishda keng imkoniyatlar ochib berilishi barchamizga yuksak gʻurur baxsh etadi.
Bugungi kunda, BMT maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizda taʼlimga yoʻnaltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortigʻini tashkil etayotgani, boshqacha aytganda, Oʻzbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz mablagʻ aynan taʼlim-tarbiya sohasiga yoʻnaltirilayotganligi, jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri – "INSEAD” tomonidan 2012-yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston 141 mamlakat orasida 53-oʻrinni, taʼlim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, taʼlim maqsadlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha esa dunyoda beshinchi oʻrinni egallagani ortiqcha izohga oʻrin qoldirmasa kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uni amalga oshirish bosqichlari, maʼnaviy – maʼrifiy sohadagi yutuqlarimiz taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Mustaqillik yillarida xalq taʼlimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora – tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy oʻquv yurtlari tashkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. 2004-yil 21-mayda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2004 – 2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida»gi farmoni eʼlon qilindi.
Oliy taʼlim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi.
Taʼlim sohasini rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablari uchun 2004-2009-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi ishlab chiqildi va u hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etildi. Maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida 8500 dan ziyod maktabda qurilish-tiklash ishlari bajarildi. Dastur doirasida qayta tiklash ishlari amalga oshirilgan maktablarning 1326 tasi yoki 16 foizi shaharlarda, 6887 tasi yoki 81 foizi qishloq hududlarida, 288 tasi esa borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan boʻlib, bu ishlar shahar va qishloq maktablarining moddiy-texnik bazasi orasidagi tafovutning barham topishiga imkon berdi.
Jumladan, tumanimizda ushbu yoʻnalishda olib borilgan saʼy harakatlar natijasida erishilgan natijalarga eʼtiboringizni qaratishga ruxsat bersangiz.
Bundan 20-yil oldin – 1994-1995-yillarda mavjud taʼlim muassasalari moddiy bazasi jihatidan nihoyatda nochor ahvolda faoliyat yuritayotgan edi. Umumtaʼlim maktablari soni 70 ortiq boʻlgan boʻlsa, ularning faqatgina 24 tasi zamonaviy binolarda joylashgan, ulardagi butun taʼlim tizimi bir xillikka asoslangan edi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilib, uni tubdan qayta isloh qilish boshlandi.
2014-yilga kelib zamonaviy tipdagi maktablar soni 60 taga yetkazildi.
2004-yilda jami maktablarning 4 tasida zamonaviy tipdagi kompyuter sinflari mavjud edi, 2014-yilga kelib ular soni 53 taga yetkazildi. Bundan tashqari, personal kompyuterlar soni 22 taga yetdi. 2014-yilda taʼlim muassasalarining 14 tasiga zamonaviy noutbuklar, elektron doskalar keltirildi va qolgan umumtaʼlim maktablarini ham ushbu jihozlar bilan toʻliqtirish ishlari davom qilmoqda.
2004-yilda maktablarning 24 tasida sport zallari mavjud edi. 2014-yilga kelib 48 maktabda 50 taga yetkazildi.
Tumanda bugungi kunda jami 82 ta umumtaʼlim maktablari (shu jumladan 6 ta boshlangʻich taʼlim maktablari), 37 ta maktabgacha taʼlim, 1 ta maktabdan tashqari tarbiya muassasasi ("Barkamol avlod” bolalar markazi), 3 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablari – jami 125 ta muassasa faoliyat koʻrsatmoqda.
Tumanimizda mavjud 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalarining 16 tasi zamonaviy tipdagi binolarda, 21 tasi esa moslashtirilgan binolarda faoliyat koʻrsatadi.
3 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining barchasi zamonaviy tipdagi binolarda faoliyat koʻrsatmoqda.
Sanʼatga oshufta oʻgʻil-qizlarimiz uchun - Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi zamonaviy oʻquv binosida faoliyat koʻrsatmoqda va "Daryo boʻyi” mahallasida 2014-yilda 150 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan yangi oʻquv binosi qurib, foydalanishga topshirildi.
Tumandagi "Barkamol avlod" bolalar markazi binosi 2013-yilda kapital rekonstruktsiya qilindi va foydalanishga topshirildi.
2014-yilning manzilli davlat investitsiya dasturi doirasida jami 2 ta, shu jumladan Amir Temur nomli ovuldagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida "Amudaryosuvqurilish” MChJ tomonidan 968,9 mln. soʻmlik kapital rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda, maktabga 270 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan yangi oʻquv binosi qurib bitkazilmoqda.
Qilichboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida kapital rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun 668 mln. soʻm davlat mablagʻi ajratilgan.
Aziz doʻstlar!
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi joriy qilinmasidan oldin taʼlim sohasidagi muhim hujjat - "Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20-avgustdagi 409-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda oʻqituvchilar turmushining moddiy sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa mehribonlik uylari oʻqituvchi va tarbiyachilari ish haqlarini oshirish boʻyicha huquqiy asoslar yaratildi.
Ushbu qaror bilan har bir maktabning 1-sinfiga qadam qoʻyadigan jajji oʻgʻil-qizlarning umrbod esida qoladigan "Prezident sovgʻasi” joriy qilinishi juda katta ahamiyatga ega boʻldi. Bunda maktabning 1-sinfiga qabul qilingan oʻquvchilarga 12 nomdagi oʻquv qurollari va oʻquvchi papkasining berilishi har bir oʻgʻil-qiz, uning ota-onasining Davlatimizda olib borilayotgan siyosatning insonparvarlik asosida ekanini anglashiga asos boʻladi. 1997-yildan 2013-yilga qadar 10 millionga yaqin 1-sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalari berildi.
Mustaqillik yillarida taʼlim tizimida joriy qilingan yangiliklardan yana biri – bu maktab oʻqituvchi va oʻquvchilarni darsliklar hamda metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlashning yangi koʻrinishi – ijara tizimining yoʻlga qoʻyilishi boʻldi.
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlash tizimini yanada rivojlantirish, ularni nashr etishga buyurtmalarni shakllantirish mexanizmi hamda ijara tizimini, shuningdek, darsliklar chakana savdosi keng tarmogʻini tashkil qilishni takomillashtirishga erishildi.
Amaliyotga joriy qilingan ushbu mexanizmdan aholining keng qatlami uchun xarid qilish imkoniyatini optimallashtirish nazarda tutilgan edi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, «Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega boʻlgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi boʻla olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini taʼminlashi mumkinligiga kimnidir ishontirish yoki buni isbotlab berishning hojati yoʻq».
Taʼlim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, jumladan, umumiy oʻrta taʼlimdan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar hamda oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega boʻlgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu oʻrinda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish va unda innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha AQShning CNNkompaniyasining dunyo mamlakatlari boʻyicha taʼlim holati toʻgʻrisidagi qiyosiy axborotida koʻrsatilgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston taʼlim sohasidagi innovatsiyalar koʻrsatkichi boʻyicha 75,38 ball bilan dunyoda ikkinchi oʻrinni egallaganligi bu sohada amalga oshirilgan ishlarning yutugʻi hamda kadrlar tayyorlash tizimi toʻgʻri shakllantirilganligidan dalolat beradi.
Bu kabi muvaffaqiyatlarga erishishda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-xotirjamlikning oʻrni ulkan. Zero, yurtboshimiz taʼkidlaganidek, "... bizning xalqimizga tinchlik va omonlik kerak. Koʻpni koʻrgan xalqimiz yaxshi biladi, faqat tinchlik va osoyishtalik boʻlgan, mehr-oqibat, oʻzaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon va baxtli hayot qurish mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga erishish mumkin.
Biz boshimizdan kechirayotgan zamon barchamizdan, har birimizdan ogoh va sezgir boʻlib yashashimizni, bugungi va ertangi kunimizni, tinch hayotimizni oʻzimiz asrashimizni talab etadi. Faqatgina tinchlikni niyat qilishimiz, orzu qilishimiz emas, balki tinchlik, osuda hayot uchun, musaffo osmon uchun albatta kurashishimiz darkor! Demak, orqamizga qarab, xolisona baho berishimiz zarur. Biz kechirgan hayot oson oʻtgani yoʻq. Biz oldin oʻtmagan katta maktabni oʻtdik. Bugungi odamlarimiz, ularning dunyoqarashi, ongu tafakkuri, siyosiy va ijtimoiy faolligi, hayotning maʼnosiga qarashi yon-atrofimizdagi vaziyat oʻzgarishi bilan yaqqol oʻzgarib borayotgani bugun har qadamda namoyon boʻlmoqda”.
Yurtboshimiz ushbu fikrlarini yana davom qilib taʼkidlaydilar:
"Sodda qilib aytganda, bugungi fuqarolarimiz, bugungi insonlar bilan 90-yillardagi odamlar oʻrtasida yer bilan osmoncha farq bor, desak, bu ham haqiqat. Shu haqda gapirganda, biz, avvalambor, oʻtgan davr mobaynida qanday qiyin, qanday ogʻir boʻlmasin, qanday mashaqqatli sinovlarni boshimizdan kechirishga toʻgʻri kelmasin, oʻzimizning oriyatli, gʻurur va iftixor bilan yashaydigan xalq ekanimizni, oʻz tariximizni, kimning avlodlari ekanimizni esimizdan chiqarmadik. Va uzoqni koʻzlab oldimizga qoʻygan maqsadlarga erishish uchun oʻzimizni ayamadik, barcha-barcha tahdid va xavf-xatarlardan el-yurtimizni himoya qilishga doimo tayyor boʻlib turdik.
Aynan shuning hisobidan, ana shunday olijanob, oʻxsha-shi yoʻq xalqimiz borligi uchun Oʻzbekistonimiz bugungi kunda jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida yuksak, barqaror surʼatlar bilan oʻsib, odamlarning kundalik turmushi, hayoti har tomonlama obod va farovon boʻlib bormoqda. Bir soʻz bilan aytadigan boʻlsak, biz barchani hayratda qoldiradigan marralarni qoʻlga kiritmoqdamiz va ertangi kunga katta ishonch bilan yashamoqdamiz!”
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Yurtboshimiz taʼkidlagan ushbu jarayonda bizning vazifamiz nimalardan iborat ekanligini aniqlab olish bizning asosiy burchimizdir. Yaʼni, oddiy qilib aytganda, "Kim edigu-kim boʻldik?!” degan oddiy, lekin purmaʼno savolga javob topishda har birimiz oʻzimiz qoʻshgan hissamizni sarhisob qilishimiz kerak.
Tumanimizdataʼlim tizimini isloh qilish yoʻnalishida boshlangan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish ishlari davom qildirilmoqda.
Bugungi kunga kelib eng asosiy diqqat-eʼtiborimiz – taʼlim samaradorligi va mazmunini yangi sifat darajasiga koʻtarish, oʻqituvchi va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish va pirovard natijada taʼlim oluvchilarga sifatli bilim berishga erishishga qaratilmogʻi lozim. Loʻnda qilib aytganda – bundan keyingi faoliyatimiz taʼlim mazmunini oshirishga qaratilmogʻi zarur. Koʻzlangan ushbu maqsadlarga yetishmoq uchun biz qanday shart-sharoitlarga va qanday salohiyatlarga ega ekanligimizni sarhisob qilib olmogʻimiz, 2004-yildan bugungi kungacha oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari, taʼlim oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar, bu borada tumanimiz taʼlim muassaslarida oʻtgan oʻquv yilida va umuman, shu kungacha amalga oshirilgan ishlar, erishgan yutuqlar hamda yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar xususida qisman boʻlsada toʻxtalib oʻtishimiz odatga aylangan, albatta.
Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga qarashli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jami 3489 nafar pedagog kadrlar umumtaʼlim maktablaridagi 28833 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya bermoqdalar.
Jami pedagog xodimlarning 2538 nafarini ayollar tashkil qiladi. Pedagog xodimlarning 2653 nafari - oliy maʼlumotlidir. Oʻrta-maxsus maʼlumotlilar - 834 nafarni tashkil etadi.
Taʼlimda ijobiy natijalarga ega boʻlish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta oʻrgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur koʻlamini hosil qilish, maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi taʼlim-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan oʻquv-seminarlari tashkil qilish boʻyicha fanlar kesimida oʻqituvchi trenerlar tayyorlandi. Ular taʼlim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilinayotgan oʻzgarishlar boʻyicha hamda taʼlim-tarbiyaga yangicha yondoshuvlar boʻyicha tegishli tavsiyalar berib bormoqda.
Taʼlim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi oʻsib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirgan hamda jamiyatda oʻz munosib oʻrnini egallashga qodir boʻlgan — komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bularni amalga oshirishda oʻqituvchilar uchun oʻz vaqtida amaliy mashgʻulotlar va seminar-treninglar tashkil qilish katta ahamiyatga egadir.
Shu sababli keyingi yillar davomida tuman XTMFMTTEB metodistlari va ijodkor oʻqituvchilar hamkorligida oʻqitishning dolzarb masalalari boʻyicha amaliy-mashgʻulotlar hamda seminar-treninglar tashkil qilish odat tusiga aylandi.
Taʼlim-tarbiya samaradorligi natijalarini aniqlab beradigan tadbirlar – 5-8-sinflarda boʻlib oʻtadigan maktab oʻquvchilarining Bilimlar bellashuvi hamda9-sinf oʻquvchilari orasida oʻtkaziladigan fanlar olimpiadasidir.
2010-2011 oʻquv yilidan boshlab, quyi sinf oʻquvchilari – yaʼni umumtaʼlim maktablarining 5-8-sinflarida ham taʼlim oluvchilar oʻrtasida ijobiy maʼnodagi raqobatni shakllantirish imkoniyati tugʻildi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2010-yil 30-dekabr kungi 303-sonli "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarining Davlat taʼlim standartlarini oʻzlashtirish monitoringi va fanlar boʻyicha bilimlar bellashuvini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻida oʻz aksini topdi va shu yildan boshlab uzluksiz tarzda har oʻquv yilida mazkur tadbir keng koʻlamda oʻtkazilishi anʼanaga aylandi.
Mazkur tadbirlarda tumanimiz jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok qildi. Jami 45 nafar oʻquvchilardan iborat tarkibda Bilimlar bellashuvining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok qilgan tumanimiz jamoasi aʼzolari 3 ta birinchi, 2 ta ikkinchi hamda 7 ta uchinchi, jami12 ta sovrinli oʻrinlarni egallashga erishdilar. Ulardan 16-sonli maktabning 2 nafar oʻquvchisi hamda 55-sonli umumtaʼlim maktabining 1 nafar oʻquvchisi mazkur tadbirning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok qilish huquqini qoʻlga kiritishdi. Oʻtgan 2012-2013 oʻquv yilida ham bu koʻrsatkich 12 ta oʻrinni tashkil qilgan edi.
- 9-sinf oʻquvchilari orasida boʻlib oʻtadigan fanlar olimpiadasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida jami 25 nafar oʻquvchi bilan ishtirok qilgan tumanimiz jamoasi aʼzolaridan 3 nafar oʻquvchi- 9-sonli maktabdan 1 nafar oʻquvchi, 22-sonli maktabdan 1 nafar va 26-sonli maktabdan 1 nafar oʻquvchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasida faxrli 1-oʻrinni, 62-sonli umumtaʼlim maktabidan 1 nafar oʻquvchi faxrli 3-oʻrinni – jami 4 ta sovrinli oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Oʻtgan oʻquv yilida tumanimiz jamoasi faqat 3 ta 3-oʻrinni qoʻlga kiritishga erishgan edi.
Ushbu natijalarni qoʻlga kiritishga oʻz hissasini qoʻshgan maktab jamoalarining samarali mehnatlari tufayli tumanimiz Bilimlar bellashuvi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida 62-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Buning mamlakatimizdagi 194 ta tumanga nisbatan olinganini hisobga olsak, erishgan natijalarimiz yomon emasligidan dalolat beradi. Ushbu yoʻnalishdagi tahlillar natijasiga koʻra, tumanimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 15 ta shahar va tumanlari orasida 4-oʻrinni egallaganini alohida taʼkidlab oʻtish, ushbu natijalarga erishishga alohida hissa qoʻshgan umumtaʼlim maktablari jamoalariga barchamizning nomimizdan chuqur minnatdorchilik bildirishimiz oʻrinli boʻlsa kerak, deb hisoblayman.
Taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda samarali mehnat qilayotgan oʻqituvchilarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan "Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining 14 ta fan boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanimizdan 8 nafar ijodkor oʻqituvchilar ishtirok qilishdi. Mazkur koʻrik-tanlovda Nukus shahri oʻqituvchilari 7 nafar, Nukus shahridagi "Progress” til oʻrgatish markazidan bir nafar va Ellikqalʼa tumanidan 2 nafar oʻqituvchi birinchi oʻrinni egallashgan boʻlishsa, tumanimizdan bir yoʻla 4 nafar oʻqituvchilarimiz:
- 5-sonli maktab oʻqituvchisi Barno Saidova frantsuz tilidan;
- 40-sonli maktab oʻqituvchisi Karomat Xudoyberganova tasviriy sanʼat fanidan;
- 33-sonli maktab oʻqituvchisi Jangaboy Gulmanov Davlat va huquq asoslari fanidan;
- 30-sonli maktab oʻqituvchisi Otabek Tajiyev iqtisodiy bilim asoslari fanidan Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok qilish huquqini qoʻlga kiritishdi.
Shu tariqa mustaqillik yillarida tumanimizdan "Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan 40-sonli maktab direktori hamda oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Sanobar Xoʻjamuratova, 12-sonli maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Zamira Yeshmuratova, 5-sonli maktabning frantsuz tili fani oʻqituvchisi Gulbahor Saidova va 40-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Sanobar Boboniyozovalar safiga 5-sonli maktab oʻqituvchisi Barno Saidova, 40-sonli maktab oʻqituvchisi Karomat Xudoyberganova, 33-sonli maktab oʻqituvchisi Jangaboy Gulmanov hamda 30-sonli maktab oʻqituvchisi Otabek Tajiyevlar ham qoʻshilish baxtiga musharraf boʻlishdi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, istiqlol yillarida mamlakatimizda dunyoning boshqa hech bir mamlakatida boʻlmagan darajada oʻqituvchilik kasbi yuqori darajada eʼzozlanmoqda. 1996-yildan boshlab har yili 1 oktyabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami tarzida nishonlanib kelinmoqdi. Shuning oʻzi ham mamlakatimizda oʻqituvchilik kasbining naqadar sharafli kasbga aylanganligini koʻrsatadi.
Oʻtgan davr mobaynida tumanimizdan "Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni, "El-yurt hurmati” ordeni sohiblari, "Qoraqalpogʻiston xalq oʻqituvchisi”, I va II darajali "Sogʻlom avlod” ordeni sohiblari, "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”, "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” kabi unvonlar sohiblari qatoriga"Mehnat shuhrati” ordeni, "Jasorat” va "Shuhrat” medallari hamda oʻnlab Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi aʼlochilari qoʻshilmoqda.
Taʼlimda yaratib berilgan sharoitlardan oqilona foydalanib, fidoyilik namunalarini koʻrsatgan 47-sonli maktabning frantsuz tili fani oʻqituvchisi Bekbergan Tilavmuratov 1999-yilda Frantsiyada boʻlib, bir oylik malaka oshirish kurslarida ishtirok qilgan boʻlsa, uning izdoshlari sifatida 2010 yilda 64-sonli maktab direktori Shuhrat Qurbonov Germaniyada boʻlib qaytdi, 2011 yilda esa 5-sonli maktabning frantsuz tili fani oʻqituvchisi Gulbahor Saidova Frantsiyada bir oylik malaka oshirish kursida boʻlish sharafiga muyassar boʻldi. Bunday imkoniyatlar faqat va faqat mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelganligini qayta-qayta taʼkidlash oʻrinli boʻlsa kerak, albatta.
Fursatdan foydalanib, tumanimiz sharafini munosib himoya qilishga oʻz hissalarini qoʻshib kelayotgan yuqorida nomlari tilga olingan fidoyi oʻqituvchilarimiz va maktab rahbarlarigaoʻzimizning cheksiz minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.
Aziz doʻstlar! Hurmatli mehmonlar!
Tumanimiz umumtaʼlim maktablari va oʻquv-tarbiya muassasalarida mehnat qilayotgan fidoyi pedagog xodimlarimizning saʼy-harakatlari orqali tumanimiz sharafi munosib himoya qilinib, taʼlim muassasalari orasida oʻz oʻrnimizni topib, obroʻ-eʼtiborimiz oshib borayotganligini taʼkidlash barchamiz uchun nihoyatda muhim va sharaflidir.
Xususan, uddaburonlik bilan ish yuritish orqali 36-sonli maktab (direktori Jumamurat Yerimbetov) Yaponiya mamlakatining taʼlim sektorini rivojlantirish boʻyicha tashkil qilgan loyihasida ishtirok qilib, 85 ming AQSh dollaridan ortiq mablagʻga jihoz olib kelinishini taʼminlaydigan grant sohibi boʻldi.
Taʼlim muassasasidagi tozalik va tartib-intizom bilan koʻzga tashlanayotgan 55-sonli (maktab direktori Davron Arikov), 50-sonli (maktab direktori Alisher Eshniyozov) maktablar qatoridaobodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish borasida boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan 33-sonli (maktab direktori Hanifa Yaxshimova), 69-sonli (maktab direktori Bahrom Koʻlbayev), 52-sonli (maktab direktori Qodirbergan Yeshchanov), 76-sonli (maktab direktori Nurbek Yoʻldoshev) maktablar qatorida 6-, 27-, 31-sonli maktablarni, taʼlim muassasasini yangi oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlashda namuna boʻlayotgan 11-sonli (maktab direktori Zulfiya Yusupova), 40-sonli (maktab direktori Sanobar Xoʻjamuratova), 10-sonli (maktab direktori Gulasal Matyoqubova), 22-sonli (maktab direktori Begmurat Shamuratov), 1-sonli (maktab direktori Inobat Nurimbetova), 20-sonli (maktab direktori Umid Yaqubjanov), taʼlim samaradorligini oshirishda peshqadamlik qilayotgan 16-sonli (maktab direktori Shuhrat Jumaniyazov), 26-sonli (maktab direktori Yalgʻosh Shamuratov), 64-sonli (maktab direktori Shuhrat Qurbonov) kabi maktablar qatorida 9-, 12-, 13-, 18-, 29-, 39-, 44-sonli maktablarni, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarda jonbozlik koʻrsatayotgan 48-maktabni atab oʻtish oʻrinli.
Erishgan yutuqlarimiz oʻzimizniki. Men shu narsani taʼkidlashni istardimki, biz mavjud imkoniyatlarimizdan toʻla foydalana oldikmi yoki yoʻqmi, degan savol bilan oʻz-oʻzimizga murojaat qilishimiz kerak. Ana shundagina biz qoʻlga kiritayotgan yutuqlarimiz koʻlamini kengaytirib, el-yurtimiz ishonchini oqlashga intilamiz.
Bu boradagi yutuqlarimiz tubandagilarda koʻrinadi:
Oʻtgan oʻquv yilida boʻlib oʻtgan "Bilimlar bellashuvi”ning hududiy va tuman bosqichi natijalariga koʻra 64-, 40-, 31-, 18-, 29-, 26-, 9-, 28-, 15-, 6-, 16-, 12-, 36-, 22-, 55- va 39-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari tegishlicha oʻrtacha 68 balldan 58 ballgacha toʻplashga erishishgan. Lekin,bir xil imkoniyatga va bir xil sharoitga ega boʻla turib 58-, 54-, 25-, 72-, 14-, 24-, 81-, 53-, 51-, 3-, 8-, 80-, 70- va 77-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtacha 10 balldan 40 ballgacha toʻplashga erishishgan, xolos.
Eng achinarlisi shuki, oxirgi 4-yilda, yaʼni, Bilimlar bellashuvi tadbiri joriy qilingan yillar davomida 76 ta umumtaʼlim maktablari orasida surunkali tarzda:
25-sonli maktab 73-oʻrindan;
54- va 81-sonli maktablar 68-oʻrindan;
24-sonli maktab 65-oʻrindan;
51- va 53-sonli maktablar 63-oʻrindan;
23-sonli maktab 58-oʻrindan;
68-sonli maktab 57-oʻrindan yuqori oʻrinlarga koʻtarila olishmagan va aksincha,
40-sonli maktab 2-oʻrindan;
16- va 64-sonli maktablar 11-oʻrindan;
26-sonli maktab 12-oʻrindan;
31-sonli maktab 13-oʻrindan;
22- va 55-sonli maktablar 14-oʻrindan;
29-sonli maktab 15-oʻrindan;
6- va 15-sonli maktablar 17-oʻrindan past natija qayd qilishmagan.
Fanlar olimpiadasi boʻyicha ham xuddi shunday tahlillarni keltirish mumkin, xususan, oxirgi 5-yil davomida unda ishtirok qilayotgan 76 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari orasida:
23-sonli maktab bir marta 57-oʻrin va qolgan yillarda 64-oʻrindan yuqori;
81-sonli maktab bir marta 45-oʻrin va qolgan yillarda 56-oʻrindan yuqori;
66-sonli maktab bir marta 57-oʻrin va qolgan yillarda 61-oʻrindan yuqori;
53-sonli maktab ikki marta 45-46-oʻrin va qolgan yillarda 57-oʻrindan yuqori;
80-sonli maktab bir marta 26-oʻrin va qolgan yillarda 57-oʻrindan yuqori;
51-sonli maktab bir marta 43-oʻrin va qolgan yillarda 55-oʻrindan yuqori;
68-sonli maktab bir marta 43-oʻrin va qolgan yillarda 55-oʻrindan yuqori;
43-sonli maktab 50-53-oʻrinlardan yuqori;
57-sonli maktab 47-49-oʻrinlardan yuqori;
37-sonli maktab bir marta 42-oʻrin va qolgan yillarda 53-oʻrindan yuqori natijalarni qoʻlga kirita olishmagan.
Shu oʻrinda aytish joizki, 43-, 51- va 53-sonli maktablarda yangi rahbarlar tayinlanishi munosabati bilan bir muncha jonlanish koʻzga tashlanmoqda. Lekin surunkali tarzda keyingi bir necha yildan buyon qoloqlikdan chiqa olmasdan, oxirgi oʻrinlarni egallab kelishayotgan yuqorida sanab oʻtilgan tegishli maktab jamoalariga, ularga boshchilik qilib kelayotgan maktab rahbarlariga qanday baho berish kerakligini izohlab oʻtirishga ham hojat boʻlmasa kerak.
Aziz anjuman qatnashchilari!
Tumanimiz xalq taʼlimi xodimlarining, oʻquv-tarbiya muassasalarining boshqada bir qator tadbirlarda, musobaqa va koʻrik-tanlovlarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari talaygina.
Butun oʻquv yili davomida sidqidildan mehnat qilib, farzandlarimizga bilim sirlarini oʻrgatish borasida samarali natijalarni qoʻlga kiritayotgan maktablarimiz safi tobora kengayib bormoqda. Oʻquv-tarbiya samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi "Ustoz-shogird”, "Oʻrgan-oʻrgat” tadbirlari, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar, sport musobaqalari, turli xil koʻrik-tanlovlar, maktabda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichi bilan toʻliq qamrab olish kabi tadbirlarda sezilarli yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan 11-, 15-, 16-, 18-, 22-, 26-, 28-, 31-, 33-, 40-, 50-, 55-, 64 - va 69-sonli maktablar qatoriga 1-, 5-, 9-, 10-, 12-, 13-, 20-, 29-, 36-, 39-, 41-, 42-, 44-, 52-, 56-, 67-, 75-sonli umumtaʼlim maktablarining qoʻshilib kelayotgani bizni quvontiradi.
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Bugun biz ushbu anjumanda taʼlim muassasalarini yaxshi-yomonga ajratib oʻtirish niyatida emasmiz. Lekin, yurtboshimiz "Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch” asarida taʼkidlaganidek, "Bizning xalqimizning dunyoda hech kimdan kam boʻlmasligi, farzandlarimizning bizdan koʻra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli boʻlib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qatʼiyat va masʼuliyatimizni yoʻqotsak, bu oʻta muhim ishni oʻz holiga, oʻziboʻlarchilikka tashlab qoʻyadigan boʻlsak, muqaddas qadriyatlarimizga yoʻgʻirilgan va ulardan oziqlangan maʼnaviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda oʻzimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yoʻlidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl maʼnaviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bogʻliq holatlar taraqqiyotimizga va yoshlar tarbiyasiga tajovuz qilmoqda. Maʼnaviy tahdidlar shakllarining aksariyati informatsion xuruj va uydirmalarni tarqatish orqali yuz bermoqda. Bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor boʻlib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur oʻylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan maʼnaviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Hozirgi davrda har birimiz maʼnaviy tahdidlarga nisbatan loqaydlik, beparvolik va begʻamlik illatidan xalos boʻlishimiz, har bir fuqaro yurtimizda, jahonda sodir boʻlayotgan har qanday voqea, hodisa, jarayonlar menga, me

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶