Tomorqa – daromad manbai
Tuman hokimligi tomonidan "Aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida ekin ekish ishlarini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik tartib" asosida maxsus ishchi guruhi tashkil qilingan.
Har bir ovul va mahalla hududiga bitta tashkilot rahbari, iqtisodchi, bank xodimlari, yigʻin oqsoqollari, masʼul kotiblari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari hamda mahalla posbonlaridan iborat jami 329 nafar xodimlar biriktirilgan.
Ishchi guruh aʼzolari tuman boʻyicha aholi tomorqasining jami 5094 gektarmaydoniga turli xil qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishda amaliy yordamlar va uslubiy tavsiyalar berib boradi. Aholi ixtiyoridagi mavjud yerlarning 1008 gektariga sabzavot, 949 gektariga kartoshka, 1017 gektariga poliz ekinlari, 11 gektariga dukkakli ekinlar hamda 20,7 gektar maydonga moyli ekinlar ekish rejalashtirilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶