Istiqlol ilhomlari
Vatanim
Yurtim yöllarini piyoda kezdim,
Şunda men bir ajib ğururni sezdim.
Qalbimda quvonç-u sururni sezdim,
Meni maftun etgan gözal maskanim.
Amudaryo - Vatan içra Vatanim!
Bir yonda Xorazm, bir yonda Turkman,
Yöllari ravondir, boğlari çaman.
Özim faxrlanib şuni aytaman,
Boği Eramdan ham gözal çamanim,
Amudaryo - Vatan içra Vatanim!
Daryo böyi - Nazarxonning dalasi,
Unda bölmas heç bir işning çalasi.
Elimiz faxridir Çilpiq qalʼasi,
Gavur va Yompiqlar ajdodim manim,
Amudaryo - Vatan içra Vatanim!
Jumurtov toğida boylik toğlari,
Bunçalar sölimdir töqayzorlari.
Közni quvontirar buğdoyzorlari,
Ekkan har bir uruğ ungan makonim,
Amudaryo - Vatan içra Vatanim!
Dunyoga taniqli zör ovozasi,
Kirişda-çiqişda qöş darvozasi.
Yuksalib bormoqda har bir sohasi,
Quvonib ötmoqda har dam, har onim,
Amudaryo - Vatan içra Vatanim!
Har qança maqtansam ozlik qiladi,
Yurtim jamoliga közdek böladi.
Farhodning qişi ham yozdek böladi,
Onamdek möʼtabar aziz maskanim,
Amudaryo - Vatan içra Vatanim!
Farhod Avezov.
Vatanda tinçlik
Uruşlar yöq ona Vatanda,
Osmon tiniq, aslo ğubor yöq.
Baxt ufurar har bir makonda,
El farovon va köngillar töq.
Dilni öydi neça razillik
Va ikkinçi jahon uruşi.
Neça yillar ezganda qullik,
Qiyin böldi közyoş qurişi.
Poyezd göyo ajal elçisi,
Şarqdan Ğarbga taşidi odam.
Ne bir olim, Vatan kuyçisin,
Yuragini yondirdi alam.
Tank içida yondi yigitlar
Va qabrsiz ketdi qançasi.
Elim, degan yovqur yigitlar
Qurib qolgan köngil ğunçasi.
Momolarim yiğlab ötdilar,
"Bolam!” - deya nolalar qilib.
Yoş gödaklar böyga yetdilar,
"Otam!” – deya bağrini tilib.
Ana, qarang, Vatan gullaydi,
Istiqloldan ovullar obod.
Erk quyoşi kökda porlaydi.
Hurlik kuyin kuylaydi Şahzod.
Şahzod Qurbonboyev.
(Foto - http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶