13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 10:10
Jamiyat 👁 339

Yarim asrdan keyingi diydor: 11-sonli maktab bitiruvchilarining 50 yillik uchrashuvi oʻtkazildi

Yarim asrdan keyingi diydor: 11-sonli maktab bitiruvchilarining 50 yillik uchrashuvi oʻtkazildi

Inson umri goʻyoki koʻz ochib yumguncha oqib ketadigan shiddatli daryoga oʻxshaydi. Biroq, unda shunday lahzalar, yorqin xotiralar borki, ularni vaqtning oʻzi ham, yillarning toʻzoni ham oʻchira olmaydi. Bu, albatta, begʻubor bolalik va oltinga teng maktab davri xotiralaridir. Inson qayerda boʻlmasin, qanday yutuqlarga erishmasin, necha yoshga toʻlmasin, qalbining tub-tubida oʻzining ilk harf tanigan maskani, qadrdon maktabi va birga ulgʻaygan sinfdoshlariga boʻlgan chuqur sogʻinchni his qilib yashaydi. Amudaryo tumanining Qipchoq shaharchasida joylashgan 11-sonli umumtaʼlim maktabini bundan 50-yil muqaddam tamomlagan sinfdoshlar ham ana shunday sogʻinch, sadoqat va cheksiz mehr-oqibat tuygʻulari ogʻushida yarim asrdan soʻng qayta diydor koʻrishdilar.

Bundan roppa-rosa 50-yil muqaddam, yaʼni 1975-1976 oʻquv yili yakunida ushbu moʻʼtabar dargohni tamomlagan sobiq oʻquvchilar, bugungi kunning hurmatli nuroniylari yana jonajon maktablarida jam boʻldilar. Ular 1965-1966-yillarda, oʻsha vaqtlarda Krupskaya nomi bilan atalgan, hozirgi kunda esa 11-sonli maktab sifatida faoliyat yuritayotgan mazkur bilim maskaniga ilk marotaba qadam qoʻyishgan edi. Ularning maktab ostonasini hatlab oʻtganlariga ham qariyb 60-yil, uni muvaffaqiyatli tamomlab, mustaqil hayotga yoʻl olganlariga esa 50-yil toʻldi.

Yarim asr... Buncha vaqt ichida jamiyatda, insonlar hayotida qancha oʻzgarishlar boʻlmadi deysiz. Ammo ularning qalbidagi doʻstlik va maktabga boʻlgan hurmat, oʻzaro sogʻinch hissi zarracha ham oʻzgarmadi.

Uchrashuv avvalida sobiq sinfdoshlar qadrdon maktab hovlisiga, oʻzlarining yoshlik izlari qolgan yoʻlaklarga qadam qoʻyar ekanlar, ularning yuzlarida hayajon va sogʻinch yoshlarini koʻrish mumkin edi. Sinfxonaga kirib, oʻzlarining sobiq partalariga oʻtirganlarida esa, goʻyoki vaqt orqaga qaytgandek, barchalari shu onda olis va begʻubor bolalik davrlariga tushib qolgandek boʻldilar. Sochlariga oq tushgan, yuzlarini hayot tajribasi va donishmandlikdan dalolat beruvchi ajinlar qoplagan bu insonlar shu tobda yana oʻsha shoʻx, quvnoq va betashvish oʻquvchilarga aylanishdi. Bu moʻʼjazgina va qadrdon sinfxonada Baxtiyor Eshmurodov, Abdulla Yeshchanov, Bekbergan Tileumuratov, Yoʻldosh Ahmedov, Bekbergan Yakubov kabi oʻnlab sobiq sinfdoshlar takroran jam boʻlib, oʻtgan yillarni, bolalikning shirin va betakror xotiralarini entikib yodga oldilar. Aytilgan barcha soʻzlar, eslangan voqealar ularni yanada jipslashtirib, dillariga ajib iliqlik va xotirjamlik baxsh etdi.

Albatta, bunday hayajonli onlarda ilk marotaba qoʻlga qalam tutqazgan, ilm-fan sirlarini oʻrgatgan, hayot yoʻllarida yorugʻlik chirogʻini tutgan mehribon ustozlarni eslamaslikning iloji yoʻq. Tadbir davomida sobiq oʻquvchilar oʻzlariga taʼlim-tarbiya bergan fidoyi muallimlar, xususan, Shomurod Rajabov va Oʻrinboy Yerboyev kabi jonkuyar ustozlarga katta hurmat va cheksiz ehtirom koʻrsatdilar. Ustozlarning qilgan fidokorona mehnatlari, bergan pandi-nasihatlari va yoʻl-yoʻriqlari bugungi kunda ham ularning hayotida, jamiyatda mustahkam oʻrin topishida qanchalik muhim ahamiyat kasb etgani tadbir ishtirokchilari tomonidan qayta-qayta taʼkidlandi. Ustoz va shogird oʻrtasidagi bunday mustahkam, yillar sinovidan oʻtgan uzilmas rishtalar asl milliy qadriyatlarimizning eng yorqin namunasidir.

Tadbirning madaniy qismida tumanning goʻzal maskanlaridan birida mehmonlar uchun keng va toʻkin dasturxon yozildi. Sobiq sinfdoshlar, ustozlar va yaqin doʻstlar yagona dasturxon atrofida jam boʻlib, samimiy muloqotni, dildan suhbatni davom ettirdilar. Bu yerda qilingan suhbatlar faqatgina oʻtmishning shirin xotiralari bilan cheklanib qolmadi, balki bugungi kunning quvonchlari, farzandlar va nabiralarning erishayotgan yutuqlari haqidagi hikoyalarga ulanib ketdi. Davraga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida milliy kuy-qoʻshiqlar yangradi. Ishtirokchilar shoʻx navolarga joʻr boʻlib, raqsga tushib, madaniy hordiq chiqardilar.

Mazkur uchrashuv nafaqat sobiq sinfdoshlarning oddiy diydorlashuv kechasi, balki yuksak insoniy qadriyatlar, mehr-oqibat, ahillik va ustozlarga boʻlgan cheksiz ehtiromning yorqin ifodasiga aylandi. Vaqt qanchalik tez oʻtib, insonlarning tashqi koʻrinishi oʻzgarsa-da, maktab davrida shakllangan doʻstlik rishtalari hech qachon uzilmasligi, aksincha, yillar oʻtgan sayin toblanib, yanada mustahkamlanib borishi ushbu tadbir misolida oʻz tasdigʻini topdi.

Bu kabi uchrashuvlar oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun ham katta ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi. U yoshlarni chin doʻstlikni qadrlashga, ustozlarni hurmat qilishga va hayotning har bir lahzasidan unumli foydalanishga chorlaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026