YeChL. «Real» va «Borussiya» yarim finalga yoʻl olishdi
Yevropa Chempionlar ligasining bugungi kundan oʻrin olgan 1/4 final javob oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi.
"Galatasaroy” mehmoni boʻlgan Madridning "Real” jamoasi 3:2 hisobidagi magʻlubiyatga uchradi, ammo birinchi oʻyindagi gʻalaba evaziga "Real” birinchilardan boʻlib Chempionlar ligasi yarim finaliga yoʻl olgan jamoaga aylandi.
Yana bir oʻyinda "Borussiya” jamoasi "Malaga” ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻl oldi. Birinchi oʻyin nursiz durang bilan yakunlangandi.
Yarim final oʻyinlariga ham qurʼa tashlanishini eslatib oʻtamiz. Qurʼa marosimi 12-aprel kuni boʻlib oʻtadi.
YeChL, 1/4 final, javob oʻyini
Borussiya D Germaniya – Malaga Ispaniya 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 25 Xoakin, 1:1 – 40 Levandovski, 1:2 – 82 Elizeu, 2:2 – 90 Roys, 3:2 – 90 F. Santana.
Borussiya D – Vaydenfeller, Pishchek, Subotich, F. Santana, Shmeltser, Gundogan
(Xummels, 86), Bender (Shaxin, 73), Blashchikovski (Shiber, 72), Gettse,
Roys, Levandovski.
Malaga – Kabalero, Xesus Games,
Demichelis, S. Sanches, Antunesh, Tulalan, I. Kamacho, Xoakin (Portilo,
87), Isko, Duda (Elizeu, 74), Baptista (Santa Krus, 84).
Ogohlantirishlar: Bender (10), Shmeltser (60), Xesus Games (62), Tulalan (88).
Birinchi oʻyin – 0:0.
Galatasaroy Turkiya – Real Madrid Ispaniya 3:2 (Video)
Galatasaroy Turkiya – Real Madrid Ispaniya 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 7 Ronaldu, 1:1 – 58 Ebue, 2:1 – 70 Sneyder, 3:1 – 72 Drogba, 3:2 – 90 Ronaldu.
Galatasaroy –
Muslera, Ebue (Elmander, 80), Zan, Kayya, Riyera, Melo, Xamit Oltintop
(Amrabat, 46), Inan, Sneyder, Bulut (Sarioglu, 63), Drogba.
Real Madrid – Diyego Lopes, Essen (Arbeloa, 31), Pepe, Varan, Koentrau, Xedira,
Modrich, Di Mariya, Ozil (Albiol, 81), Ronaldu, Iguain (Benzema, 73).
Ogohlantirishlar: Sneyder (20), Ebue (45), Arbeloa (89), Amrabat (90).
Chetlatish: Arbeloa (90).
Birinchi oʻyin - 0:3.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶